yosh cheklanishlari istisno qilinadi.
Masofaviy ta’limda o’ziga xos kamchiliklari ham mavjudligi haqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Elektron holatdagi ta’lim va muloqot jarayonlariga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta’lim turida emas, balki odatiy (kunduzgi, kechki va sirtqi) ta’lim turlarida o’qish istagida bo’lishadi.
Masofaviy ta’lim kurslarining barchasida ham Davlat standartlari yo’qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko’pgina masofaviy ta’lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni o’qib bitirganligi haqida sertifikat yoki guvohnomalar beriladi.
Virtual muhit va texnika ta’minoti bilan bog’liqligi. Masofaviy ta’lim internet imkoniyatlari mavjudligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar sifati, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ularning ishlashiga bog’liq.
Masofaviy ta’lim turining bir necha modellari va turlari mavjud bo’lib, ular masofaviy ta’limni tashkil etishga sabab bo’lgan quyidagi vaziyatlari bilan farqlanadi:
- geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan hududlar mavjudligi, iqlim);
ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi;
mamlakatning ta’lim sohasidagisiyosati va an’analari.
Masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy prinsiplari.Masofaviy ta’lim asosida o’qitishtizimini tashkil etishda quyidagi asosiy prinsiplarni hisobga olish talab etiladi:
masofaviy ta’lim o’quv jarayonini loyihalashda pedagogik yo’nalishning ustuvorligini ta’minlash. Ushbu prinsipning mohiyati shundaki, masofaviy ta’lim asosida o’qitish tizimini loyihalashda birinchi navbatda ta’lim jarayonining didaktik modelini ishlab chiqilib, loyihaning pedagogik tomoni ustuvor hisoblansa samarali bo’ladi;