O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

axborot, 
korxona va tarmoq 
iqtisodiyoti



~ 135 ~ 
Tizimdagi barcha moddiy va nomoddiy oqimlarni kompleksli boshqarish 
logistika predmetini tashkil etadi. 
Logistika ishlab chiqarish sohasini qanday tarzda qamrab olgan bo‗lsa, moddiy 
manfaatlar almashinuvi (moddiy-texnika ta‘minoti va savdo-sotiq tizimi)ni ham 
xuddi shunday tarzda qamrab oladi. U ishlab chiqarish va marketing, moliya va 
iqtisodiy hisoblar hamda zarur bo‗lgan axborotni qayta ishlashni boshqarishning 
yagona tizimi faoliyatini yaratishga va nazorat qilishga yo‗naltiriladi. 
Moddiy resurslardan tugal holatda foydalanuvchi yirik sub‘ektlardan biri 
sifatida qurilish kompleksi katta miqyosdagi manfaatdorlikni ko‗zlagan holda bu 
resurslardan oqilona foydalanish orqali ularni qo‗llashning samarador shakllarini 
yaratadi. 
Bu masalalar yechimini resurslarning barcha turlariga qo‗llash mumkin va 
bunda bu yechim ularning har birida o‗z spetsikasiga ega bo‗ladi. 
Qurilish ishlarini bajarishda foydalaniladigan va konstruksiyalarni montaj 
qilishga mo‗ljallangan mashina va jihozlar uchun sotib olishning lizing shakli ancha 
qulaydir. 
Materiallar, qurilish konstruksiyalari va detallari uchun ularni sotib olish bilan 
bog‗liq bo‗lgan mablag‗larni minimillashtirish maqsadida materiallar oqimini 
ratsionizatsiyalashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, bu esa o‗z navbatida 
materiallar oqimini shakllantirish va ular harakatini boshqarishning samarador ilmiy 
quroli sifatida logistikani qo‗llashning maqsadga muvofiqligi va zarurligini oldindan 
aniqlab beradi. 
Qurilish materiallari bozori va kapital qurilish tarmog‗i hozirgi vaqtda 
O‗zbekiston xo‗jalik – iqtisodiy kompleksi segmentlarini tashkil etadi, ularda logistik 
siyosatni ilgari surish uchun etarlicha sharoitlar yaratilgan. 
Xozirgi vaqtda qurilish materiallari bozorida boshqa ishlab chiqarish 
mahsulotlari bozorlariga qaraganda yuqori darajadagi raqobat kuzatilyapti. 
Qurilish 
materiallari 
sanoati 
va 
qurilish 
industriyasi 
korxonalari 
ishlatilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining katta zahiralariga ega va ularning 
chetki ehtiyojlar yuqori talablarini qoniqtira olish nuqtai-nazaridan kelib chiqqan 
holda ko‗pchiligi to‗liq ishga tushirilsa ular xoridorlar bilan hamkorlik qilishga 
tayyor bo‗ladi. 
Investitsion jarayonda materiallar oqimining katta qismi qurilish kompleksi 
ichida shakllanadi va ular ushbu kompleks bug‗inlari va bo‗limlari harakatlariga, ular 
tomonidan tanladigan ratsional yechimlar hamda ularning ketma-ket amalga 
oshirilishiga to‗liq bog‗liq bo‗ladi. 
Qurilishdagi materiallar oqimi uning chegarasidan tashqarida boshlanadi va u 
asosiy jamg‗armalarni yaratish (yangilash, ta‘mirlash) jarayonida bu materiallar 
oqimidan foydalanish vaqtida yakunlanadi. Sanoatda esa materiallar oqimi berilgan 
ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar yaratish bilan yakunlanmaydi, balki uning 
harakati aylanma jamg‗armalar elementi sifatida boshqa ishlab chiqarishga 
o‗tkaziladi (transformalashtiriladi). SHuning uchun logistikani mehnat mahsulotlariga 
qo‗llab bo‗lmaydi. 
Qurilish sikli jarayonida puxta ifodalangan bir jinsli bo‗lmagan mahsulotga ega 


~ 136 ~ 
bo‗lish bilan siklning har bir stadiyasida materiallar tarkibi o‗zgaradi (poydevorlarni 
qurishda, devorlarni tiklashda, tom yopish ishlarini bajarishda, ichki pardozlash 
ishlarini amalga oshirishda, injenerlik kommunikatsiyalarini o‗tkazishda va h.k.). 
SHunig uchun qurilish siklining har bir bosqichi uchun unga xos bo‗lgan logistik 
yechimlar zarur bo‗ladi. Agar sanoatda logistik yechim uchun mahsulot 
yo‗naltiruvchi moment bo‗lsa, qurilishda esa bu qurilish siklining bosqichi bo‗ladi. 
Qurilishda materiallar oqimi ishlarni ishlab chiqarishni bir ob‘yektdan 
boshqasiga ko‗chirish bilan yoki bir vaqtning o‗zida bir nechta ob‘yektlarni tiklashda 
ishlab chiqarish kuchlarini va vositalarini taqsimlab tarqatish bilan o‗zining 
yo‗nalishini uzluksiz ravishda o‗zgartiradi. Bundan kelib chiqadiki, ishlarnii shlab 
chiqaruvchi (prorab) aynan bir xil materiallardan foydalangan holda turli logistik 
yechimlarni qo‗llaydi, bu esa bir-biriga o‗xshashgan bo‗lgan bir qancha sharoitlarda 
ularning mos tushushini inkor etmaydi. 
Ratsional logistik yechimlarni tuzish, ya‘ni materiallar oqimida ishtirok etuvchi 
xo‗jaliklar faoliyati tarkibi va xarakterini aniqlash moddiy-texnika ta‘minoti sohasida 
samarador yechimlarni qidirishning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Aniq 
sharoitlarda logistik zanjirni unga savdo vositachilarini kiritgan holda uzaytirish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ayniqsa bu O‗zbekistonda aynan qurilishda keng 
rivojlangan kichik biznesni moddiy – texnika jihatdan ta‘minlash jarayoniga ko‗proq 
tegishlidir. 
Ishlab chiqarish–texnologik komplektatsiya bo‗limlari logistik zanjirning oraliq 
bo‗g‗ini sifatida qurilish uchun juda xosdir. 
Xulosa sifatida quyidagilarni alohida ta‘kidlash juda muhimdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish qurilish kompleksidagi o‗zaro munosabatlar 
xarakteri va uning moddiy ta‘minoti sohasini ham tubdan o‗zgartirdi. Qurilish 
kompleksi tomonidan qurilish materiallariga bo‗lgan talablar va ehtiyojlarning holati 
va etkazuvchilarning narx siyosati qurilish materiallari bozori kon‘yukturasining 
asosiy omillariga aylandi. Bozor turidagi iqtisodiy sharoitlarda etkazuvchilar uchun 
mahsulotlar sotilishini tashkil etish, istemolchilar uchun esa ularni minimal narxlarda 
xarid qilish bosh muammoga aylandi. 
Qurilish kompleksi (materiallar resurslarini tugallangan holatda iste‘mol 
qiladigan yirik sub‘ektlar) oldida materiallar resurslarini xarid qilishning samarador 
shakllarini tanlash va ulardan oqilona foydalanish vazifasi turadi. Bu vazifalarni hal 
etishda mashinalar va jihozlar bo‗yicha lizingni rivojlantirish, materiallar va qurilish 
konstruksiyalari bo‗yicha esa materiallar oqimini samarali tashkil etish katta 
ahamiyat kasb etadi, buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa o‗z navbatida moddiy 
ta‘minot logistik metodlarini amaliyotga qo‗llash bilan bog‗liqdir. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish