O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish



Download 1,04 Mb.
bet4/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi

Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan kiritilgan (birinchi bor amerikalik psixolog B.Skinner tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u ta’lim texnologiyalari tushunchasini pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, deya izohlagan) va 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan.


O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan.
60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo’nalishda belgilandi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education).
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarning texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi.
70-yillarda “pedagogik texnologiya” atamasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini ifodalagan.
70-yillarning boshlarida turli xildagi o’quvuskunalarini va o’quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo’lmas edi.
60-yillar o’rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari bilan shug’ullanuvi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshlaydi.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish tushunilgan.
Texnologiya tushunchasi Amerika va G’arbiy yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liqravishda kirib keldi. B.Blum, D.Kratvol, J.Kerroll, J.Blok, B.Skinner, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, V.Guzeyev, V.Slastenin, M.V.Klarin, B.Lixachev, N.F.Talizina, L.M.Fridman, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.
Vaqt o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa ta’lim texnologiyasi tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va mulohazalar asoslab berildi.
O’qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi
texnologiyalar, tarbiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalari iboralari turli davrlarda va turli manbalarda qo’llanilgan bo’lsa-da, barchasi umumiy maqsadni ko’laydi, ya’ni bunda ta’lim maqsadlariga erishish va har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni doimiy ravishda rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish tizimi va loyihasi tushuniladi.
Pedagogik texnologiya – barcha tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo’li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
Nima uchun bugungi kunda ta’lim texnologiyalarining nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tug’ildi? Birinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki usullarga tayangani tufayli “axborotli o’qitish“ sifatida tavsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati faqat o’quvjarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Ikkinchidan, ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash, malakali mutaxassislarni yetishtirish kabi talablar tizimi texnologik yondashuvni joriy etishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni, ta’lim samaradorligini oshirishni, raqobatbordosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi, yangilikni joriy etish yo’li esa har doim murakkab va uzoq. Ishonch bilan aytish mumkinki, ta’limni texnologik asosga qurish sifat darajasini oshirishga, natijalarni kafolatlash tizimiga o’tishga, o’z-o’zini takomillashtiruvchi mexanizmlarni
yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasi - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda ta’lim sohasida katta burilishlar yuz beradi, o’qituvchifaoliyati yangilanadi, talaba- yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash, bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlariga bosqichma bosqich ta’sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi ishchining
faoliyatidir. Ya’ni: ta’lim texnologiyasi - bu o’qituvchi(tarbiyachi) ning o’qitish(tarbiya) ning turli xil vositalari yordamida o’quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda samarali ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O’qitish texnologiyasi ko’proq xususiy metodika bilan o’xshash ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’ q uv materiallarini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi.
Ba’zan metodikani texnologiyadan ajrata olmaydigan, ular bir narsa deb e’tirof etadigan amaliyotchi o’qituvchilar uchrab turadi.
Metodika – o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat desak, ta’lim texnologiyasi – o’qituvchining kasbiy faoliyati samaradorligini oshiruvchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xatti-harakatlar yig’indisidir. Tanlangan metodni qayta ishlash, unda texnologiyaga xos xususiyatlarni shakllantirish asosida texnologik darajaga ko’tarish mumkin.
O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab pedagogik adabiyotlarda ta’lim texnologiyasi tushunchasining mohiyati ancha keng talqin etila boshlandi. Yaponiya olimi T.Sakomoto tomonidan “O’qitish texnologiyasi – bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l- yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” deb izohlanadi. Rus olimi N.F.Talizina fikri bo’yicha: “Pedagogik texnologiya – belgilangan o’quvmaqsadlariga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiriladi. I.Ya.Lernerning fikricha, Pedagogik texnologiya – o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi. Ko’rinib turibdiki, ta’lim texnologiyasi belgilangan maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida tashkil etilgan. Bu bir jihatdan to’g’ri bo’lsa, boshqa tomondan chuqurroq tahlil etilganda, bunday yondashuvda oquvchi shaxsi e’tibordan chetda qolmoqda. Bu holatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko aniqladi va ta’lim texnologiyasi – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik fa oliyat muvaffaqiyatini kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi
shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir, deb ta’riflaydi. Loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta pedagogik tajriba talab etmaydi, lekin ushbu tayyor texnologiyadan foydalanish samarasi o’qituvchining egallagan texnologik bilim, ko’nikma, malakalariga bog’liq. Agar o’qituvchi texnologik loyihani mazmuni va maqsadini chuqur anglasa, texnologiyalardan o’z o’rnida va to’g’i foydalanishni bilsa, yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi. Natijada novator pedagogning boy va ko’p yillik tajribasidan yosh pedagoglar uchun foydalanish imkoni tug’ladi.
Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi nuqtai nazaridan qaralganda, nazariya va amaliyot bir-biriga bog’liqbo’lmagan holda talqin etilganligini ko’rish mumkin. Natijada o’qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiya darajasiga ko’tarila olmay asta sekinlik bilan o’z mavqyeini yo’qotib pedagogika nazariyasidan uzoqlashib borgan. Masalan, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo’lgan “Dasturlashtirilgan ta’lim” yoki 70-80-yillardagi “shatalovchilik harakati” kabilar.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi pedagogik soha mutaxassislarining ilmiy salohiyati ta’lim texnologiyalari mohiyatini ochib berishga yetadi. Ta’lim texnologiyalarini pedagogik fanning alohida tarmog’i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan ta’lim yo’nalishi deb qarash ham ma’qul emas. Ta’lim texnologiyasi bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi
yo’nalishga buradi: “o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos bo’lgan, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” - deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos h olda ta’lim mazmunida ham, pedagogik jarayonda ham yangilanish ro’y bermoqda, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborot-kommunikatsion, audio-vizual vositalar mavjudki, ular ta’lim texnologiyalarini real
voqyelikka aylantiradi.
Ta’lim texnologiyalari boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko’satishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski, bu jarayon h ozirgi ta’lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli ta’lim texnologiyalari o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapdi: “Kompyuterlarning shu kundagi qo’llanishi
-ekstensivlik xolos: an’anaviy o’quv kurslari shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti”. Bu yerda ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalari o’rtasida o’zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo’ladi. Keyingi vaqtlarda ba’zi bir olimlar (informatika sohasi vakillari) ta’lim texnologiyalarini axborotlashtirishga kiritish yoki tenglashtirish (ba’zan ustun qo’yish) ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar to’g’ri emas. O’quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiy (ayniqsa, XX asr ikkinchi yarimidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy “burilish”, uning muhim bosqichidir. Ta’limda axborot texnologiyasi - bu “o’quvchi- kompyuter” o’rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya ta’lim texnologiyalarining tarkibiy qismi, texnik vositalarining mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta’lim jarayonida qo’llanila boshladi. Kelajakda iqtisodiy muammolar hal etilib, o’quv yurtlari kompyuterlar va dasturli texnikalar bilan yetarli darajada ta’minlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyatlari tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish