O’zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Narboyevaga ariza



Download 43,5 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi43,5 Kb.
#716730
Bog'liq
Ariza1


O’zbekiston Respublikasi Senati raisi
Tanzila Narboyevaga


ARIZA
Sizga shuni yozib ma’lum qilamanki, men Mirzayeva Gulchehra Shavkatovna 2021 yil sentabr oyidan boshlab Jizzax viloyati Arnasoy tuman xalq ta’lim bo’limiga qarashli 13-maktab direktori lavozimida ishlab kelaman. Ish faoliyatim davomida 02.04.2022 yil kuni 3 nafar xodimlarni ya’ni Isroilova Klara, Xaydarova Xolida, Suyarqulova Nilufarlar bilan mehnat shartnomasini bekor qildim. Shundan so’ng ular Arnasoy tuman deputatlariga ish faolyatimni noto’g’ri yuritayotganligim to’g’risida shikoyat arizasi yozib murojaat qildi.. Shu holat yuzasidan tuman deputatlar kengashidan vakillar kelib, ish faoliyatimni o’rgandi. Ish faoliyatimni o’rganish davomida Arnasoy tuman deputatlari kotibiyati mudiri Usmonov Orif boshchiligida o’z deputatlik vazifalarini suistemol qilib, menga nisbatan shaxsiy adovati borligi sababli umuman asossiz narsalar bilan ayiblashmoqda va meni ishdan olish masalasini Arnasoy tuman deputatlar kengashining navbatdagi sessiyasiga qo’yishmoqchi. Sizga ushbu holatlarni to’liq holda tushuntirish xatimda ilova qilaman. Yuqorida yozilgan holatlar yuzasidan vakolatingiz doirasida qonuniy chora ko’rishingizni so’rayman.

Jizzax viloyati Arnasoy tumani
Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13- sonli
umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori: G.Sh.Mirzayeva

TUSHUNTIRISH XATI

Men Mirzayeva Gulchehra Shavkatovna 1988 yil 23-sentabrda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida tug’ilganman, malumotim oliy, oilaliman, muqaddam sudlanmaganman. 2021 yil sentabr oyida Arnasoy tuman xalq ta’lim bo’limiga qarashli 13-sonli umumta’lim maktabiga Arnasoy tuman deputatlar kengashi tomonidan o’tkazilgan tanlovda o’zimning maktab ko’rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish to’g’risidagi dasturim bilan qatnashib tuman deputatlari tomonidan tanlab olindim va Jizzax viloyati xalq ta’lim boshqarmasi tomonidan direktor lavozimiga tayinlandim. Arnasoy tuman 13-sonli umumta’lim maktabida 42 nafar hodim va 260 nafar o’quvchi ta’lim tarbiya jarayonini amalga oshirib kelmoqda. Men rahbarlik qilmoqchi bo’lgan 13-sonli maktab 2021-yilgi bitiruvchi sinf o’quvchilarining Oliy ta’lim muassasasiga kirish ko’rsatkichi bo’yicha qizil maktab bo’lib o’z faolyatimni dastlab maktabning OTMga kira olmagan o’quvchilarning 28 % o’quvchilarni OTMga o’qishga kirgizib qizil maktabdan ko’rsatkichidan sariq maktab ko’rsatkichiga aylantirib oldim. Undan so’ng eng avvalo maktabga yuqori malakali kadrlarni jalb qilib mavjud kadrlarning salohiyatini oshirish maqsadida maktabda turli xil tanlov va tadbirlarni maktab jamoasi bilan birgalikda tashkil qildik. Bundan tashqari maktab o’quvchilari fan olimpiyadalarining tuman bosqichida informatika, rus tili, matematika, fizika, geografiya fanlarida birinchi o’rinlarni egalladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusining ikkinchi yo’nalishi bo’yicha o’tkazilgan respublika tanlovida maktab o’quvchilari ishtirok etib fahirli birinchi o’rinni egalladi. Bundan tashqari maktabning o’quvchilari va o’qituvchi hodimlari turli xil ko’rik tanlov va tadbirlarda ishtirok etib fahirli o’rinlarni egallab kelmoqda. O’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli xil fan va kasbga yo’naltiruvchi to’garaklar tashkil etildik. Bundan tashqari 2021-2022-o’quv yilining bitiruvchi sinf o’quvchilarining 20 % muddatidan oldin Oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirib talabalik baxtiga muyassar bo’lishdi. O’quvchilarni kitob o’qishlari uchun hamda maktab faollar zali yo’qligi sababli turli xil maktab tadbirlarini o’tkazish maqsadida maktabma’naviyat markazini tashkil etdik. Shu bilan birga maktabning tashqi ko’rinishiga ham yoritgich chiroqlari va dekorativ ko’rgazmalar bilan bezatildi hamda prezidentimizning tashabbusi bilan “Yashil makon” doirasida 100 tubdan dan ortiq archa, mevali va manzarali ko’chatlari ekildi.


