Ishlab chiqarishning va korxonaning materiallar oqimi sxemasini va modiy balansini tuzish



Download 141,18 Kb.
Sana03.04.2022
Hajmi141,18 Kb.
#525943

Ishlab chiqarishning va korxonaning materiallar oqimi sxemasini va MODIY balansini tuzish

Kirish

  • Ilmiy tadqiqot institutlarining bergan ma'lumotlari va (tipovoy) qayta qo'llaniladigan loyihalar asosida korxonani material balansi sxemasi tuziladi. Bu sxemada barcha qurilma-ustanovkalar xomashyo va tovar mahsulotlari bo'yicha bir-birlari bilan bog'langanigi ko'rsatiladi, bu sxema asosida alohida komponentlarning miqdori va sifati, tovar mahsulotlarining miqdori va sifati, hamda xomashyoning sifatiga qarab olinadigan tovar mahsulotlarining miqdori va sifati aniqlanadi. Va nihoyada korxonaning umumiy material balansijamlanib tuziladi.

NQIKni texnologik sxemalari va material balansi tuzilayotganda bir qancha mulohazalarga e'tibor berish kerak

  • 1. Tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalarining mahsulotlari - korxonaga berilayotgan barcha neftni suvsizlantirishi va tuzsizlantirishi kerak. NQIKni material balansi tuzsizlantirilgan neft miqdori bo'yicha olib boriladi va loyiha va rejalash huliatlarida korxonaning quvvati tayyorlangan neft bo'yicha olib boriladi.
  • 2. To'g'ri haydab olingan benzinlar bo'yicha balans tuzilganda benzin fraksiyalarini katalitik riforming jarayonida to'liq ishlatilishini mo'ljallash kerak. Bunda 62-85, 85-lOYC fraksiyasi ekstraksiya blokli riforming qurilmasiga beriladi va benzol va toluol olish uchun qo'llaniladi. Xalq xo'jaligining benzolga bo'lgan talabi toluolga nisbatdan yuqori bo'lganligi uchun balans tuzilayotganda birinchi navbatda 62-85·C fraksiyasini ishlatishni ko'zda tutish kerak. 85- 105·C dagi fraksiyani qoldig'i va 105-140·C, 140-180·C da olingan fraksiyalar riforming qurilmasiga beriladi. Fraksiya 62-8YC ni berish tavsiya qilinmaydi, chunki bu fraksiya xomashyoga qo'shilganda oktan soni 90 dan (tadqiqot usuli bo'yicha) yuqori bo'lmagan katalizat olinad
  • 3. Korxonani dizel yoqilg'isi bo'yicha quvvati tarkibida oltingugurt 0,05% dan past bo'lgan dizel yoqilg'isini olishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Neftni qayta ishlash korxonalarining materiallar oqimining ratsional sxemasida tozalangan tarkibida 0,3% oltingugurt bo'lgan yengil dizel fraksiyasini (180-230·C) gidrotozalangan 230-350·C fraksiya bilan aralashtirish rejalashtiriladi. Bu esa o'z navbatida gidrotozalash qurilmasini quvvatidan - ratsional foydalanishga imkon beradi hamda dizel yoqiJg'isini tozalanmagan komponent hisobiga himoya xususiyatini oshiradi.
  • . Neftni qayta ishlash korxonasida aviakerosin ish lab chiqarish berilgan topshiriqda ko'rsatiladi. Berilgan hajmga qarab aviakerosinni . ishlab chiqarish uchun qisman benzin va dizel'fraksiyalari qo'llaniladi.
  • 5. Qishki dizel yoqilg'isi to'g'ri haydab olingan fraksiyalarni deparafinlab olinadi. Deparafinlash qurilmasiga gidrotozalangan mahsulotni berish maqsadga muvofiqdir.
  • 6. Neftni chuqur qayta ishlash sxemasini va NQIKni material balansini tuzayotgandagi asosiy faktlar: rangsiz neft mahsulotlariga bo'lgan talab va u yoki bu texnologik jarayonlarni mukammal o'zlashtirilganligidir. Bularga apparatlarni katalizator va reagentlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirish kiradi. Umuman olganda NQIK korxonasi ko'p benzin ishlab chiqarishi kerak bo'lsa, unda uning tarkibida katalitik kreking qurilmasini qurish kerak bo'ladi.
  • 7. Neftni qayta ishlashda hosil bo'ladigan qimmatbaho mahsulotlardan biri neft koksidir. Ko'pgina NQIKning tarkibiga hozirgi vaqtda sekin-asta kokslash qurilmasining loyihasi kirgizilmoqda. Sekinasta kokslash qurilmasining quvvati xomashyoga nisbatan olganda yiliga 600000 va 1500000 t. tashkil etadi. Balansni tuzilayotganda standart talablarigajavob bera oladigan koksni oltingugurtli neftdan olish uchun (oltingugurt va metallar miqdori bo'yicha) kokslash qurilmasidan tashqari xomashyoni tayyorlash qurilmalar kompIeksini ham (vakuum gazoylni gidrotozalash, gidrotozalangan vakuum gazoylni termik kreking qurilmasini) qurish talab qilinadi.
  • 8. Sekin-asta kokslashda hosil bo'lgan benzin fraksiyasining oktan soni past va kimyoviy beqarordir.
  • 9. Avtobenzinni past haroratda qaynaydigan yuqori oktanli komponentlarini olish uchun korxona tarkibiga alkillash va izomerlash qurilmalarini kirgiziladi. Izomerlash jarayonining xomashyosi sifatida pentan-izogeksan fraksiyasi (NK-62°C) yoki pentan-geksan fraksiyasi (NK-70°C) ishlatiladi. Agarda izomerlash qurilmasini barcha NQIK tarkibida qurilsa, alkilash qurilmasi esa faqat katalitik kreking (KK) qurilmasi bor korxona tarkibida loyihalashtiriladi. Alkillash qurilmasini xomashyosi sifatida butan-butilen (C3 - C4 ) ishlatiladi. Bu fraksiya tarkibida reaksiya uchun kerakli nisbatda butenlar va izobutan mavjuddir.
  • 10. Materiallar balansini tuzayotganda shu narsani nazarda tutish kerak, avtobenzinning to'yingan bug'lari bosimini ushlab turish uchun unga butan qo'shiladi. Yozgi davrda benzinda 2% gacha butan, qish davrida 5-7% (mas.) butan bo'ladi. Izobutan alkillash jarayonining xomashyosi sifatida ishlatilgani uchun loyihada butan fraksiyalarining yig'indisini normal va izokomponentlarga ajratish kerak. Chunki izobutan benzin tarkibiga tushmasligi kerak, u alkillash uchun xomashyodir
  • 11. Sintetik kauchuk zavodlarining xomashyosi sifatida yengi, . uglevodorodlar NQIKda ishlab chiqariladigan butan va pentan ishlatiladi. Bularga bo'lgan talab juda katta. Izopentan esa kamyobdir. Korxonaning loyihasi sxemasini tuzishda izopentanni ishlatishni ko'zlabgina emas, balki izopentanni tovar mahsulot sifatida ish lab chiqarishni maqsad qilib qo'yish kerak.
  • 12. Neftni qayta ishlash korxonasini tarkibida bitum ishlab chiqarishni nazarda tutish kerak. Chunki bitumga bo'lgan talab sanoat, yo'l qurilishi, uy-joy qurilishi hajmining ko'payganligi sababli yildanyilga ortib bormoqda. Hozirgi zamon NQIKni bitum ishlab chiqarish quvvati neftga hisoblaganda 4-7% (mas.) tashkil etadi. Yoqilg'i profilidagi korxonada bitum gudrondan vakuum distilyat qo'shib olinadi. Yoqilg'i - moy profilli korxonalarda esa bitum qurilmasining xomashyosiga moy ishlab chiqarishda hosil bo'lgan yo'ldosh mahsulotlar ham ishlatiladi (asfalt, ekstraktlar).
  • 13. Moy ishlab chiqariladigan kompleksning quvvati beriIgan topshiriq bo'yicha aniqlanadi va odatda, qayta ishlanadigan neftning 3-5% (mas.)ini tashkil qiJadi. Moy olish uchun xomashyo sifatida mazutni vakuum ostida haydalganda olinadigan qisqa fraksiyalar ishlatiladi.
  • 14. Surkov moylarini ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilash uchun ularga prisadkalar qo'shiladi. Surkov moylarining ko'pchilik turlarida asosiy komponentlar bilan birga har xii prisadkalar bo'Iadi. Ishlab chiqilishi kerak bo'lgan moylaming assortimentiga qarab material balans tuzganda tovar mahsulotni tayyorlash uchun kerakli miqdordagi prisadkalarni aniqlanadi. Tashqaridan olinadigan prisadkalar va bitumlar uchun sirt aktiv moddalar (SAM) balansning kirim qismida balansdan 100% dan yuqori hisoblanadi.
  • 15. Chuqur qayta ishlashlaydigan NQIKlarda vodorodga bo'Igan talab platforming jarayoni hisobiga qondiriladi. Lekin neft chuqur qayta ishlanganda vodorod yetishmaydi. Vodorod olish qurilmasini loyihaga kirgizish kerak.
  • 16. NQIKni har bir qurilmasida neft mahsulotlari yo'qotiladi. Shuning uchun uni kamaytirish uchun tutqichlar quriladi. Ushlab olingan mahsulot mazutga qo'shiladi.

Download 141,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish