Oʼzbekiston respublikаsi qurilish vаzirligi toshkent аrxitekturа qurilish instituti bino vа inshootlаr


SАNOАT BINOLАRI TOʼGʼRISIDА UMUMIY MАЪLUMOTLАR



Download 0,94 Mb.
bet2/6
Sana29.05.2022
Hajmi0,94 Mb.
#617056
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mashina

SАNOАT BINOLАRI TOʼGʼRISIDА UMUMIY MАЪLUMOTLАR
1. Sanoat binolarining vazifasiga koʼra turlari
Sanoat binolari xalq xoʼjaligining maʼlum bir qismi, ishlab chiqarish sohalariga koʼra, sanoat korxonalaridan tashkil topadi.
Oʼz navbatida sanoat korxonalari ishlab chiqarish-texnologik jarayonlarini joylashtirish uchun, yaʼni toʼgʼridan-toʼgʼri biron bir mahsulot yoki yarim fabrikatlarni ishlab chiqarishga moʼljallangan sanoat binolaridan iborat boʼladi.
Tarmoqlardan katʼiy nazar sanoat binolarini toʼrt guruhga, yaʼni, ishlab chiqarish, energetika, transport, ombor xoʼjaligi binolari turlarga ajratiladi.
Tayyor yoki yarim fabrikat mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun moʼljallangan binolar ishlab chiqarish binolari deyiladi. Ular ishlab chiqarish tarmoqlariga koʼra: tikuvchilik, shtampovka-temirchilik, termik, asbobsozlik, taʼmir va shu kabi koʼpgina turlarga ajraluvchi binolardir.
Xalq xoʼjaligini elektr energiyasi, siqilgan havo, bugʼ, gaz bilan taʼminlashda kerak boʼladigan issiqlik va gidro elektr stantsiyalari, elektr va transformator yordamchi stantsiyalari, bugʼ xonalar va hakozolar energetika binolari turlariga mansubdir.
Transport-ombor xoʼjaligi binolariga esa garajlar, tayyor transport omborlari, oʼt oʼchiruvchilar deposi va hokazolar kiradi.
Maʼmuriy idoralar, maishiy, ovqatlanish va tibbiyot punktlari joylashgan binolar yordamchi bino turlariga kiradi.
Sanoat binolarining reja va oʼlchamlari katta kichikligi va ularning konstruktiv yechimlari bino vazifasiga hamda unda kechadigan texnologik jarayon xususiyatlariga qarab belgilanadi.


2. Sanoat binolarning tasnifi
Sanoat binolari vazifasiga va qanchalik kerakligiga qarab sifati, asosiy konstruktsiyalarining uzoq muddat oʼz vazifasini bajarib turishi va oʼtga chidamlilik belgilari koʼra toʼrt sinfga ajratiladi. Bunda birinchi sinfli sanoat binolariga maksimal (yuqori) talab qoʼyilsa, 4 sinfdagi binolarga minimal (oʼrtacha)talab qoʼyiladi.
Sanoat binolari uchun uzoq vaqt oʼz vazifasini bajarib turish darajasi quyidagicha belgilanadi: birinchi darajali sanoat binolari uchun bu muddat 50 yildan kam boʼlmasligi va uchinchi darajali sanoat binolaridagi muddat 20 yildan kam boʼlmasligi kerak.
Sanoat binolari konstruktiv elementlarining yonuvchanlik belgisi va chidamlik chegarasiga asosan, bino oʼtga chidamligini besh darajaga boʼlish mumkin. Bunda 1-sinfli imoratlar uchun oʼtga chidamlik 2-darajadan, 2-sinfli imoratlar uchun esa 3-darajadan kam boʼlmasligi kerak. 3-hamda 4-sinfli binolar uchun oʼtga chidamlik darajasi belgilanmaydi.
Sanoat binolari arxitekturaviy-tuzilish belgilari boʼyicha bir qavatli, koʼp qavatli, aralash qavatli boʼlishi mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarishda texnologik jarayon gorizontal holatda oʼtsa yoki ishlab chiqilayotgan mahsulot katta hajmli, ogʼir boʼlib, bu mahsulotni ishlab chiqarishda dinamik kuchlardan foydalanadigan boʼlsa, sanoat binolari bir qavatli qilib quriladi. Bugungi kunda ishlab chiqarish sanoatining 75 foizi bir qavatli sanoat binolariga joylashtirilgan.
Bir qavatli binolar oraliqlar soniga koʼra bir oraliqli va koʼp oraliqli turlarga boʼlinadi. Bino uzunligi boʼyicha joylashgan ustunlari orasidagi koʼndalang masofa “oraliq” deb ataladi.
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni vertikal yoʼnalishda joylashtirish imkonini beruvchi yengil sanoat, oziq-ovqat, radio texnika va boshqa shu turdagi sanoat turlarini koʼp qavatli sanoat binolariga joylashtirish mumkin. Bu binolarda qavatlar aro yopmalarga tushadigan ogʼirlik kuchi 45KN/m2 dan koʼp boʼlmasligi talab etiladi. Koʼp qavatli binolar asosan koʼp oraliqli qilib quriladi.(1.2.-rasm.)
Ish joylarini zarur miqdorda yoritish maqsadida tabiiy va sunʼiy yoritgichlardan foydalaniladi. Tabiy yorugʼlikdan foydalanishda deraza oʼrni oʼlchamlarini hisoblab topiladi, sunʼiy yoritgichlarni tanlashda esa ularni oʼrnatish joylari, quvvatlari va xillari hisobga olinadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning turiga koʼra, ishchi va xizmatchilar uchun zarur boʼlgan sanitariya-gigiena va madaniy maishiy xizmat koʼrsatish xonalarini, yaʼni kiyim kiyish va yechinish, yuvinish, hojatxona, tabobat, umumiy ovqatlanish, dam olish hamda ishlab chiqarishni boshqaruvchi xodimlar uchun moʼljallangan xonalar koʼzda tutiladi. Sanoat binolariga qoʼyiladigan texnik talablar deyilganda bino va qurilmalarning mustahkamligi va chidamliligi, uzoq vaqt buzilmasdan oʼz vazifasini bajarib turishi, oʼtga chidamligi hamda, uni industrial usullarni qoʼllash yordamida qurishni tushuniladi.
Texnik talablarga yongʼin xavfi talablari va portlash xavfi ham kiritiladi.
Аrxitekturaviy va badiiy talablarga binoning ichki va tashqi koʼrinishi, pardoz ishlari hamda binolarni ahamiyatiga koʼra tashqi va ichki tuzilishlari odamlarning estetik talablariga javob bera olishi tushiniladi.Bu talablarga koʼra yirik sanoat arxitektura ansambli majmua qurilishi koʼzga yaxshi tashlanuvchi boʼlishi kerak.
Sanoat binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda ularga iqtisodiy talablar ham qoʼyilib, ularni qurishga kam mablagʼ sarflab, ularni arzon, tejamli boʼlishiga erishish zarurdir.
Shu maqsadda, oldindan bir necha variantda reja va konstruktiv yechimlar ishlab chiqilib, ularni solishtirgandan soʼng eng arzon va foydalisi olinadi.
Bino va inshootlarning narxlariga ularning joylashish oʼrni, maxalliy qurilish buyumlaridan ularni qurishda samarali foydalanish imkoniyatlarini, transport xizmatlariga ketadigan harajatlar singari omillar taʼsir qiladi. Bulardan tashqari industrial, har tomonlama mexanizatsiyalashgan usullar bilan yigʼma qurilmalardan binolarni qurish bino narxlarini kamaytirishga va ulardan foydalanish davrida kam chiqimli boʼlishga olib keladi. Bu oʼrinda loyihalashda EHMlarni ishlatish va ularni yordamida samarali loyihalarni tanlash maqsadga muvofiqdir.






Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish