OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI QURILISh VАZIRLIGI TOShKENT
АRXITEKTURА QURILISh INSTITUTI “BINO VА INShOOTLАR
QURILIShI” FАKULTETI “QURILISh TEXNOLOGIYASI VА
TАShKILOTI” KАFEDRАSI
“QURILISh JАRАYONLАRI, BINO VА INShOOTLАRNI BАRPO ETISh
TEXNOLOGIYASI” FАNIDАN
KURS LOYIHАSI
Mavzu: Bir qavatli sanoat binolarining temir-beton sinchini
montaj qilish texnologiyasi
Bajardi: 11-19 guruh
Talabasi:Xushmurodov D
Qabul qildi: Salimova L
TOShKENT – 2022 y
KIRISh
Soʼnggi yillarda qurilish sohasiga katta eʼtibor qaratilib, yangi ishlab chiqarish binolari, sanoat korxonalari qurilishi boshlandi. Sanoat binolari biror bir maxsulotni ishlab chiqarishga moʼljallangan boʼlib, ularda ishlab chiqarish vositalari joylashtiriladi. Kerakli ishlab chiqarish vositalari bilan jihozlangan bunday binolarda qayta ishlanuvchi xom ashyolar yarim tayyor va tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Ishlab chiqarish binolari mos keluvchi sanoat sohalarining asosiy fondlari hisoblanadi va talab etilgan sharoitlarni taʼminlangan holda, ishlab chiqarish jaryonini joylashtirilishiga xizmat qiladi.
Sanoat qurilishida binolarning ayrim elementlarini industriallashtirish, qoʼl mehnatini mexanizmlarga almashtirish asosida qurilish jarayonining texnik darajasini koʼtarish muhim ahamiyat kasb etadi. Koʼpchilik holatlarda bino va inshootlar namuna loyihalar asosida yigʼma temirbeton va metall konstruktsiyalardan quriladi. Shu sabab sanoat binolarining gabarit oʼlchamlari soha va sohalararo unifikatsiyalanadi.
Sanoat korxonalarini bitta hududda toʼplash yaʼni, hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish katta iqtisodiy samara beradi. Iqtisodiy samaradorlikka quyidagilar orqali erishiladi:
-yordamchi korxonalarni (issiqlik, energiya manʼbalari, suv taʼminoti, kanalizatsiya va shunga oʼxshashlar) takrorlash;
-qurilish materiallarining ishlab chiqarish hajmini oshirish, narxini kamaytirish, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish sifatini yaxshilish va industrialligini koʼtarishlarni taqazo etadi.
Qurilish mahsulotining sifati uni yaratishning uch bosqichida shakllanadi:
-loyihalash;
-konstruktsiyalar, buyumlar va uskunalarni tayyorlash;
-qurilish montaj ishlarini amalga oshirish.
Qurilish maxsuloti sifatini qoʼtarishda loyiha asosiy oʼrin tutadi. Loyihaning progressiv yechimiga yaratilayotgan asosiy fondlar, mahsulotlar tannarxi, foyda rentabelligi, mehnat sharoiti va unumdorligi bevosita bogʼliq. Binobarin, sanoat fondi sifatini va samaradorligini yetarli darajada yangi korxonalar loyihalarini yaratish va amaldagilarini qayta taʼmirlash bosqichida oldindan aniqlanadi. Loyihalarada korxonalarning iytisodiy samaradorligiga dastlabki poydevori qoʼyiladi.
Loyiha yechimining samaradorligiga taʼsir etuvchi muhim omillardan biri loyihaning texnologik va qurilish qismlari bogʼliqligi hisoblanadi.
Mamlakat xalq xujaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi inson faoliyati muxitini shakllantirish obʼektlariga yuqori talablar qoʼyilishi bilan harakterlanadi. Bu toʼla maʼnoda sanoat binolariga tegishlidir.
Sanoat binolari shahar tizimida yoki tabiat landshaftida joylashib, ularning funktsional tizimida faol ishtirok etadi.
Sanoat binolarining oʼzigi xos tomoni shundaki ularda yaratilgan hajm va muhit insonning psixifiziologik talablarini va texnologik jarayon sharoitlari muvofiq kechishlarini taʼminlash shartlarini qanoatlantirish kerak.
Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimi uning funktsional vazifasi va unda sodir boʼladigan texnologik jarayonning injener-texnik taʼminoti harakteri bilan belgilanadi. Bunda binoning turi, qavatliligi, geometrik parametrlari, konstruktsiyaga boʼlgan zoʼriqishlari aniqlaniladi.
Ishchilar sogʼligini saqlashda va ular mehnatining samaradorligini oshirishda qulay, havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish sexlarining interьerini majmuali arxitekturaviy-badiiy loyihalash muhim rolь oʼynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |