O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

Nazorat uchun savollar:
 
1. Fan-texnika taraqqiyoti deganda nimani tushunasiz? 
2. Qurilishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‗nalishlari va mazmuni 
nimalardan iborat? 
3. Jamiyat fan-texnika taraqqiyotida qurilishning o‗rni nimalardan iborat? 
4. Qurilishda yangi texnika va tenologiyalarni joriy etishning iqtisodiy 
samaradorligi, uning ko‗rsatkichlari va aniqlash uslublari nimalardan iborat? 
13
 
-
 
MAVZU.
 
QURILISH
 
MAHSULOTINING
 
TANNARXI,
 
FOYDA
 
VA
 
RENTABELLIK 
Reja: 
13.1. Qurilish-montaj ishlari tannarxi strukturasi. 
13.2.Qurilishning smeta bo‗yicha qiymati (narxi)ni belgilash tarkibi, tuzilishi 
va uslublari. 
13.3 Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari. 
13.4 Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‗llari. 
 
 
 
 
13.1. Qurilish-montaj ishlari tannarxi strukturasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim 
ko‗rsatkichi tannarx bo‗lib qoladi, chunki pirovard natijada iqtisodiy rag‗batlantirish 
fondlarining miqdori, ishlovchilarning real ish haqlari, ishlab chiqarish 
quvvatlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikaviy saviyasining o‗sishi faqat 
tannarx orqali aniqlanadi. 
Ob‘yektning smeta qiymati o‗z tarkibiga shu ob‘yektni yaratish uchun kerak 
bo‗lgan barcha ijtimoiy-zaruriy xarajatlarni oladi, shu jumladan, qurilish-montaj 
ishlarini bajarish, uskunalar sotib olish va ularni montaj qilish, loyiha-izlanish ishlari, 
ustama xarajatlar hamda rejalashtirilgan jamg‗armalar. 
Smeta qiymatidan farqli o‗laroq qurilish-montaj ishlarining tannarxi qismi 
bo‗lib, u qurilish-montaj tashkilotining qurilish montajlarini qurish va ta‘mirlashga 
qilgan xarajatlaridan tashkil topadi. Qurilish-montaj ishlari tannarxi uning smeta 
qiymatiga nisbatan pul va moddiy resurslardan tejamli foydalanishni aks ettirib, 
tashkilot ishi samaradorligini ko‗rsatuvchi asosiy ko‗rsatkichlardan biri hisoblanadi. 


~ 146 ~ 
Qurilish tarmoqlarining barcha boshqa turlaridagi kabi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olish kompleks kalkuliyasion elementlar bo‗yicha amalga 
oshiriladi va ularning nomenklaturasi smeta hujjatlari tarkibidagi xarajatlarni 
elementlar bo‗yicha guruhlashtirish bilan to‗liq mos keladi. 
Shunga muvofiq ravishda qurilish-montaj ishlari tannarxning tarkibi 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri (TX) va ustama xarajatlarga (UX) ajratiladi. Rejalashtirilgan 
jamg‗armalar (RJ) ishlar tannarxi tarkibiga kirmaydi: QMI
tn
=TX+UX. 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar tarkibiga ishlarni bajarishga sarflangan materiallar 
qiymati; ishchilarning asosiy ish haqlari; qurilish mashinalarini ishlatishga bo‗lgan 
xarajatlar va boshqa to‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar kiradi. 
Materiallar, konstruksiyalar va detallarga xarajatlar ishlar tannarxining 
tarkibida sanoat korxonalarida amal qilayotgan sotilish narxlari bo‗yicha (agar 
materiallar qurilish materiallar sanoati korxonalardan olinsa), yoki reja hisob-kitob 
narxlari bo‗yicha (agar materiallar qurilish montaj -qurilish trestiga tegishli bo‗lgan 
sanoat korxonalardan olinsa), yoki ularning haqiqiy tannarxi bo‗yicha (agar 
materiallar mustaqil balansga ega bo‗lmagan o‗z yordamchi ishlab chiqarishidan 
olinsa) hisobga olinadi. Bunda materiallar xarajatiga ularni ob‘yektoldi 
omborxonasigacha etkazib kelish hamda omborxona xarajatlari ham kiritiladi. 
Asosiy ish haqi tarkibiga qurilish-montaj ishlarida band bo‗lgan qurilish va 
yo‘l ishchilarining, qurilish materiallarini ob‘yektoldi omborxonasi va ishlatilish 
joyigacha etkazishda, dozirovka qilish va materiallarni mashinalarga etkazib berish 
va ―ish‖ ga yetkazishda mashg‗ul bo‗lgan ishchilarning ish haqlari kiradi. 
Ishchilarning asosiy ish haqlari tarkibiga mehnatga haq to‗lashning barcha 
tizimlari bo‗yicha hisoblangan ish haqi, ish haqi fondidan vaqtda bajarilgan ishlar 
uchun qo‗shimcha to‗lovlar, ishchilar aybisiz turib qolishlar uchun to‗lovlar va 
boshqalar kiradi. 
Mashina va mexanizmlardan foydalanishga bo‗ladigan xarajatlar birdaniga 
bo‗ladigan xarajatlar va joriy xarajatlardan tashkil topadi. Joriy xarajatlar tarkibiga 
mashinalarni boshqarish va ularga xizmat ko‗rsatishda band bo‗lgan ishchilarning 
asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‗rsatishda band bo‗lgan ishchilarning asosiy ish 
haqlari, texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash xarajatlar, yonilg‗i-moylash 
materiallari va elektr energiyaning qiymati, mashinalar amortizatsiyasi, ijaraga 
olingan mashinalar bo‗lsa ularga to‗lanadigan ijara haqi kiradi. 
Birdaniga bo‗ladigan xarajatlar mashinalarni yuklash, tushirish, tranportirovka 
qilish, mashinalarni montaj, demontaj va sinab kirish ishlariga xarajatlar hamda 
mashinalarni o‗rnatish uchun vaqtinchalik inshootlarni qurish va buzish (masalan, 
ABZ, SBZ va boshqalarda) uchun xarajatlardan tashkil topadi. 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar tarkibiga tuproqni tashishga, materiallarni ob‘yekt 
ichida, 
ob‘yektoldi omborxonasidan to‗shalish joyigacha yoki ko‗tarish 
mexanizmigacha tashib etkazishga bo‗ladigan xarajatlar ham kiritiladi.
(Boshqa to‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar) 
Ustama xarajatlar bevosita qurilish-montaj ishlari, ya‘ni qurilish maydonlarida, 
yordamchi ishlab chiqarishda va boshqa (xizmat ko‗rsatuvchi) xo‗jaliklarda mavjud. 


~ 147 ~ 
Yordamchi ishlab chiqarish va boshqa xo‗jaliklar bo‗yicha ustama xarajatlar 
qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibida alohida ajratilmaydi, chunki ular bu ishlab 
chiqarish va xo‗jaliklar mahsulotlari va xizmatlari qiymatining tarkibiga kiradi: 
-ma‘muriy-xo‗jalik xarajatlari - ma‘muriy boshqaruv va ishlab chiqarish texnik 
personalining ijtimoiy sug‗urtaga ajratmalar bilan birga hisoblangan ish haqlari, 
komandirovka va safar xarajatlari, idora va pochta-telegraf xarajatlari, idora 
binolarining ijarasi va ularni ta‘mirlashga xarajatlar; 
-ishchilarga xizmat ko‗rsatish xarajatlari - ishchilarni ijtimoiy sug‗urtalashga 
ajratmalar, ishchilarning qo‗shimcha ish haqlari (ta‘tillar uchun to‗lov, brigadirlarga 
brigadaga rahbarlik qilganligi uchun qo‗shimcha to‗lov, engilroq ish sharoitiga 
o‗tkazilgandagi qo‗shimcha to‗lov va hokazolar), mehnatni muhofaza qilish va 
texnika xavfsizligi xarajatlar, uy-joy kommunal xo‗jaligi xarajatlari va boshqalar; 
-ishlarni bajarish va tashkil etishga xarajatlar, yong‗indan saqlanish va 
yiriqlashga xarajatlar, tashkiliy ravishda ishga olishni tashkil etish, ishlab chiqarishni 
tashkil etish xarajatlari; ob‘yektlarni topshirish bilan bog‗liq xarajatlar, ishlab 
chiqarish uskunalari va inventarlarini asrashga va boshqa xarajatlar; 
-boshqa ustama xarajatlar - qurilish-montaj ishlarilarini amalga oshirishda 
geodeziya ishlariga xarajatlar, xodimlarga sharoitlar yaratish, umumiy ovqatlanish va 
boshqa xizmatlar xarajatlari. 
-qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va uning tannarxi o‗rtasidagi farq, 
rejalashtirilgan jamg‗arma va tannarxning pasayishidan hosil bo‗ladigan tejamdan 
iborat. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va tannarxi o‗rtasidagi bog‗lanish 
quyidagi formula yordamida ifodalanishi mumkin: 



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish