Xayol – yangi obrazlar va taxminlarni shakllanish jarayoni bo’lsa, fantaziya – xayolni borliqdan, haqiqatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir.
Shunday qilib, muammo yoki jumboq bizni fikrlashga majbur etadi. Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yoki muammoni yechish mobaynida o’quvchi uning shartlarini bir necha variantda tasavvur qilsagina yechimga kelar ekan. Chunki kimdir juda tez
fikrlaydi, kimdir sekin fikrlaydi. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon o’tirgan ikki o’quvchi bir xil yechimni belgilasada, o’sha yechimga kelish yo’llari har bir o’quvchida o’ziga xos bo’ladi.
Mustaqilfikrlash– shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida o’z qarashi va nostandart yechimlarga ega bo’ladi. Masalan: aniq predmet ruchkaning nima ekanligini va nima maqsadda undan foydalanish mumkinligini ko’pchilik biladi. Bu – yozuv quroli. Lekin, mustaqil nostandart tafakkurga erk berilsa, uning ko’rsatkich sifati, yoki sanoq tayoqchasi sifati yoki g’altakka o’xshatib ip o’rash mumkinligi kabi o’nlab funksiyalarini sanab berish mumkin. Demak, mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro’y berayotgan voqyealarning mohiyati xususida o’z qarashlari bo’lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi.
O’qitishning hozirgi jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bo’lish (kognitiv dissonans)dan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko’rsatadi. O’qitish sharoitida insonning o’sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o’ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o’qitishsharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur.
Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr yo’lidagi kutilmagan to’siq” bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o’zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog’liqbo’la bermasligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo’lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi.
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan obyekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yichaichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo’lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar o’rtasidagi ziddiyatdir, bunda, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirishni harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatlar kiritilgan holda an’anaviy bayon etish o’quvmaterialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), ta’lim oluvchini uni hal etishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarishda pedagogik mahorat muhim ahamiyatga ega, chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi individual holat bo’lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli o’qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy- o’quvmasalalarni yangicha usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O’quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o’qituvchibilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, ta’lim oluvchilar oldiga muammoli masalalar qo’yadi, ularni yechim yo’llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o’zi yo’lga boshlaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usul ta’lim oluvchilarda mustaqil ilmiy izlanish ko’nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o’zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O’zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog’liqbo’lgan reproduktiv psixik jarayonlar muammoli vaziyatlarda hyech qanday samara bermaydi.