III. UIRS. Talabalar uchun mustaqil ish.
Vazifa 5
Suyuq dori shakllari to’plami bilan tanishish.
Vazifa 6
Suyuq dori shakllarini tayyorlash.
Ichish uchun 12 qabulga eritma tayyorlash, tarkibida xar bir qabulda 0,3 kaliy yodid va 0,2
natriy bromid bo’lsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta. Kaliy yodid kerakli miqdorda tortib
olinadi va 50-70 ml distillangan suvda eritiladi. Eritmani o’lchamli tsilindrga solib, ustiga kerakli
miqdorda natriy bromid qo’shib aralashtiriladi so’ngra kerakli xajmgacha suv solinadi. Eritma
filtrlanadi.
12 qabulga baxorgi maysa o’tidan damlama tayyorlash, har bir qabulga 0,5 dan 1 osh qoshiqdan
kuniga 3 marta. Kerakli miqdordagi maydalangan baxorgi maysa o’ti tortib olinadi. So’ngra
kerakli miqdorda suv solinib 15 min davomida qaynab turgan suvda ushlanadi, 30 min
sovutiladi, so’ngra dokadan filtrlanadi, kerakli miqdorgacha distillangan suv quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |