~ 136 ~
bo‗lish bilan siklning har bir stadiyasida materiallar tarkibi o‗zgaradi (poydevorlarni
qurishda, devorlarni tiklashda, tom yopish ishlarini bajarishda, ichki pardozlash
ishlarini amalga oshirishda, injenerlik kommunikatsiyalarini o‗tkazishda va h.k.).
SHunig uchun qurilish siklining har bir bosqichi uchun unga xos bo‗lgan logistik
yechimlar zarur bo‗ladi. Agar sanoatda logistik yechim uchun mahsulot
yo‗naltiruvchi moment bo‗lsa, qurilishda esa bu qurilish siklining bosqichi bo‗ladi.
Qurilishda materiallar oqimi ishlarni ishlab chiqarishni bir ob‘yektdan
boshqasiga ko‗chirish bilan yoki bir vaqtning o‗zida bir nechta ob‘yektlarni tiklashda
ishlab chiqarish kuchlarini va vositalarini taqsimlab tarqatish bilan o‗zining
yo‗nalishini uzluksiz ravishda o‗zgartiradi. Bundan kelib chiqadiki, ishlarnii shlab
chiqaruvchi (prorab) aynan bir xil materiallardan foydalangan holda turli logistik
yechimlarni qo‗llaydi, bu esa bir-biriga o‗xshashgan bo‗lgan bir qancha sharoitlarda
ularning mos tushushini inkor etmaydi.
Ratsional logistik yechimlarni tuzish, ya‘ni materiallar oqimida ishtirok etuvchi
xo‗jaliklar faoliyati tarkibi va xarakterini aniqlash moddiy-texnika ta‘minoti sohasida
samarador yechimlarni qidirishning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Aniq
sharoitlarda logistik zanjirni unga savdo vositachilarini kiritgan holda uzaytirish
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ayniqsa bu O‗zbekistonda aynan qurilishda keng
rivojlangan kichik biznesni moddiy – texnika jihatdan ta‘minlash jarayoniga ko‗proq
tegishlidir.
Ishlab chiqarish–texnologik komplektatsiya bo‗limlari logistik zanjirning oraliq
bo‗g‗ini sifatida qurilish uchun juda xosdir.
Xulosa sifatida quyidagilarni alohida ta‘kidlash juda muhimdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish qurilish kompleksidagi o‗zaro munosabatlar
xarakteri va uning moddiy ta‘minoti sohasini ham tubdan o‗zgartirdi. Qurilish
kompleksi tomonidan qurilish materiallariga bo‗lgan talablar va ehtiyojlarning holati
va etkazuvchilarning narx siyosati qurilish materiallari bozori kon‘yukturasining
asosiy omillariga aylandi. Bozor turidagi iqtisodiy sharoitlarda etkazuvchilar uchun
mahsulotlar sotilishini tashkil etish, istemolchilar uchun esa ularni minimal narxlarda
xarid qilish bosh muammoga aylandi.
Qurilish kompleksi (materiallar resurslarini tugallangan holatda iste‘mol
qiladigan yirik sub‘ektlar) oldida materiallar resurslarini xarid qilishning samarador
shakllarini tanlash va ulardan oqilona foydalanish vazifasi turadi. Bu vazifalarni hal
etishda mashinalar va jihozlar bo‗yicha lizingni rivojlantirish, materiallar va qurilish
konstruksiyalari bo‗yicha esa materiallar oqimini samarali tashkil etish katta
ahamiyat kasb etadi, buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa o‗z navbatida moddiy
ta‘minot logistik metodlarini amaliyotga qo‗llash bilan bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: