~ 134 ~
materiallar, moliyaviy, axborot oqimlari va mehnat resurslari oqimlari.
Materiallar oqimlari logistik tizimlari yoki boshqacha qilib aytganda
materiallar logistik oqimlari qurilish tashkilotlari va korxonalar (firmalar) moddiy
resurslarini sotib olishdan tortib to tayyor mahsulot (binolar va inshootlar)ni
sotishgacha bo‗lgan barcha harakatlarni birlashtiradi.
Moliyaviy oqimlar logistik tizimi (yoki logistik moliyaviy tizim) ishlab
chiqarish va qurilish mahsulotini sotish bilan bog‗liq bo‗lgan hamma moliyaviy
oqimlar harakatlarini birlashtiradi.
Axborotlar oqimlari logistik tizimlari (yoki axborotlar logistik tizimlari)
qurilish firmasi oddiy ishlab chiqarish jarayonlarini qanday birlashtirsa, ushbu firma
orqali amalga oshiriladigan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini ham xuddi
shunday birlashtiradi.
Mehnat resurslari oqimlarining logistik tizimlari (yoki mehnatning logistik
tizimlari) mehnat resurslarini qurilish firmasiga yo‗naltirishning barcha xilma-
xilligini birlashtiradi.
Logistikalarni
qurilish
ishlab
chiqarish
sikli
stadiyalari
bo‗yicha
differensiyalash bilan quyidagi logistik tizimlarni ko‗rib chiqish mumkin:
-
savdo - sotiq logistikasi tizimlari, ular moddiy-texnika resurslarini sotib
olish oqimlarini va qurilish ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiyasini,
shuningdek, moliyaviy, axborotlar va mehnat resurslari bilan birga boradigan
oqimlarni tashkil qilish bilan shug‗ullanadi;
-
tadbirkorlik logistikasi (yoki ishlab chiqarish logistikasi) tizimlari, ular
qurilish industriyasi korxonalari va qurilish firmalarida qurilish konstrkutsiyalari,
buyumlari va boshqa materiallarni ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar oqimini,
loyiha-konstruktorlik, qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish bilan
shug‗ullanadi;
-
taqsimlash logistikasi tizimlari, ular iste‘molchiga taqdim etiladigan
tayyor qurilish mahsuloti, ishlar va xizmatlarning oqimlarini, shuningdek, bu oqimlar
bilan birga boradigan moliyaviy, axborotlar va mehnat oqimlarini tashkil qilish bilan
shug‗ullandi;
-
transport–omborxona logistikasi tizimlari, ular qurilish firmasida yuklar
oqimini va omborxona ichki oqimlarini tashkil qilish bilan shug‗ullanadi.
Qurilish firmasi logistika tizimlari sinflanishini boshqa belgilar bilan ham
davom ettirish mumkin, masalan, investitsion jarayonlar bosqichi, qurilish mahsuloti
hayotiy sikli bosqichlari va shunga o‗xshash oqimlar bilan davom ettirish mumkin.
Agar iqtisodiy mustaqil sub‘ektlar qanchalik ko‗p sonda logistika zanjiriga
kiritilsa, logistika tizimlarini shakllantirish jarayonlari shunchalik murakkab kechadi.
Bu ma‘noda makrologistik tizimlar mikrologistik tizimlarga nisbatan ancha
murakkab ko‗rinishga ega bo‗ladi. Tashkiliy-iqtisodiy integratsiya xarakteri bo‗yicha
makrologistika tizimlari sub‘ektlari vertikal, gorizontal va konglomerant tizimlarga
ajratiladi. Logistik faoliyat uchta asos ostida birlashadi: moddiy resurslar birga
boradigan hamma texnik vositalar va jihozlar jamlamasi bo‗lgan
texnika
, tizimlardagi
moddiy va nomoddiy oqimlar harakatlari haqidagi statistik va dinamik axborotlar
jamlamasi bo‗lgan
Do'stlaringiz bilan baham: