16
III. UIRS. Talabalar uchun mustaqil ish.
Vazifa 4
Qattiq dori shakllarini to’plami bilan tanishish.
Vazifa 5
Qattiq dori shakllarini tayyorlash.
Oddiy bo’lingan kukun, 0,3g askorbin kislotadan 12 ta kukun tayyorlash: torozda 0,3g
dan 12 marta askorbin kislota tortib olinadi va qog’oz bo’lakchalariga solib o’rab qo’yiladi, ular
umumiy
paketchaga solinadi, etiketkasida soni va dozasi ko’rsatiladi. Shu
xolatda bemorlarga
beriladi.
Murakkab bo’lingan kukun - tarkibida 0,3g fenatsetin va 0,1g kofein benzoat natriy bo’lgan 6 ta
kukun tayyorlash. 6 ta kukun tayyorlash uchun 0,6g kofein benzoat (0,1 x 6), 1,8g fenatsetin
(0,3 x 6) miqdor torozda tortib olinadi. Ikkala kukunni chinni
idishga solib yaxshilab
aralashtiriladi. Har bir kukun 0,3 + 0,1 = 0,4 bo’lishi kerak. Bu miqdor tarozda tortib olinib 6 ta
qog’ozga o’raladi
va paketchaga solinadi, etiketkasida soni va dozasi ko’rsatiladi.
Shu xolatda
bemorlarga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: