~ 148 ~
unumdorligining yillik o‗sishi va uning asosida konkret tashkilotlarda erishiladigan
ishlar tannarxining pasayishi hisobiga olinishi kerak.
Rejalashtirilayotgan tannarx har yili yillik rejalarni ishlab chiqishda aniqlanadi
va qurilish montaj tashkilotining uni pasaytirish tadbirlarini aks ettiradi.
Bajarilgan ishlarning haqiqiy tannarxi barcha turdagi xarajatlarni, shu jumladan
kompensatsiya hisobiga qoplanadigan xarajatlarni ham o‗zida aks ettiradi.
Kompensatsiyalar ishlar tannarxiga belgilangan yo‗nalishlarni hisobga olgan holda
xarajat turlari bo‗yicha taqsimlanadi, ya‘ni asosiy ish haqi, materiallarning qiymatlari
va hokazo.
Qurilish-montaj ishlari tannarxining strukturasi, ya‘ni alohida moddalar
bo‗yicha
xarajatlar nisbati, qurilish majmuining tarmoqlari bo‗yicha turlicha bo‗lib,
tashkilot faoliyatining konkret shart-sharoitlarini harakterlovchi bir qator omillarga
bog‗liq.
Omillarning bir qismi qurilish montaj tashkilotiga nisbatan ob‘yektiv
harakterga ega va tabiiy-iqlim sharoitlari, texnik loyihada qabul qilingan muxandislik
yechimlarining
taraqqiyparvarligi,
qurilish
tashkilotlarining
joylanishiga
(dislokatsiya) ya‘ni, qurilish materiallari va konstruksiyalarini etkazib beruvchi
tashkilotlarning uzoq yaqinligi va boshqalarga bog‗liq. Omillarning boshqa qismi esa
bevosita ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik saviyasiga, mehnatni tashkil
etilishining taraqqiyparvarligiga, qurilish tashkiloti
ishlab chiqarish bazasining
rivojlanganligiga,
uning
mexanizatsiya
va
transport
vositalari
bilan
ta‘minlanganligiga bog‗liq.
Buning natijasida qurilish montaj lari qurilishida qurilish-montaj ishlarining
tannarxi hatto bir qurilish tashkiloti miqyosida ham sezilarli o‗zgarishlarga uchrab
turadi. Qurilish montaj xo‗jaligi tashkilotlarida qurilish-montaj ishlari tannarxi
tarkibining 85 foizga yaqin qismini to‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar tashkil etadi. Ishlarga
ko‗p material sarflanishi «materiallar, yarimfabrikatlar,
konstruksiyalar, detallar»
moddasi bo‗yicha xarajatlar salmog‗ining sezilarli darajada yuqori bo‗lishiga sabab
bo‗ladi (To‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar umumiy summasining 50 foizdan ko‗prog‗i).
Umumiy qurilishdagiga nisbatan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xarajatlar tarkibida mashinalarni
ishlatishga bo‗ladigan xarajatlarning salmog‗i yuqori (20 foizgacha), bu esa qurilish
montaj ishlarida mexanizatsiyalashish darajasining yuqoriligini ko‗rsatadi.
Qurilishda qabul qilingan ishlab chiqarish xarajatlarini (qurilish-montaj
ishlarining tannarxini) rejalashtirish va hisobga olish
uslubiyoti amalda xarajat
qilingan summalarni smetada ko‗zda tutilgan xarajatlar bilan solishtirishga
asoslangan.
Xususan ―materiallar qiymati‖ kalkulyasiya elementi bo‗yicha xarajatlarga
yordamchi ishlab chiqarishdagi, transport tashkilotlaridagi, materiallarni qayta ishlash
bazalaridagi ishchilarning asosiy ish haqlari va tegishli yordamchi ishlab chiqarishda
ishlatilayotgan mashina va uskunalarni ishlatishga bo‗ladigan xarajatlar kiradi. Bir
vaqtning o‗zida ―Mashinalarni ishlatish‘ elementi bo‗yicha xarajatlarga ishchi
mexanizatorlarning asosiy ish haqlari, yonilg‗i-moylash materiallari qiymati, mashina
smenaning reja-hisob narxlariga kiritilgan ustama xarajatlar kiradi. O‗z tarkibiga
tannarxga kiruvchi barcha xarajat turlarini olgan (ish haqi,
materiallar qiymati,
~ 149 ~
mashinalarni ishlatish xarajatlari) «Ustama xarajatlar» o‗z tarkibiy tuzilishi bo‗yicha
tannarx elementining eng murakkab qismi bo‗lib, uning miqdorini qurilish-montaj
ishlarining bir birligiga, yiriklashtirilgan ishlar majmuiga yoki ob‘yektga nisbatan
hisoblab chiqishning imkoniyati yo‗q, shu sababli uning miqdori bir butun tashkilot
bo‗yicha aniqlanadi.
Yordamchi qurilish montaj qurilish va ta‘mirlash
qurilish tashkilotlari
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini rejalashtirish va hisobga olish
rejaviy va amaliy kalkulyasiyalar asosida amalga oshirilib, quyidagi xarajat
moddalarini o‗z ichiga oladi: asosiy va yordamchi materiallar (qaytariluvchi
chiqitlarni hisobdan chiqarilib); ishlab chiqarish ishchilarning asosiy ish haqlari,
yonilg‗i, bug‗, texnologiya ehtiyojlari uchun suv, uskunalarni soz
holda tutib turish
va ishlatish, elektr energiya, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, bevosita xarajatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining shakllanish ketma-ketligi bo‗yicha tannarx
texnologik, sex, ishlab chiqarish va to‗liq tannarxlarga ajratiladi. Xizmat ko‗rsatuvchi
tashkilotlar bo‗yicha ko‗rsatiladigan xizmatlarning tannarxi hisoblanadi.
Yordamchi korxonalar va xizmat ko‗rsatuvchi xo‗jaliklarning mahsulotlarini
realizatsiya qilinishida tannarx kalkulyasiyasi reja-hisob narxlari uchun asos bo‗lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: