O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


Ta’lim va tibbiyotda IT-texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet25/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Ta’lim va tibbiyotda IT-texnologiyalari. Ilgari ta’lim oluvchilar biror savolga javob topmoqchi bo’lsa, qo’shimcha ma’lumotga ehtiyoj sezsa, faqatgina o’qituvchiva bosma kitoblar yordamga kelishgan. Bugungi kunda internet orqali bir zumda turli xil ko’rinishdagi ta’limiy yordamga murojaat qilish imkoni mavjud. O’qitishning innovatsion shakllari sifatida trening, davra suhbati, interaktiv ma’ruza, interaktiv ekskursiya, videokonferensiya, VR-darslar, virtual ma’ruza, virtual ekskursiya, veb-mashg’ulotlar, chat- botlar, vebinar, blended learning (aralash o’qitish), sun’iy intellektli – raqamli o’qituvchilar, ommaviy ochiq onlayn kurslar va boshqalarni misol qilish mumkin. O’quv jarayonidagi innovatsion o’qitish metodlari sifatida interaktiv usullar, grafik organayzerlar, muammoli usullar, debatlar, o’yinli texnologiyalar kabilarni qo’llashni aytish mumkin. Ta’limning innovatsion vositalariga esa interfaol doska, Smart- partalar, prezentatsiya, multimediya, elektron darslik, virtual atlaslar, virtual trenajyorlar, virtual universitet, virtual kampus, texnologik platformalar, ta’lim portali, simulyatorlar, virtual kutubxonalar, 3D-, 4D-, 5D texnologiyali dasturlar kabilarni kiritish
mumkin.
VR – (ingl. “virtual reality” - virtual yoki sun’iy reallik), virtual reallik bugungi kunda ma’lum bir kasblarga o’rgatishda, ya’ni real
sharoitda ishlash yuqori xavf tug’diradigan yoki katta mablag’ bilan bog’liq bo’lgan kasblarga (masalan xirurg, samolyot uchuvchisi, poyezd mashinisti, haydovchi, qutqaruvchi, harbiy va b.) o’qitishda keng qo’llanilmoqda. Jahonga mashhur IT kompaniyalari tomonidan talabalarni o’qitishda faol qo’llash mumkin bo’lgan juda ko’plab innovatsion texnologiyalar taklif etilmoqda.
Aldebaran Robotics tomonidan ishlab chiqilgan Nao roboti 2010 yildan beri test rejimida ta’lim oluvchilar bilan mashg’ulot olib boradi. Ushbu androidning gaplashish va harakatlanishdan tashqari asosiy xususiyati emotsiyalarni tanish va ko’rsatishdir. Bu unga insonlar bilan muloqotda katta yordam beradi hamda robotning odamlar tomonidan jiddiy qabul qilinishini yengillashtiradi.
MIT Media Lab tomonidan yaratilgan Tega roboti ta’lim oluvchilar bilan umumiy til topisha oladi. Ko’rinishidan dasturlashtirilgan planshetli yoqimtoy momiq o’yinchoq bo’lib, u nafaqat o’qituvchi, balki robot- do’stdir. Tega o’quvchilarga o’qish bo’yichayordam beradi, kun tartibiga rioya qilishini nazorat qiladi va darslar o’rtasidagi tanaffuslarda ularning vaqtini chog’ o’tkazib ko’nglini ko’tara oladi. O’quvchi agar uyga vazifalarni juda uzoq vaqt bajarsa, robot hattoki u bilan birga zerikishini ham namoyon qilishga qodir. O’quvchilar uchun odatiy o’qituvchidan tashqari robot-o’qituvchilarni kuzatish va ulardan o’rganish ham qiziqarli tuyuladi.
2018 yili rossiyalik va amerikalik ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi ishlari natijasida Android-telefonlarda Parla X dasturi paydo bo’ldi. Bu standart savol-javobli chat-bot emas, balki to’laqonli sun’iy intellektli o’qituvchidir. Hozircha Parla X texnologiyasi faqat ingliz tilini o’rgatadi, ishlab chiquvchilar rejasida ta’lim safini yanada kengaytirish hamda ta’limni hammabop qilish xohishi borligi ta’kidlanmoqda. Ushbu dasturda foydalanuvchi tilni bilish darajasini tanlaydi va shundan so’ng topshiriqlarni bajaradi. Sun’iy intellekt foydalanuvchining topshiriqlarni qanday bajarayotganini tahlil qilib uning uchun nima murakkab yoki nima
oson ekanligini, qaysi bilimlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirdi, qaysi bilimlarni yana ko’proq o’zlashtirishi kerakligini bilib oladi. U har bir foydalanuvchi uchun individual yondoshuvni topa oladi hamda mos va kerakli topshiriqlarni
tanlay oladi. Parla X smartfondagi haqiqiy cho’ntak repetitori bo’lib ommalashmoqda. Repetitor uchun katta mablag’ sarflanadi, bunday ilovalar esa bepul ta’lim olish imkoniyatini beradi. Ta’lim darajasi juda past va qashshoq davlatlarda bu kabi texnologiyalar ko’pgina ta’limiy muammolarni hal qilish uchun yechim bo’lishi mumkin. Kelajakda bunday texnologiyalardan har kim istagancha foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
2016 yilda Jorjiya universiteti professori Ashok Goel ma’ruzalardan
so’ng talabalarda yuzlab savollar tug’ilishini, ularga individual yondoshish zarurligini inobatga olgan holda, mashg’ulotlar uchun smartfon cho’ntak yordamchisini yaratdi. U talabalar agar uy vazifalarini bajarishda individual yordam olishsa, ularning o’zlashtirish ko’rsatkichlari va sifati yanada ortadi, deb hisoblaydi. Goel eng yaxshi talabalaridan 8 nafarini taklif etib, birgalikda chat-bot yaratdi va unga Jill Uotson deb nom berdi, u talabalarga topshiriqlarni yechishda telefon orqali savol-javob tarzida yordam bera boshladi. Goelbot – elektron assistentga universitet forumlaridan olingan 40 mingdan ortiq xabarlarni yukladi, bu Jillning nutqi jonli bo’lishi va javoblarning talabalar uchun tushunarli bo’lishini ta’minladi. Talabalarning eng axmoqona savollariga ham Jill nazariy javoblarga asoslangan holda javob berar, uy vazifalarini yechishda amaliy maslahatlar berardi. Besh oy davomida olib borilgan tadqiqot talabalarning auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda ham muvaffaqiyatli qatnashishiga olib keldi. Talabalardan hyech kim Jill Uotsonning chat-bot ekanligini bilmagan, hattoki talabalar orasida o’tkazilgan so’rovnomada u eng yaxshi o’qituvchisifatida eng ko’p ovoz to’plagan. Hozirgi kunda ushbu raqamli o’quvassistenti butun dunyo bo’yichaturli kampuslarda talabalarga o’quvjarayonida yordam bermoqda.
Chat-botlarimkoniyatlarikompaniyalarningishlabchiqaruvchilarini ilhomlantirdi. 2016 yil Duolingo servisi xorijiy tillarni o’rganish
uchun ilovani ishga tushirdi. Bunda foydalanuvchilarga messenjer interfeysi taklif etiladi va ta’lim savol-javob shaklida olib boriladi. Shu kabi
AndyRobot chat-boti ham foydalanuvchilar bilan davomli suhbatlashishi, test va o’yinlarni taklif etishi mumkin. Talabalarga o’zining lug’at boyligini oshirish, grammatik konstruksiyalarining to’g’riligini tekshirish imkoniyati taqdim etiladi. Edwin, Teflbot kabi chat-botlar ham shular qatorida keng qo’llanilmoqda.