Direktorlik faolyatim davomida jamoatchilik kengashi va ota-onalar yig’ilishlarini muntazam o’tkazib kelaman. Ota-onalar farzandlariga ta’lim tarbiya berayotgan yetuk mutaxasis kadrlardan mamnun bo’lib kelmoqda.
Men ish faoliyatimni boshlaganimdan boshlab Isroilova Klara, Xaydarova Xolida, Suyarqulova Nilufarlar maktabning ichki tartib qoidalarini buzib, o’qituvchilarning ishchanlik faoliyatiga to’sqinlik qilib kelmoqda shu bilan birgalikda o’quvchilarning ta’lim tarbiya olish jarayoniga va ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazib kelmoqda edi. Bu uch nafar xodimlar tomonidan yozilgan tushuntirish xatlari, tushuntirish xatlariga ko’rilgan choralar, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor bo’lishiga yetarlicha asos bo’ldi va ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mk-100 moddasi 2-qismi 4-bandi bilan bekor qilindi. Shundan so’ng Isroilova Klara, Xaydarova Xolida, Suyarqulova Nilufarlar maxallaga va maktab ota-onalariga shanim va qadir qimmatimni kamsitib, meni va maktabimni obro’sizlantiruvchi asossiz ayiblovlar bilan targ’ibot tashviqot ishlarini (agitatsiya) qilib kelmoqda va shu bilan birga Arnasoy tuman deputatlar kengashiga mening ish faolyatimdan norozi bo’lib murojat qilgan. Murojat yuzasidan tuman deputatlari holatni o’rganib qilgan say harakatlarimga ijobiy fikr bildirmasdan, asossiz ayiblovlar bilan shaxsiy adovat qilib shaxsiy hayotimga aralashmoqda. Men sizga bir fuqoro va maktab rahbari sifatida Arnasoy tuman deputatlari kotibiyati mudiri Usmonov Orif boshchiligida o’z deputatlik vazifalarini suistemol qilgan holda maktabimda ta’lim tarbiya jarayoniga va sog’lom ma’naviy muhitni olib borishimda 04.04.2022 yil kundan to shu kunga qadar mening ish faoliyatimga halaqt berib kelmoqda hamda asossiz ayiblovlari bilan meni direktorlik lavozimimdan bo’shatish maqsadida tuman deputatlar kengashining sessiyasiga meni ishdan olish masalasini qo’yishmoqchi. Bundan tashqari deputatlar kengashining murojatiga ko’ra meni ish faoliyatimning moliyaviy taraflarini o’rganish maqsadida Jizzax viloyati xalq ta’lim boshqarmasi ishchi guruhi jo’natib mening ish hujjatlarim bilan tanishib chiqishdi va menga asossiz ravishda 24 000 000 (mln) kamomat qo’yishdi.
Sizdan Muhtaram Prezidentimizning uchinchi renosans-yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi asosida ish olib borishim uchun menga amaliy yordam berishingizni hamda bunga to’siq bo’layotganlarga nisbatan qonuniy chora ko’rishingizni so’rayman.
Tushuntirish xatimni o’z qo’lim va so’zim bilan yozdim.
Jizzax viloyati Arnasoy tumani
Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13- sonli
umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori: G.Sh.Mirzayeva
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish