O`ZBEKISТON RESPUBLIKASI SAMARQAND VILOYATI NUROBOD TUMAN MAKTABGACHA TA`LIM BO`LIMI
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ НУРОБОД ТУМАН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ
БЎЛИМИ
urobod shahri Mustaqillik ko`chasi tel.
2021 yil ___ _________ _______-sonli
Nurobod tuman prokuroriga
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Sh.Yulduzi MFY Sh.Yulduzi ko’chasi
14-uy 2-xonadonda yashovchi
Axtamova Salimaning arizasi bo‘yicha
Nurobod tuman Sh.Yulduzi MFY Sh.Yulduzi ko’chasi 14-uy 2-xonadonda yashovchi fuqaro Axtamova Salima 2021 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Prokuratura organlariga murojaat orqali nabiralarini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish masalasida yo‘llagan murojaati Nurobod tuman MTB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va natijalari bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
Fuqaro Axtamova Salima bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, S.Axtamova nabiralari 2016 yilda tug‘ilgan Abduxakimov Shoxruz va 2017 yilda tug‘ilgan Abduxakimov Behruz 2019 yil 29 aprel kuni tumandagi 2-sonli MTTda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmaganligi sababli navbatga quyilgan, hozirda Abduxakimov Shoxruzning tumandagi 2-sonli MTTda umumiy 27-oddiy, yosh bo‘yicha 11- va Abduxakimov Behruzning tumandagi 2-sonli MTTda umumiy 28- oddiy,yosh bo‘yicha 1-navbatda turganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda bolalarni davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotiga faqat yo‘llanma asosida qabul qilinishi belgilanganligini inobatga olib, fuqaroga mazkur qaror talablari batafsil tushuntirildi va nabiralarini MTTga qabul qilish bo‘yicha navbati kelgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi orqali beriladigan yo‘llanmaga asosan qabul qilinishi maʼlum qilindi.
Fuqaro S.Axtamovaga bugungi kunda Nurobod tumanida jami 15 ta davlat MTT, 80 ta oilaviy nodavlat MTT va 4 ta DXSH asosidagi MTTlar faoliyat yuritayotganligi, ularda jami 6110 nafar bola tarbiyalanayotganligi, bu esa tumandagi bog‘cha yoshidagi 13909 nafar bolalarning 42 foizini tashkil qilishi, 7799 nafar yoki 58 foiz bolani bugungi kunda MTTga qamrab olishning imkoni yo‘qligi bildirildi.
S.Axtamova murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha yozma bildirish yoki tushuntirish berishdan bosh tortdi va dalolatnoma tuzildi.
Nurobod tuman maktabgacha
ta’lim bo’limi mudiri: D.Amirova
N
Do'stlaringiz bilan baham: |