Authorbot servisi mualliflarga o’z ijod mahsullari, ishlarini internet orqali ilgari surishga va kengaytirishga yordam beradi. Authorbot kitobxonlar uchun kitob haqida taassurotlarni, qahramonlar va syujetlar haqida qo’shimcha ma’lumotlarni bo’lishishga, suhbat olib borishga imkon beradi. Bot yaqin oradagi kutubxonalarni topishga, uning ish vaqti, fondi, eng mashhur va ommabop top-kitoblarni yoki turli davrlarda chop etilgan istalgan kitoblarni topishga yordam beradi. Bostonlik startaperlar abiturientlar uchun yo’nalish tanlash, universitetga kirish uchun imtihonlarga tayyorlanish, talabalik hayoti haqida ma’lumot beruvchi bot ishlab chiqilgan. Jorjiya universitetida AdmitHub servisi dastlab birinchi kurs talabalarini universitet hayoti bilan tanishtirish uchun mo’ljallangan edi. Hozir ushbu botning yordamidan turli davlatlarning abiturient va talabalari foydalanishi mumkin. Prepathon robotlari bir nechta: biri motivatsiya uchun javob beradi va talabalarga ruhlantiruvchi iboralar, eslatmalarni yuboradi, boshqasi o’quvjarayoniga eng samarali yondoshuvlarni topishga
yordam beradi, yana biri imtihonlarga tayyorlaydi.
2017 yili Microsoft kompaniyasi xitoy tilini o’rganish uchun ilova chiqardi. Asosiy vazifa to’laqonli raqamli o’qituvchini yaratish edi. Ishlab chiqilgan sun’iy intellekt o’quvchilarning javoblaridan kelib chiqqan holda topshiriqlarni tanlab beradi. Microsoft ilovasi foydalanuvchining o’zlashtirishiga moslashib, individual o’qitish dasturini yaratadi.
Kelajakda raqamli yoki virtual o’qituvchilar individual ta’limiy yondoshuvni yaratgan holda keng ommalashib boradi, ular hattoki ta’lim oluvchini topshiriqni to’g’ri bajargani uchun maqtab rag’batlantirishi yoki dangasaligi uchun tanbeh berishi ham mumkin. TMT Investments asoschisi German Kaplun fikricha, 10-15 yillar ichida rivojlangan davlatlarda o’quvchilar o’qituvchi-robotlar tufayli maktabga muntazam bormasdan, uyda smartfon yoki planshet orqali ta’lim olishlari mumkinligiga kattalar
ko’nikib borishi lozim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ta’limni texnologiyalar bilan bog’lab o’quvchilarni qiziqtirish mumkin. Ilg’or o’qituvchilar Telegram, Instagram, WhatsApp va b. orqali ta’lim oluvchilarga topshiriqlar berib, ularni yo’naltirib, rag’batlantirib, rivojlantirib borishmoqda.
Ilmiy ixtisoslashtirilgan Arlington maktabi o’quvjarayonida Oculus Rift texnologiyasi qo’llaniladi. Tarix, geografiya, biologiya fanlarida o’quvchilar VR-shlem orqali bir lahzada istalgan reallikda – Qadimgi Yunonistonda, savannalarda, qo’riqxonalarda, Xitoy devorida, Antarktidada bo’lishi hamda tabiatni, jonivor va o’simliklarni o’rganishi mumkin. Bu kabi texnologiyalar imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun,ayniqsa, autizm sindromli bolalar uchun eng yaxshi yechim bo’la oladi. Polshada Sileziya texnologiya universitetida autist bolalar bilan virtual reallik texnologiyalari yordamida terapevtik mashqlar o’tkazilib muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqda.
AQShda talabalar va o’quvchilarga endilikda savollarga tezda javob topishda Vikipediya emas, balki Google Home, Amazon Echo (Alexa), Siri kabi texnologiyalar eng yaxshi yordamchi bo’lmoqda.
Wikipedia voicebot – Vikipediya bo’yichaovozli qidiruv funksiyasiga ega bot, istalgan kerakli ma’lumotni kundalik ishlardan chalg’imagan holda so’rab topish imkoniyatini beradi.
Woebot – Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan (Coursera asoschisi Endryu N. ham qo’shildi) ishlab chiqilayotgan bot bo’lib, dastur Facebookda ishlaydi, chat orqali har qanday his- tuyg’u va emotsional holatlar bilan o’rtoqlashish mumkin. Woebot foydalanuvchilarga nafaqat yaxshi so’zlar bilan dalda beradi, balki qo’shimcha savollar asosida uning psixologik holatiga baho berib, zarur hollarda mutaxassisga murojaat etish kerakligini ham maslahat beradi.
2019 yilning aprel oyida London Qirollik Gospitalida saraton
o’smasini olib tashlash bo’yicha operatsiya o’tkazildi.Bu operatsiya boshidan oxirigacha, xirurg taqqan Google Glass ko’zoynaklari orqali internet tarmog’ida translyasiya etildi. 13 000 talaba-shifokorlar nafaqat to’g’ridan-to’g’ri efirda xirurg ko’zlari bilan kuzatib turishdi, balki xirurgga savollar bilan ham murojaat qila olishdi. Xirurg
ko’zoynagida savollar matn shaklida ko’rish maydoni periferiyasida namoyon bo’lgach, u savollarga og’zaki javob berib bordi. Ushbu operatsiyani butun dunyo real vaqtda istalgan mobil vositalarida ko’rishi mumkin bo’ldi. Doktor Shofiy Ahmad texnologiyalarni yaxshi tushunadigan mutaxassis sifatida talaba-shifokorlar uchun yanada samarali o’rgatuvchi videolarni yaratish imkoniga ega 360-gradusli tasvirlar ustida tadqiqot olib bormoqda.
Videoyozuvlarni ko’rishda ham talabalar passiv kuzatuvchi bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun Medical Simulation Corp tomonidan Simantha simulyasiyali manekenlari ishlab chiqilgan. Ushbu texnologiya orqali talabalarning bemorlarni ko’ruvdan o’tkazish va davolash ko’nikmalarini yanada kuchaytirish mumkin. Talabaning har bir harakati monitorda aks etib turadi, muolajaning ta’siri, maneken- bemorning holati haqida ham axborot berib turiladi.
VR texnologiyalar ayniqsa xirurgiyada keng tatbiq etilmoqda, chunki aynan ushbu sohada vizuallik va shifokor xatti-harakatida qaytuvchan aloqa ko’proq muhim rol o’ynaydi. Xirurgiyada mahorat tajriba asosida shakllanadi. Hyech qanday maneken virtual trenajyorlarda sifatli bajarilgan operatsiya effektini bera olmaydi. Vitrual trenajyorlar istagancha virtual tanalarni, namunalarni berishi, talabalarning xatolarini ko’rsatishi mumkin.
Stenford Universitetida tana a’zolari va tana qismlarining yuqori darajadagi dasturiy-apparat komplekslari ishlab chiqilmoqda va qo’llanilmoqda, bu talabalar uchun nafaqat vizual, balki taktil qaytuvchan aloqani ham ta’minlamoqda.
Inson tana a’zolarining raqamli modellari bilan ishlash jarayonida yetuk xirurglar ham juda nozik va murakkab muolajalarni mashq qilishadi. Bu shifokor harakatlarining aniqligini oshiradi, diagnostika va davolashga o’rgatadi, xatolarning va asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Davolash ba’zida malakali shifokorlar ham duch kelmagan kamyob muolaja turlarini qo’llashni talab qiladi, real tajribaning yetishmasligini esa virtual trenajyorlar orqali to’ldirish mumkin.
VR texnologiyalar xirurgiya, terapiya, psixiatriya, psixoterapiya, oftalmologiya, stomatologiya, reabilitatsiya, anesteziologiya, radiologiya kabi sohalarda ham talabalarni o’qitishda, ham kasbiy- tibbiy faoliyatda
keng qo’llanib kelinmoqda.



    1. Download 1,04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish