O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


Testologiya va o’quv maqsadlariga mos test topshiriqlarini ishlab chiqish xususiyatlari



Download 1,04 Mb.
bet53/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Testologiya va o’quv maqsadlariga mos test topshiriqlarini ishlab chiqish xususiyatlari


Ta’lim oluvchilarning o’quvfaoliyatini nazorat qilish va bilimini xolisona baholash o’qitishning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi taraqqiyotining 16 foizi – moddiy-texnik bazaga, 20 foizi – resurslarga, 64 foizi – inson omiliga bog’liqekanligi aniqlangan.


Hozirgi kunda talabalarning o’quvfaoliyatini nazorat qilish hamda
baholashda testlardan keng va samarali foydalaniladi. Test (ingl. test – sinash, tekshirish) deganda – sinaluvchining ma’lum bir sifatlarining takomillashganligi darajasini, shuningdek, uning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlashni sifat va miqdoriy o’lchamlarda belgilash imkonini beradigan topshiriqlar tizimi tushuniladi.
Pedagogikada test asosida o’lchashni o’rganuvchi fan testologiya (ingl. test – sinash, logos – fan, bilim, ta’limot) deb ataladi. Testologiya fani psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshqa axloqshunoslik fanlarining birlashuvi natijasida yuzaga kelib, bilim, k o’nikma va malakalarni obyektiv baholash uchun testlar ishlab chiqish masalalari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan. Testologiya tarixi XIX asr psixologiyasiga oid bo’lib, testni birinchilar qatorida ingliz psixologi F.Galton psixik jarayonlar sohasida insonlar orasidagi individual farqlarni aniqlash maqsadida qo’llashga harakat qilgan.
Pedagogik test birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan ta’lim oluvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. 1902 yili E.Torndayk pedagogik testlarning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. XX asrning boshlarida amerikalik olim V.A.Makkoll psixologik va pedagogik testlarni bir-biridan ajratadi.
1915-1930 yillarda Amerikada milliy dastur qabul qilindi. Ushbu dasturga ko’ra maktabda o’qitiladigan barcha fanlar bo’yichatestlarni ishlab chiqish, ulardan ta’lim jarayonida foydalanishning samarasini sarhisob qilish edi. Ushbu dastur natijalari Amerika ta’lim tizimiga test nazoratini kirib kelishiga va testologiya fanini taraqqiy etishiga turtki bo’ldi. 15 yilga mo’ljallangan dasturni amalga oshirish va natijalarini sarhisob qilish uchun aloxida kompaniya (Educational Testing Service) tuzildi. 1961 yilga kelib AQShda 2000 dan ortiq standart testlar ishlab chiqildi. 15 yilga mo’ljallangan dasturdagi ishlar nihoyasiga yetgach, ushbu milliy kompaniya (Educational Testing Service) Jahon test kompaniyasiga aylandi.
Criterion-Referenced Tests – hozirgi kungacha dunyo bo’yichaamalda qo’llanib kelinayotgan o’quvmaqsadlariga erishganlikni yoki kompetensiyalarni o’zlashtirish samarasini bosqichma-bosqich nazorat qilishga tayanuvchi baholash modeli.
Shuningdek, G.G.Azgaldov rahbarligida bir guruh rus olimlari tomonidan kvalimetriya (lot. “qualis” – sifat, yunon. “metreo”

    • o’lchash) – ya’ni muayyan ob’ekt sifatini kompleks va miqdoriy o’lchash tushunchasi ham fanga kiritildi. Bugunki kunda kvalimetriya kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar darajasini aniqlashda keng qo’llanilmoqda.

Hozirgi kunda “Tester”, “My test”, “Ispring”, “MySQL”, “Flash”, “Hot potato” va boshqa shu kabi kompyuter dasturlari elektron test yaratish imkonini beradi. Bu pedagoglar uchun innovatsion yondoshgan holda yangi avlod testlarini tuzishda hamda ularni qo’llashda qulaylik yaratadi. Test ishlab chiqish, ularni dasturlashtirish bo’yichamutaxassislar testolog deb nomlanadi.
Ta’lim tizimida innovatsiya sifatida qabul qilingan reyting nazoratida test usulidan samarali foydalanilmoqda. Test sinovidan ta’limda nafaqat talabalarning BKMni aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
So’nggi yillarda ilmiy pedagogikada xolisona baholash, og’zaki va yozma nazorat validligini oshirish usullari ishlab chiqilgan.
O’zbekistonda pedagogik testlar birinchi marta 1992 yilda keng miqyosda qo’llanildi, shu yili O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga muvofiq tanlab olingan 9 ta oliy o’quv yurtlari abituriyentlari uchun test sinovlari o’tkazildi. Keyinchalik talabalar bilim doirasini aniqlashning xolisona usuli bo’lgan pedagogik test sinovlari ta’lim tizimida davlat miqyosida qo’llab-quvvatlandi.
Test bir qator afzalliklarga ega:

  1. nazorat uchun oz vaqt va kam kuch sarflanadi, oson tashkillashtiriladi;

  2. bilimlarni o’zlashtirish sifati va darajasini obyektiv aniqlash imkoni mavjud;

  3. o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab oladi;

  4. bir vaqtda ko’p sonli talabalar nazoratini tashkil etish mumkin;

  5. barcha talabalar uchun bir xil sharoit va imkoniyat yaratiladi hamda bir xil murakkablikdagi topshiriqlar beriladi;

  6. bilim natijalari o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshiriladi;

  7. test topshiriqlari va uning natijalarini kompyuter texnologiyalari asosida dasturlashtirish mumkin.

Malakali ravishda tuzilgan pedagogik test xolisona pedagogik o’lchov vositasi bo’lib, nazorat olib borayotgan shaxsga bog’liqbo’lmaydi.
Test o’quvmaterialining barcha asosiy mohiyatini o’z ichiga olishi mumkin, ta’lim natijalarini baholashning test usuli bilimni aniq va to’g’ri baholaydi, bunda baholashning ko’rsatkich darajasi oldindan belgilanadi va hamma talabalar uchun umumiy bo’ladi.
Test sinovlari keng qamrovli bo’lib, qisqa vaqt ichida ma’lum bir o’quvmaterialining (yoki o’quvfani) o’zlashtirilishini umumiy ravishda nazorat qilish imkonini beradi, bunda kuch va vositalar kam sarflanadi. O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida yuz minglab abituriyentlarni test sinovlari asosida tanlash qisqa vaqt ichida bir necha soat davomida amalga oshiriladi, bu esa juda uzoq davom etishi mumkin bo’lgan og’zaki va yozma kirish imtihonlaridan voz kechish imkonini berdi.
Ammo test sinovlarini umuman kamchiliklardan xoli, deb bo’lmaydi. Test sinovlarining ko’pgina shakllari talabani mustaqil ravishda javoblarni tayyorlash, o’z fikrini yozma yoki og’zaki nutqi orqali ifodalash tajribasidan mahrum etadi, pedagog va talaba o’rtasida jonli muloqot bo’lmaydi. Bu sinovlarda talabaning psixologik faoliyati
«erkin shakldagi» javoblardan farqlanadi, talabaning individual jihatlari, aql-zakovati, keng eruditsiyasi, bilimdonligi namoyon bo’lmaydi. Bilimi sinalayotgan shaxs faqat muqobil javoblar ichidan to’g’ri javobni tanlaydi, xolos. Va nihoyat, testlarning sifatli tuzilishi masalasi, mutaxassis testologlarning yetishmasligi dolzarb muammo hisoblanadi.
Talabalar bilimini tekshirishdan maqsad – ularning o’zlashtirish darajasini aniqlashdir. Test nazorati bilimlarni aniqlashda yaxshi natija
beradi, lekin tafakkur jarayonini kuzatishga monelik qiladi, buning uchun boshqa usullardan – og’zaki so’rov, yozma ish, munozaralar, ishlab chiqarish vaziyatlarini taxlil qilish hamda muloqotlardan
foydalanish kerak. Lekin shu bilan birga bilimlarni test yordamida nazorat qilish ta’lim jarayonini boshqarish imkonini kengaytiradi. Test sinovini qo’llash talabalarning amaliy qobiliyati va xotirasini rivojlantiradi.
Agar test sinovi to’g’ri tashkil etilsa, u talabalar bilimini xolisona baholash imkonini beradi, chunki bu baho subyektiv, ya’ni o’qituvchishaxsiga bog’liqbo’lmaydi. To’g’ri bajarilgan test topshiriqlari ma’lum o’lchov darajasi asosida baholanadi. Shuning uchun ham test topshiriqlarini aniq va xolisona pedagogik baholash vositasi deyishadi. Ammo faqat malakali ravishda tuzilgan sifatli, ilmiy talablarga asoslangan testgina ana shunday baholash imkonini beradi. Sifatli test mezonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: obyektivlik (xolislik), ishonchlilik (aniqlik), validlik (lot. “validus” kuchli, sog’lom, munosib, loyiq, yaroqli).

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish