Ta’lim texnologiyalari fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ta’lim texnologiyalari nazariy fan sifatida ta’lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishish darajasini oshirish muammolarini tadqiq etish bilan shug’ullanadi hamda o’zining muntazam rivojlanishini
kadrlar tayyorlash orqali ta’minlab turadi. Muammolarni hal etishda turli ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanadi va boshqa fanlar bilan bog’liqliklarga ham ega.
Ilmiy tadqiqot ishlari fanni rivojlantirishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirib o’rganishga, muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgi kunda quyidagi metodlarni ta’lim taraqqiyotiga samarali hissa qo’shadi deb hisoblash mumkin:
Nazariy usul – ilmiy adabiyotlar, ommaviy matbuot, internet materiallari, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar, ko’rsatmalar bilan ishlash, manbalarni o’rganish va nazariy tahlil qilish asosida olib
boriladigan pedagogik izlanish. Bu usul muammolarning qay darajada o’rganilgani, qay biri atroflicha ochilganligi, qaysi masalalar yechilmaganligini bilish imkoniyatini beradi.
Kuzatish usuli – pedagogik hodisani, jarayonni ma’lum edagogik maqsad asosida kuzatish. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, mukammallashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Odatda, tabiiy kuzatish ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashi shakllanishini, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fanlarining boyishiga sabab bo’ladi.
Suhbat usuli – material yig’ish va kuzatish davomida to’plangan axborotlarga aniqlik kiritish, tekshirish maqsadida suhbat olib boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli o’qituvchilar va ta’lim oluvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va keng jamoatchilik
bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tatbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish, savol- javob texnikasini egallaganligi va uni kerakli tomonga yo’naltira olishni bilishi, suhbatdoshning ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtirishi g’oyat muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |