O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti


Kafedra mudiri, t.f.n Shermatov R.M



Download 193,64 Kb.
bet2/9
Sana26.02.2022
Hajmi193,64 Kb.
#466715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'quv uslubiy qo\'llanma Pediatriya 1-mavzu davomi

Kafedra mudiri, t.f.n Shermatov R.M.
Ilmiy kotib, t.f.n. Ashurov M.D.
Mavzu №2: Bolalarni jismoniy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari. JSST tomonidan ishlab chiqarilgan besh yoshgacha bolalarni o‘sish va rivojlanish standartlari va grafiklari. “Biologik akseleratsiya” haqida tushuncha. Bolalar jismoniy rivojlanishni buzilish semiotikasi (oqsil-energetik yetishmovchiligi).


Maqsadi:Antropometrik o‘lchovlarni o‘tkazish, meyoriy ko‘rsatkichlarga taqqoslash, bola o‘sishini grafik ifodasiga solishtirish yo‘li bilan bolalar jismoniy rivojlanishi darajasiga baxo berish, o‘sish borasida muammolar mavjudligini, muammolar paydo bo‘lish ehtimolini aniqlash va ularni bartaraf etishni o‘rganish.
Vazifalari:
1. Xar xil yoshdagi bolalarda antropometriya o‘lchamlarini o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni bola o‘sishining grafik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash, rivojlanish darajasiga baxo berish.
Talaba bilishi kerak
1. Bola o‘sishi grafigi ko‘rsatkichlari.
2. Yoshiga nisbatan tana uzunligi/bo‘y.
3. Yoshiga nisbatan tana og‘irligi
4. TMI(tana vazni indeksi) – yoshi.
5. Jismoniy rivojlanish davrlari, rivojlanishdagi notekislik(birinchi va ikkinchi to‘lalik davriga).
Talaba bajara olishi kerak.
1.Bola jismoniy rivojlanishidagi buzilishlarni aniqlash.
- nanizm(subnanizm);
- gigantizm(subgigantizm), eutrofiya, BEN, ortiqcha vazn xavfi, ortiqcha vazn, semizlik.


Amaliy mashg‘ulot xronologik xaritasi



Darsning bosqichlari

Darsning shakillari

Davomiyligi 80 min

1

Talabalar yo‘qlamasi, odob-ahloq qoidalarini targ‘ib etish, amaliy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish


5 min.

2

Talabalar yo‘qlamasi, odob-ahloq qoidalarini targ‘ib etish, amaliy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish

Savil berish,tushuntirish

10 min.

3

Assistent talabalarga amaliy ko‘nikmani volonter talabada, mulyajlar, trenajerlar vositasida ko‘rsatib beradi (terapiya bo‘limi bemorlari parvarishi).
Har bir talaba assistent namoyish qilgan amaliy ko‘nikmani o‘zi mustaqil bajarib o‘rganadi.
O‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalar hamda, nazariy bilimlar asosida mashg‘ulotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadga erishganlik darajasini muhokama qilinadi.

 Amaliy ko‘nikma namoyishi, amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirish

15 min.



4

Assistent talabalarga darsning klinik amaliyot qismi xaqida ma’lumot beradi.
Talabalar mavzuga oid bemorlarni ko‘rib, ulardan shikoyatlar, anamnez yig‘adi, kasallik alomatlarini to‘g‘ri aniqlaydi va o‘zlashtirgan amaliy ko‘nikmani bemorda qo‘llaydi

Klinik amaliyot

15 min.

5

Talaba bemorlarni parvarish qiladi, tibbiy xujjatlar bilan ishlaydi. Bemorni instrumental va laborator tekshiruvlar uchun tayyorlaydi.
Assistent boshchiligida talabalar bajarilgan topshiriqlar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar to‘g‘rilanadi.

Kasallik tarixi. Klinik va laborator tekshiruv jixozlari
Og‘zaki, test, diskussiya, amaliy ish natijalarini muhokama etish

15 min.

6

Nazorat savollar, interfaol o‘yini, vaziyat masalalar yordamida talabalarning o‘zlashtirish saviyasini aniqlanadi.

Vaziyat masalalar, testlar, savollar

10 min

7

O‘qituvchining mashg‘ulot bo‘yicha xulosasi. Talabalar bilimini reyting asosida baholash va baholarni z’lon qilish. Kelgusi amaliy mashg‘ulot mavzusini e’lon qilish va nazorat savollar taqdim qilinadi




10 min

Bolalarda jismoniy rivojlanish deganda bolalik davrlaridagi dinamik o‘sish jarayoni (gavda vazni, bo‘y va uning qismlari uzunligini ortib borishi) tushuniladi. Bolaning jismoiy rivojlanishini baholashda avvalam bor bolaning vazni va bo‘yini uzunligiga ahamiyat beriladi. Ushbu yerda aytib o‘tish lozimki, buy jismoniy o‘sishning kam o‘zgaruvchan ko‘rsatkichi bo‘lib, vazn esa bo‘yga qaraganda judayam o‘zgaruvchan ko‘rsatkichdir. Jismoniy rivojlanishni baholashda quyidagi ko’rsatkichlar xisobga olinadi.


1.Antropometrik bola gavdasining vaznini, hamda bo‘yi va uning qismlari uzunligini o‘lchash.
2.Somatoskopik - ko‘rish orqali tana tuzilishi va qiyofasi belgilarini aniqlash.
3.Dinamometrik - ya’ni maxsus dinametrlar va qo‘shimcha o‘lchov vositalarida jismoniy ish qobiliyatini, xamda fiziometrik
ko‘rsatkichlarni (o‘pkaniig hayotiy hajmi, EKG ko‘rsatkichlari va bosh-qalar) aniqlash.
Bolaning jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari uning sog’lomligini kompleks belgisi xisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar organizm a’zolari va to‘qimalari hujayralarining takomillashish bosqichlariga va ularning yetuvchanligiga bog’liq bo‘ladi. Bolaning jismoniy rivojlanishi tug‘ma, nasli va tashqi muhit faktorlari ta’sirida shakllanadi. Bu yerda tashqi muxit faktorlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bular jismoniy rivojlanish jarayonini musbat yoki manfiy taraflarga o‘zgartirishi mumkin. Jismoniy rivojlanishni baholab berishda biologik yoshni ham aniqlashni tavsiya etiladi. Bunda antrogyumetrik ko’rsatkichlar qay darajada biologik yoshni ifodalashiga qarab baho beriladi.
Ona qorinida jismoniy rivojlanish. Ona qorinidagi rivojlanish davrida gavda vaznini ortishi va buyiga o‘sish juda intensiv kechadi. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra homiladorlikning 1 akusher oyining oxirlarida embrion bachadonda mo’rtak xolida bo‘ladi. Shu paytda pushtnig uzunligi 1 sm ga yetib, vazni 1 g tashkil etadi. Homiladorlikning 3-oyining oxirida pushtning uzunligi 3 sm atrofida bo‘lib, vazni esa 5 gr yetadi. Kalla va tananing uzunligi teng bo‘lib, oyoqlari-ko‘llaripnng mo’rtak xolatlari aniqlanadi. Ko‘z, burun, ogiz murgaklari aniq ko‘rinadi.
Homiladorlikni 3- oyini so’ngida homilaning uzunligi 9 sm atrofida bo‘lib, vazni esa 115-120 gr yetadi. Terisi sillik, yupqa, qizgish, tern osti yog qatlami bo‘lmaydi. Mushak sistemsi rivojlangan sari oyoq qo‘llarining qimirlashlari ko‘payib, acta-sekin nafas olish xolati aniqlana boshlanadi.
5- oyni oxiriga kelib homilani bo‘yi 25 sm, vazni esa 1300 gr ga yetadi. Xarakatlari faollashib, uni omasi ham sezadi. Homilani yurak urishini eshitib aniqlansa bo‘ladi. Homilani terisi, yuzi va boshidan boshlab ingichka (tuksimon) sochlar- (lanuga) bilan qoplanadi. Tanasi esa maxsus yogsimon modda bilan qoplana boshlaydi. Ichaklarida birlamchi najas (mekoniy) to‘plana boshlashdi. Qormini pastki bo‘limida teri osti yog tuqimasi to‘plana boshlaydi. VI oxiriga kelib xomilani uzunligi 30 sm, vazni 700 gramm ga yetadi. VII oyni oxirida homila bo‘yi 35 sm, vazni 700 g tashkil etadi. Xomilani «cholsimon» ko‘rinishda bo‘ladi, chunki yog to‘qimasi rivojlanmagan. Butun tanasi to‘qsimon sochlar (lanuga) bilan qoplangan bo‘ladi. Quloq pardasini tog‘aylari juda yumshoq. Tirnoklar barmoqlarining uch qismiga yetmaydi. Qiz bolalarda katta jinsiy lablar kichigini qoplamaydi, o‘g‘il bolalarda esa moyaklari yorg‘oqqa tushmagan bo‘ladi. Homila hali chala, yetilmagan bo‘lib, o‘zicha yashab keta olishi unga xos ma’lum sharoit tugdirilganidagina mumkin.
8-oyning oxirida homilaning uzunligi 40 sm, vazni 1600g yetadi. Homila hali chala, lekin to’g’ilganidan keyin alohida sharoitda yashab ketishi mumkin.
IX oyning oxirida xomila ancha yetilib qoladi: bo‘yi 45 sm, vazni 2500 g tashkil etadi, «cholsimon» ko‘rinishi asta- sekin yo‘qoladi,terisi pushti rangda bo‘ladi. Homila mustaqil yashab keta oladi.
X oyni oxirlarida homilani uzunligi 48-52 sm, vazni esa 3200-3600 gramm, lekin 2500 grammdan kam emas, xarakatlari aktiv, ovozini chiqarib yig‘laydi, teri osti yog‘ tuqimasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Homilaning ona qornida jismoniy rivojlanishi quyidagi empirik formulalar vositasida taxminan baholash mumkin.
1.Gaaze formulasi. Homiladorlikning birinchi 5 oyida homilaning bo‘yi, homiladorlikning necha oyligini kvadratiga teng bo‘ladi; 5 oydan keyin homilaning bo‘yi homiladorlikning necha oyligini 5 ga kupaytirganiga teng bo‘ladi.
2.30 haftalik homila.ning vazni 1300 gr.ga teng bo‘lib, har bir kelgusi haftaga 200 gr.dan Xo‘shib, yetmagan haftaga esa 100 gr. dan ayiriladi.
3.Homilalikning 25-42 haftalarida homilaning bo‘yi xomiladorlikning necha xaftaligi soni + 10 ga teng bo‘ladi.
4.4.Homilaning bo‘yi 40 sm bo‘lganda, vazni 1300 gr bo‘ladi. Har bir qo‘shilgan sm ga tana uzunli giga vazni 200 gr.ga oshiriladi, har bir yetmagan sm.ga esa vazn 100 gr.ga kamaytiriladi.
5.Homilaning 25-42 haftaligida ko‘krak qafasi aylanasi uzunligi homilalikning necha haftaligi - 7 ga teng bo‘ladi.
6.34 haftalik homila bosh aylanasi o‘rtacha 32 sm ga teng. Har bir yetishmagan haftaga 1 sm dan kamaytirilib, har bir kelgusi haftaga 0,5 sm dan ko‘shiladi.
Bolani tug‘ilgandan keyin jismoniy rivojlanishi.
Bolaning vazni. Bolalarda jismoniy rivojlanishning barcha ko‘rsatkichlari ertalab, mashgum bir vaktda, standart asboblar yordamida o‘tkaziladi. Odatda bolaning 2 yoshgacha vazni, maksimal 25 kg og’irlikkacha mo‘ljallangan maxsus tibbiy bolalar tarozusida aniqlanadi. 2 yoshdan katta yoshdagi bolalar vazni esa 50 kg gacha apiqlikda bo‘lgan tibbiy tarozularda aniqlamadi.O‘z vaqtida yangi to’g’ilgap chaqaloqning vazni 2500-4000 gr atrofida, o‘rta xisobda qiz bolalarda 3350 gr, o’g’il bolalarda 3500 gr bo‘ladi. 2500 gr.dan kam bulgap vazn, vaqtidan oldin to’g’ilgan chaqaloqlarda yoki ona qorinidan gipotrofiya bilan to’g’ilgan bolalarda uchraydi. 4000 gr yoki undan ortik, vaznda to’g’ilganlar yirik to’g’ilgan bolalar deb qisoblanadi. Hayotining birinchi kunlarida yangi to’g’ilgan chaqalokning vazni birmuncha kamayadi. Ona kukragini emgan, sog’lom bolalar vaznini,6-7 % gacha, ayrim xolatdagi bolalar esa 9 % gacha yuqotadilar. Bundam xolat fiziologik vaznni kamayishi deyilib, bu chaqaloqni tashki muhit sharoitiga moslashishi xisobiga bo‘ladi. Chaqaloq asosan vaznini hayotining 1-2 kunida yo‘qotib, 3-4 kuniga kelib vazn kamayishi to‘xtab, 4-5 kundan boshlab esa vazn ya’na ko‘payadi va birinchi haftaning oxirida, ikkinchi haftaning boshlarida oldingi ko‘rsatkichlariga yetib oladi. Har xil mutloqo sog’lom bolalarda, ushbu vaznning yo‘qotish va tiklanishi har xil o‘tadi. Ayrim bolalarda tanasining vazni birinchi 3 kun ichida pastki ko‘rsatkichlargacha pasayib, keyin tez uz xolatiga kayta boshlab, 6-7 kunga kelib dastlabki ko‘rsatkichlarga yetadi. Bunga ideal vazn tiklanishi deyilib, bu sog’lom, o‘z vaqtida tug‘ilgan, yetarli mikdorda ona sutini iste’mol qilgan bolalarda kuzatiladi. Ba’zi bolalarda esa dastlabki og‘irligiga qaytish asta-sekin xolatda o‘tadi. Bunday chaqaloklar og’irligi 2-3-4- kunlarda maksimal kamayib, 1-2 kun o‘tgach, yana sekin asta ko‘payadi. Bunda ayrim vaqtlarda ogyrlik dastlabki ko‘rsatkichga 11-12 kunlarda, ayrimlarida esa 14-15 kunlarda qaytadi. Bunday bolalar sog’lom bo‘lgan holda, ulardagi asta-sekinlik bilan og‘irlikni tiklanishi ko‘pincha onalarda sut ajralishi boshlanishida yetarli darajada bo‘lmasligi bilan bog‘lanadi.
To’g’ilgandan keyin chaqaloqning vaznini kamayishi teri va o‘pka orqali yo‘qotilgan suv xisobiga, hamda siydik va mekoniyni ajralishi va kindik yarasini ko‘rishi tufayli yuz beradi. Ovqatlanish xam bu yerda asosiy faktor xisoblanadi. Yangi to’g’ilgan chaqaloqni xayotini birinchi kunlarida onasipi suti kamligi yoki yetarlik emolmasligi sababli och qolishi, bola vaznini energitik faol (yog, glikogen) qismini kamayishiga olib keladi. Chaqaloq og’irligini o‘zgarishi ko‘rsatilgan chegaradan oshik bo‘ladigan bo‘lsa, bu chuqur tekshirishni talab qiladi, chunki bunday o‘zgarish kasallik xisobiga bo‘lishi mumkin. Shuning uchun chaqaloqni kuzatib turgan pediatr fiziologik vazn yo‘qotishni chegarasini, kayta tiklanish vaqtini va tezligini aniqlab, kuzatib turishi kerak. Bolani to’g’ilgandagi vazni tiklangach, uning vazni hayotining birinchi yilida juda tez ortib boradi, lekin vaznni ko‘payish tezligi asta-sekin kamayib boradi, boshkacha qilib aytganda, bola kanchalik yosh bo‘lsa, shunchalnk tez vazniga qushiladi. Sog’lom uz vaktida tutilgan chaqaloqning vazni xayotining birinchi yilida quyidagicha ko‘shiladi. Hayotining birinchi oyini oxirlarida chaqaloqni vazni 600 g qo‘shilib, keyin esa 2 va 3 oyda 800 grdan, 3 oydan keyingi oylarda xar oldingi oy ko‘rsatkichlariga nisbatan 50 gr kam qo‘shilib boradi. O‘rtacha xisobda to’g’ilish paytidagi gavda og’irligi 4-4,5 oygacha borib, ikki barobariga yil oxirida 3 barobarga ortadi. Bir yoshga to‘lgandan keyin bolalarning vaznini ortishi nisbatan kamayib boradi. Xayotiming ikkinchi yilida bolaning og’irligi 2500-3500 gr.ga ko‘payadi, uchinchi yildan boshlab, xar yiliga o‘rtacha xisobda 2 kg.ga ko‘payadi. Olti yoshga chikkan bolaning og’irligi esa shu bolaning bir yoshda bo‘lgan vaznidan taxminan ikki barobar ko‘p bo‘ladi.Un yoshda esa uch barobar. Bu yerda alohida to‘xtab o‘tish kerakki, mutloqo sog’lom bolalarda dam tana vaznining kupayishi bir tekisda o‘tmaydi, ayniqsa, prepubertat va pubertat danrlarida yiliga qo‘shiladigan og‘irlik 3-4 kg: dan 5-8 kg bo‘lishi mumkin. Ana shu payt bolaning jinsiga qarab, o‘ziga xos vaznini ko‘payishi kuzatiladi. 11-12 yoshgacha qiz bolalari vazni o’g’il bolalarni vaznidan birmuncha orqada qolib, keyinchalik tenglashadi va ortib boradi. 16 yoshdan esa o’g’il bolalarni vazni yana qiz bolalarni vaznidan ustun kela boshlaydi.
Bolalarni yoshga nisbatan o‘rtacha vaznini mavjud formulalar yordamida xisoblash mumkin.
1. 6 oygacha bulgan bolaning vazni:
Tug‘ilgandagi vazni + (800 x p ) formulasi bilan xisoblanadi. Bu yerda 800 - birinchi yarim yillikda har oydagi vazn qo‘shilishi. p - bola hayotining oy xisobida raqami.
2. 7 oydan boshlab 12 oygacha bulgan bolaning og’irligi: To’g’ilgandagi og‘irligi + (800 x 6) + 400 x. (p - 6) formulasi bilan xisoblanadi.
Bu yerda: 800 - birinchi yarim yillikda har oydagi vazn ko‘payishi 6-oy raqami 400 - ikkinchi yarim yillikda har oydagi vazn ko‘payishi p - bola hayotining oy xisobida raqami
Masalan: tug‘ilgan paytida og‘irligi 3450 g bo‘lgan bolaning vazni o‘n oyligida teng bo‘ladi: 3450 + (800x6) + 400 x (10-6) = 9850
3. Hayotining birinchi yilida bolalarning og’irligini quyidagi yo‘l bilan xisoblab chiqsa ham bo‘ladi: olti oylik bolaning vazni 8200 g teng bo‘ladi, har bir yetmagan oyiga 800 g olib tashlab, har bir keyingi oyiga 400 gdan qo‘shiladi.
4. Ikki yoshdan 11 yoshgacha bolaning vazni teng bo‘ladi:
10,5 kg + 2p, bu yerda 10,5 kg - bir yoshli bolaning o‘rta xisobdagi vazni, 2 -har yiliga qo‘shiladigan o‘rtacha vazn ko‘rsatkichi, p - 1 1 yoshgacha bulgan bolaning yoshi;
5. Besh yoshli bolaning vazni o‘rta xisobda 19 kg teng. 5 yoshgacha yetmagan har bir yiliga 2 kg.olib tashlab, har bitta oshiqcha yiliga 3 kg qo‘shiladi.
6. 12-16 yoshlik bolalarni mecha yoshligi soni 5 ga ko‘paytirilib, chiqqan sondan 20 ayiriladi.;
Bolaning bo‘yi. Bola bo‘yini o‘lchash tartibi quyidagicha: Qoidada 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘yini eni taxta (buyi 80 sm, e’ni 40 sm) shakldagi gorizontal bo‘y o‘lchagich yordamida o‘lchanadi.
Bunda bolani boshini tepa qismi o‘lchagichni yuqorigi surilmas, ko‘ndalang taxtaga tekkan xolda, orkasi bilan oyoqlarini tekis qilib, yozib o‘tkaziladi. Bunda kuz kosasini pastki chegarasi tashki eshituv yo‘lining yuqori chegarasi bilan bir vertikal tekisda bo‘lishi lozim. 2 yoshdan katta bolalarda bo‘yi vertikal buy ulchagich yordamida o‘lchanadi. Bola tugri turgan xolatda buy ulchagichni usguniga boshi, kuraklari, dumba va tovonlari bilan tegib turishi lozim. Buyning ko‘rsatkichini buy ulchagichnnsh ustuni yonidagi santimetr shkalasiga qarab, bolaning boshi tegib turgan planshetning pastki qirrasi bilai o‘lchanadi. Bolani utmrgandagi buy uzunligi uni ulchagich kursisiga o‘tkazib, ustundagi ikkinchi shkalaga qarab aniqlanadi.
O‘z vaqtida yangi to’g’ilgan chaqaloqning bo‘yi 46-56 sm atrofida bo‘lib, o‘rtacha ug‘il bolalarda 50,7 sm, qiz bolalarda 50,2 sm.ga teng bo‘ladi. Bolani bo‘yi to’g’ilish paytida 45 sm. dan past bo‘lsa, bu normadan kam, ko‘pincha chala tug‘ilgan bolalarda kuzatiladi. Chaqaloqni bo‘yini o‘lchash paytida shu narsani esda tutish kerakki, bolani tugalish jarayonida kallasini yumshoq tuqimalarida hosil bo‘lgan shish va kalla suyaklarini uz joyidan qo‘zg‘alishi oqibatida bo‘yi 1-2 sm.ga kupayishi mumkin. Shuning uchun yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yini hayotininp 2-3 kunida kuzatilgan o‘zgarishlar bartaraf bo‘lgach, o‘lchash tavsiya etiladi. O‘sish jarayoni tugrisida shuni aytib o‘tish kerakki, bola qancha yosh bo‘dsa shuncha tez bo‘yiga o‘sib boradi. Hayotining birinchi yilida bola juda tez o‘sadi. Birinchi 3 oyda bolani bo‘yi har oyga 3 sm.dan o‘sadi, keyingi 3 oyda esa har oyda bo‘yiga qo‘shiladigan ko‘rsatkich 2,5 sm.ni tashkil etadi. Hayotining 7-8-9 oylarida bir oyda o‘sish 1,5-2 sm.ga teng bo‘lib, 10-11-12 oylarida esa har oyda bolaning bo‘yi 1 sm.ga ortadi. Shunday qilib, hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, bolaning bo‘yi 25 sm.ga ko‘payib, natijada-taxminan, 75 sm.ni tashkil etadi. Xayotining birinchi yilida bolaning bo‘yini quyidagi formula bo‘yicha xisoblash mumkin:
6 oylik bolani bo‘yi 66 sm.ni tashkil etib, har bitta yetmagan oyiga ushbu ko‘rsatkichdan 2,5 sm.dan olib tashlab, har bitta 6 oydan keyingi oyiga 1,5 sm.dan qo‘shiladi.
1 yoshdan keyin bolaning o‘sishi ancha sekinlashib koladi. Hayotining ikkinchi yilida bo‘yi 12-O sm.ga usadi. 3 yilida 7,5-8 sm.ga, 4 yoshdan boshlab har yili 6 sm.dan kqo‘shilib boradi.
Bir yoshdan katta bolalarni bo‘yini quyidagi formulalar bo‘yicha xisoblash tavsiya etiladi:
1. Turt yoshli bolaning bo‘yi 100 sm.ga teng bo‘ladi. Yoshi 4 yoshdan kam bo‘lsa,bolaning bo‘yi 100 sm - 8 x (4-p) ga teng bo‘ladi. Bolaning yoshi 4 yoshdan oshiq bo‘lsa, bo‘yi 100 + bx(p-4)ga teng bo‘ladi. Ushbu formulada p - bola yoshining rakami.
2. 2 yoshdan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘yini aniqlash:
8 yoshlik bolaning bo‘yi 130 sm.ga teng bo‘ladi. Har bitta yetmagan yiliga 130 sm.dan 7 sm olib tashlanadi, har bitta keyingi yiliga 130 sm.ga 5 sm.dan qo‘shiladi.
Jismoniy rivojlanishni baholashda bolani o‘tirgan xolatidagi bo‘yipi aniqlash ham zarur. Chaqaloqlarda ushbu ko‘rsatkich nisbatan kup bo‘lib 34 sm.ga teng bo‘ladi, keyin esa bir yoshga kelib 47 sm.ga teng bo‘ladi. 6 yoshda 60 sm.ga, 10 yoshda 70 sm.ga va 16 yoshda 82 sm.ga teng bo‘lib qoladi. Bo‘yiga o‘sish jarayoni balogatga yetish yoshiga, ya’ni qizlarda 16,5, ug‘il bolalarda esa 18 yoshga kelib to‘xtaydi. Kecha-kunduz ichida bolaning bo‘yi birmuncha o‘zgarib turadi. Kechkurungi ko‘rsatkichga qaraganda, ertalab buyi 1-3 sm ko‘p bo‘ladi. Kunduzi bola turib yurganda uning bo‘yi birmuncha kamayadi. Bu umurtka pogonasi egilishi ko‘payib, undagi tog‘ay tukimalari zichlashib, son suyagiming boshchasi toz sohasiga ko‘prok kirishi xisobiga bo‘ladi. Yil fasliga qarab o‘sish tezligi o‘zgarib turadi: bahor va erta yoz faslida bola tezrok, kech yezda va kuzda bola sekinrok usadi. Lekin ayrim olimlar ushbu konuniyatni tan olmaydilar. Bolanimg kun tartibi, ovqatlapishi, hayotmning ijgimoiy-iqtisodiy tomonlari va ayrim boshqa ta’sirotlar vazn qo‘shilishi va bo‘yiga o‘sish jarayonlariga ta’sir etadi.
Bolaning jismoniy rivojlanishida gavda vaznini ortishi va bo‘yiga o‘sishi bir tekisda kechmaydi. Odatda bu: jarayon to‘lqinsimon. kechib, 1-4 va 8-10 yoshlarda bo‘yiga usishta nisbatan vazn ortishi jadallashib (1-va 2- yumoloqlashish davrlari), 5-7 va 11-15 yoshlarda vazn ortishiga nisbatan bo‘yiga usishi tezlashadi (1- va 2- bo‘yiga cho‘zilish davrlari).
Bolalarda tana vazni va bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlarini quyidagi formulalar yordamida xisoblash mumkin:
1. Hayotining birinchi yilida: bo‘yi 66 sm bo‘lgan bolaning vazni 8000 grbo‘lib, har bir yetmagan sm.ga 8000 gr.dan 300 gr olib tashlab, har bir ortiqcha sm.ga 8000 gr.ga 250 gr qo‘shiladi.
2. Buyi 125 sm.ga teng bo‘lgan bolaning vazni 25 kg bulib, har bir yetmagan5 sm.ga 25 kg.dan 2 kg olib tashlab, har 125 sm.dan ortiqcha 5 sm.ga 25 kg.ga 3 kg.dan qo‘shiladi. Balogatga yetish davrida esa 3,5 kg.dan qo‘shiladi.
Bolada bosh aylanasi uzunligi. Odatda bosh aylanasi uzunligini aniqlashda santimetr o‘lchov tasmasini orqadan ensa suyagining eng do‘mbaygan yeriga, old tomondan esa qosh ustki aylana yoyiga zich tortib o‘rnatish orqali o‘lchanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh aylanasi uzunligi 34-36 sm atroflarida bo‘ladi. Hayotining birinchi 3 oyining har bir oyida 2 sm atrofida, 3-6 oyligida esa oyiga bir sm.ga usadi. Hayotining birinchi yilining ikkinchi yarmida bosh aylanasi 2,5-3 sm.ga usadi. Bir yoshga kelib bosh aylanasi 10-12 sm.ga o‘sib, 46-48 sm.ni tashkil etadi.
1 yoshdan 4 yoshgacha yiliga 1 sm.dan o’sib, 4 yoshda 50 sm.ni tashkil etadi. 4-7 yoshida har yilda 0,5 sm.ga o‘sib, hayotini qolgan yoshlarida bor yo‘gi 5-6 sm.ga usadi. 14-15 yoshida bosh aylanasi o’rtacha 55-56 sm.ga teng bo‘ladi. Yangi to’g’ilgan qiz bolalarda o’g’il bolalarga Qaraganda bosh aylanasi 0,8-1 sm.ga kam bo’ladi. Bu farq asta sekin ko’payib, 16-18 yoshda 2,5-3 sm.ni tashkil etadi.
Bosh aylanasini baholash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
1. 1 yoshgacha bulgan bolalarda: 6 oylik bola bosh aylanasi 43 sm.ga teng bulib, har bir yegmagan oyiga 1,5 sm.dan olib tashlab, ortikcha oyiga 0,5 sm.dan kushiladi. 2.2-15 yoshgacha: 5 yoshli bolaning bosh aylanasi 50 sm.ga teng bulib, har bir yetmagan yiliga 1 sm.dan olib tashlanadi, har bir keyingi yiliga 0,6 sm. dan kushiladi.
Ko’krak qafasi aylanasini uzunligi. Ko’krak qafasi aylanasini ulchashda bolani qullari pastga tushirilgai, xotirjam nafas olib turgai xolatda bulishi kerak. Santimetr lentasini kurak suyagini pastki burchagi ostida va oldindan ko’krak bezi so’rg’ichini ustidan utkaziladi. Ko’krak bezi rivojlangan qizlarda esa tasmani oldingi tarafdan IV kovurgani yuqori kirrasi sohasidai utkaziladi. Ko’krak kafasinp rivojlanishi bolalaik davrlarida bir meyorda kechmaydi.Xayotining birinchi yilida bu ko’rsatkich juda tez usadi, bogcha va maktab yoshiga kelib bir me’yorda o‘sib, jismoniy yetilish yoshida esa juda tez usadi. Yangi to’g’ilgan chaqaloqning ko‘krak qafasining aylanasi uzunligi o‘rta xisobda 32-34 sm.ga teng bo‘ladi. Xayotining birinchi kvartalida oyida o‘sish 2,5-3 sm.ga teng bo‘lib, ikkinchi kvartalida 1-2,5 sm.ni tashkil etadi. Hayotiniig birinchi yilining ikkinchi yarmida oyiga 0,5-1 sm.ga usadi. 1 yoshga kelib ko‘krak qafasining uzunligi 13-15 sm.ga ko‘payadi. Tug‘ilish paytida ko‘krak qafasining aylanasi uzunligi bosh aylanasining uzunligidan 1-2 sm kam bo‘lib, 2-3 oyda bu ko‘rsatkichlar teng bo‘ladi, keyinchalik esa ko‘krak qafasi aylanasi uzunligi bosh aylanasi uzunligidan bolaning yoshi qancha bo‘lsa, shuncha santimetr ko‘p bo‘ladi. 1 yoshda ko‘krak qafasi aylanasining uzunligi 48-50 sm.ga teng bo‘ladi, 5 yoshda 55 sm, 10 yoshda 63 sm va 14-15 yoshda 75-78 sm.ga tenglashadi. Qiz bolalarda ko‘krak qafasi aylanasi uzunligi faqat pubertat yoshiga kelib shu yoshida o’g’il bolalar ko‘krak qafasi aylanasi uzunligidan ortiq bo‘ladi.
Ko‘krak qafasi aylanasi uzunligini quyidagi formulalar orqali taxminan aniqlash mumkin:
1. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda: 6 oylik bolaning ko‘krak qafasi aylanasi uzunligi 45 sm.ga teng, har bir 6 oygacha yetmagan oyiga 45 sm.dan 2 sm.ni olib tashlab, 6 oydan keyingi xar oyga 0,5 sm.dan qo‘shiladi.
2. 2-16 yoshli bolalarda: 10 yoshli bo‘lgan bolaning ko‘krak qafasi aylanasi uzunligi 63 sm.ga teng bo’ladi. Har bir 10 yoshgacha yetishmagan yosh uchun 63 sm.dan 1,5 sm.dan olib tashlanadi, har bir 10 yoshdan ortiqcha yosh uchun esa 63 sm.ga 3 sm.dan qo‘shiladi.
Tananing va oyoq-qo‘llarning uzunligi Marten antropometri yoki o‘lchov tasmasi yordamida aniqlanadi. Tananing uzunligi deb - VII buyin umurtqasm o‘simtasidan dumg‘aza oraligigacha bo‘lgan masofa, oyoqning uzunligi deb son suyagining katta vertili va tovonning orasidagi masofaga, qo‘l uzunligi deb akromion va qo‘ldagi III barmoqning uchi oraligidagi masofaga olinadi. Yelkani aylana bo‘yicha uzunligi o‘lchov tasmasi yordamida ikki boshli muskulning eng rivojlangan qismida aniqlanadi. Sonning aylana bo‘yicha uzunligi santimetr lentasimi gorizontal qo‘ygan xolda, dumba burmasi ostidan o‘lchanadi. Boldirning aylana bo‘yicha uzunligini aniqlash paytida o‘lchov tasmasini boldir mushaklarining eng rivojlangan sohasidan o‘tkaziladi.
Bolaning umumiy jismoniy rivojlanishi tugrisida fikr yuritishda qorinning aylana uzunligini o‘lchashga katta e’tibor berilmaydi. Bu ko‘rsatkich juda o‘zgaruvchan bo‘lib, unga bolaning ovqatlanish turlari, kun tartibi, mushaklarning tonusi ta’sir etadi. Bolaning ko‘krak qafasi, mushaklar tonusi va qorin bo‘shligidagi a’zolar tarafidan o‘zgarishlar bo‘lmasa, qorin aylana uzunligi ko‘krak kafasi aylanasi uzunligidan bir ozgina katta bulishi mumkin.
Bolaning jismoniy rivojlanishi proporsiyasi.
Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash uchun uning proporsional rivojlanishiga ham baxo berish kerak. Bolalarda gavdaning ayrim qismlari ularning proporsional o‘lchovlari bir me’yorda o‘smaydi. To’g’ilgandan keyii gavdaning distal segmenti yuqorigi segmentiga nisbatan tez usadi. Jumladan, butui o‘sish davrida oyoqlar uzunligi 5 marotaba, qo‘llarining uzunligi 4 marotabaga, tana uzunligi 3 martaga, kallani balandligi 2 marotaba ortadi.
Embrion kallasining balandligi uning gavda uzunligini taxminan yarmini tashkil etadi. Chillasi chiqmagan chaqaloqning kallasi balandligi gavda uzunligini 1/4, 2 yoshli bolada 5/1, b yoshli bolada 6/1, 12 yoshli bolada 7/1 qismini tashkil etadi.
Bolalarda gavdani yoshga nisbatan proporsiyalarini baholash uchun kul-oyoqlarini o‘sish qonunlarini’ bilish va ulariing uzunligini gavda uzunligi bilan solishtirishga katta e’tibor beriladi. Chillasi chiqmagan chaqaloklarda qul-oyokdarini uzunligi gavda uzunligini 1/3 qismidan bir muncha katta bo‘lib, kattalarda esa oyoqparni uzunligi buy uzunligini 1/2 qismini tashkil etib, qullarini uzunligi gavda uzunligini 45% ni tashkil etadi. B.undan ko‘rinib turibdiki, bolalarni oyoq-qo‘llari birmuncha kalta bo‘la turib, ayni vaqtda oyoqlarni o‘sishi jadalroq bo‘ladi. Yangi to’g’ilgan chaqaloqni tanasi bo‘yining 40% ni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yosh kattalashishi bilan deyarli o‘zgarmaydi.
Gavda o’rta nuqtasini joy almashishi tana va oyoq-qo‘llarini uzunligi bilan bir tekisda o‘smasligi natijasida ro‘y beradi. Embrionni erta rivojlanish paytida ushbu nuqta pastki jag ostida, chala tug‘ilgan bolada kindikdan tepada, o‘z vaktida tug‘ilgan chaqaloklarda kindigida, 1 yoshli bolada kindik bilan simfiz o‘rtasida joylashib, bolani yoshi ulg’aygan sari asta-sekin pastga siljib, katta yoshli odamlarda gavda uzunligini o‘rtasi simfizda bo‘ladi. Shunday qilib, yangi to’g’ilgan chaqaloqlarda va emizuv yoshidagi bolalar, katta yoshdagi odamlarga Qaraganda oyoq-qo‘llari kichik bo‘lib, kallasi va tanasini o‘lchovlari ustun keladi.
Shunday qilib, odam tanasini proporsiyalari asta-sekin bo‘y o‘sish to‘xtaguncha o‘zgarib turadi va har xil yoshdagi bolalarda o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi.
Bola gavdasini garmonik o‘sishi va biologik yoshi hakida tushunchani turli xil indekslar vositasida tasavvur etish mumkin. Jumladan Erisman va Chulitskaya indekslarini qo’llash orqali bola gavdasini garmonik o‘sishi va to‘laligi xakida taxminiy tushuncha olish mumkin.’
Erisman indeksi - ko’krak aylanasi uzunligidan gavda uzunligi yarmini farqi. Bu indeks bola ko‘krak kafasining rivojlanishini va qisman uni to‘laligini ifodalaydi. Bu ko‘rsatgich sog’lom bolalarda 1 yoshda + 13,5 sm dan +10 sm gacha, 6-7 yoshdan + 4sM dan +2sm gacha, 8-15 yoshdan + 1 dan -3 sm gachani tashkil etadi. Bola kancha jismoniy yaxshi taraqqiy etgan bo‘lsa shuncha kech ko‘krak aylanasi uzunligi gavda uzunligini yarimiga tenglashadi. Bu indeks kunincha maktab yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini nazorat etishda qullaniladi.
L.I. Chulitskaya indeksi bolaning tulaligini ifodalab, quyidagi o‘zaro munosabatlardan turadi: 3 marotaba yelka aylanasi + son aylanasi + boldir aylanasi uzunliklari- gavda uzunligi. Yaxshi to‘lalikdagi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu indeks 20-25 sm, ni tashkil etadi. Bu indeksni kamayishi bola tulaligini orkada qolganini ko’rsatadi.

Download 193,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish