Ta’lim sohasidagi innovatsiyalar. 1997 yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan asoslanadi. Uning natijasida ta’lim-tarbiya tizimi tubdan isloh etilib, ta’lim tizimining uzluksizligi shakllandi, 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi, yangi fanlar kiritildi va h.k.
O’qitish jarayonidagi innovatsiyalar. O’qitishning innovatsion shakllari (trening, davra suhbati, interaktiv ma’ruza, interaktiv ekskursiya, videokonferensiya, virtual ma’ruza, virtual ekskursiya va b.), metodlari (Aqliy hujum, Klaster, Assesment, Qarorlar shajarasi va b.) va vositalari (interfaol doska, prezentatsiya, elektron darslik, grafik organayzerlar, virtual trenajerlar va b.) shakllandi.
O’qituvchiva ta’lim oluvchi faoliyatidagi innovatsiyalar. Aksiologik yondashuv (shaxsga oliy qadriyat sifatida qarash); akmeologik yondashuv (oliy nuqta, gullagan davr, rivojlanish cho’qqisi); kreativ yondashuv (yaratuvchanlik, ijodkorlik); refleksiya (ortga nazar).
Innovatsion jarayon bir necha bosqich va vositalar majmui yordamida ilmiy yangilik yoki g’oya, ijtimoiy yangilikka, shu qatorda ta’lim yangiligiga aylanadi. Bunda yangilik kiritishga innovatsiya natijasi sifatida qaraladi, innovatsion jarayon esa, umumiy tarzda quyidagi uch bosqichning rivojlanishi sifatida tushuniladi: g’oyalarni berish (ilmiy yangilik ochish), g’oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish.
Boshqaruvga ko’ra innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Funksional imkoniyatlariga qarab, barcha pedagogik innovatsiyalar: yangiliklar samarali ta’lim jarayonini ta’minlaydigan shartlar (ta’limning yangi mazmuni, innovatsion ta’lim muhitlari, ijtimoiy-madaniy sharoitlar); yangilik-pedagogik vosita, texnologik ta’lim loyihalari, metodik tavsiyalar va hokazo; ta’limni tashkiliy boshqaruviga oid yangiliklar (ta’limning sifatli xizmat qilishini ta’minlaydigan metodik kengashlar, ijodiy-ilmiy guruhlar tashkil etish, yechimlar).
Tizimli innovatsiyalar – novatorlikni qo’llab-quvvatlash, intellektual imkoniyatlardan foydalanishni kengaytirish, talabalarning qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalardir.
2. Innovatsiyalarni amalga oshirish va tatbiq etish sohasiga qarab: ta’lim mazmunida; o’qitish texnologiyalari, ta’lim tizimining tarbiyaviy sohasida; pedagogik jarayon qatnashchilari o’zaro ta’siri tizimida, pedagogik vositalar tizimida.
Ta’lim innovatsiyalari – bu muayyan muammo doirasidan kelib
chiqadigan, aniq maqsad, vazifalarga ega innovatsiyalardir. Bular o’qituvchiva talabalar qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik xarakteriga ega bo’ladi. Bunday innovatsiyalar puxta tayyorlanib, ekspertlardan o’tadi va zarur vositalar bilan ta’minlanadi (kadrlar, moddiy, ilmiy- metodik ta’minot).
Do'stlaringiz bilan baham: |