SAMARQAND VILOYATI NUROBOD TUMAN MAKTABGACHA TA`LIM BO`LIMI
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ НУРОБОД ТУМАН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ
БЎЛИМИ
urobod shahri Mustaqillik ko`chasi tel.
2021 yil ___ _________ _______-sonli
Samarqand viloyati maktabgacha
taʼlim boshqarmasi boshlig‘i
Sh.J.Raxmanovga
Samarqand viloyati Nurobod tumani
A.Temur MFY 9-uy 16-xonadonda yashovchi
M.Nurmanovaning arizasi bo‘yicha
Nurobod tuman A.Temur MFY 9-uy 16-xonadonda yashovchi fuqaro Nurmanova Madina 2021 yil 08 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali farzandini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish masalasida yo‘llagan murojaatlari Nurobod tuman MTB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va natijalari bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
Nurmonova Madina bilan o‘tkazilgan suxbat jarayonida, farzandi 2016 yilda tug‘ilgan Ro‘ziboyev Turonbek 2019 yil 29 aprel kuni tumandagi 2-sonli MTT va 2018 yil 27 sentyabr 4-sonli MTTda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmaganligi sababli navbatga quyilgan, hozirda Ro‘ziboyev Turonbekning tumandagi 2-sonli MTTda umumiy 23-oddiy, yosh bo‘yicha 16- va 4-sonli MTTda umumiy 72- oddiy,yosh bo‘yicha 13-navbatda turganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda bolalarni davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotiga faqat yo‘llanma asosida qabul qilinishi belgilanganligini inobatga olib, fuqaroga mazkur qaror talablari batafsil tushuntirildi va farzandini MTTga qabul qilish bo‘yicha navbati kelgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi orqali beriladigan yo‘llanmaga asosan qabul qilinishi maʼlum qilindi.
Fuqaro M.Nurmonova bugungi kunda Nurobod tumanida jami 15 ta davlat MTT, 80 ta oilaviy nodavlat MTT va 4 ta DXSH asosidagi MTTlar faoliyat yuritayotganligi, ularda jami 6110 nafar bola tarbiyalanayotganligi, bu esa tumandagi bog‘cha yoshidagi 13909 nafar bolalarning 42 foizini tashkil qilishi, 7799 nafar yoki 58 foiz bolani bugungi kunda MTTga qamrab olishning imkoni yo‘qligi bildirildi.
M.Nurmonova farzandi Navruz mahallasidagi YATT Shadiyarova Xayitgul tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish taklifi berildi. Ushbu taklif M.Nurmanova tomonidan rad etildi.
Fuqaro M.Nurmanova dalolatnomaga imzo qo‘yishdan va murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha yozma bildirish yoki tushuntirish berishdan bosh tortdi va dalolatnoma tuzildi.
Nurobod tuman maktabgacha
ta’lim bo’limi mudiri: D.Amirova
N
Do'stlaringiz bilan baham: |