Ishni tashkillashtirish va ish vaqti poliklinika boshqaruvchilari tomonidan
mehnat qonuniyatlariga asosida tashkil etiladi.
Ish vaqtining davomiyligi 6,5 soat bo'lib, undan 6 soati kasbiy faoliyatga,
ya'ni 3 soat poliklinikada va 3 soat uyda, 0,5 soat turli konferensiya va
seminarlarga sarflanadi. Bunda har bir shifokor kuniga 21 ta bemorni tekshirishi,
yoki poliklinika qabulida soatiga 5ta, uyda 2ta va profilaktik ko’rikda 7 kishini
tekshirishi lozim.
Xodimlarning ish grafigi sirg’aluvchan grafik asosida tashkil qilinadi: juft
kunlarda-ertalab, toq kunlarda-kechki soatlarda.
Poliklinikada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yilda
287 sonli buyrug’iga asosan tibbiy xujjatlar yurg’iziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |