~ 74 ~
ravishda oshiradi.
Massasi 5 tonnadan oshmaydigan yuklar bilan ishlaydigan
ishlab chiqarishda
(sexlarda) polda yuradigan va osma transport (elektrokaralar, avtoyuklagichlar,
konveyerlar, kran - balkalar) dan foydalanish ancha maqsadga muvofiqdir.
Umuman olganda ko‗plab ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish
sexlarida
texnologik jihozlarni binolar tashqarisiga emas, balki ichkariga ochiq
holatda joylashtirish
uchun imkoniyatlar mavjud bo‗ladi yoki ularni joydagi usti
yopiq joylarga joylashtirish talab etiladi.
Texnologik o‗rnatmalarni kimyo va metallargiya, qurilish materiallari ishlab
chiqarish sanoati hamda shu kabilarda yopiq va yarim yopiq holatda joylashtirish
mumkin. Hozirgi vaqtda tashqarida joylashgan maydonlarga joylashtirish uchun zarur
bo‗lgan issiqlik izolyasiyasiga ega bo‗lgan yangi germetik
jihozlarning namunalari
ishlab chiqarilmoqda. Texnologik jihozlarni ochiq maydonlarga joylashtirishda
qurilishga sarflanadigan mablag‗lar 4 – 6% ga qisqaradi.
Maishiy xizmat ko‗rsatish xonalarini antresollarga, fermalar orasidagi va
sexlardadgi bo‗sh joylarga joylashtirish orqali kattaroq miqdordagi mablag‗larni
iqtisod qilishga erishish mumkin. Ayniqsa ko‗prikli kranlarga ega bo‗lmagan sexlar
uchun bunday yechimni qabul qilish ancha maqsadga muvofiq bo‗ladi (qurilish sarfi
qisqaradi, ishchilarga xizmat ko‗rsatish yaxshilanadi, chunki dam olish joylari hamda
oshxona ish joylariga yaqin joylashadi). Madaniy – maishiy va ma‘muriy
xonalarni
fermalar orasidagi bo‗sh joylarga (ochiq fazoviy kenlikka) joylashtirish tepa qismida
fonari bo‗lmagan ko‗p oraliqli sanoat binolarini qurishda ancha engil echiladi.
Binoning tepa qismiga fonarlar qurish qurilish umumiy tannarxining 7% ini tashkil
etadi. Fonarlar har doim ham aeratsiya va tabiiy yorug‗likni ta‘minlayvermaydi.
Tomi yassi bo‗lgan va devorlarida yorug‗lik o‗tkazuvchi oraliqlar (derazalar)ga ega
bo‗lmagan fonarsiz ko‗p oraliqli binolar keng tarqalmoqda. Ularda havo almashinuvi
sun‘iy ventilyasiya, yoritish esa kunduzi yoritadigan chiroqlar yordamida
ta‘minlanadi. Bunday binolar nisbatan ancha past tannarxga ega bo‗ladi, ularni qurish
uchun esa ancha kam tipli va markali konstruksiyalar talab qilinadi. Qurilish ishlari
va binoni ekspluatatsiya qilish sezilarli ravishda soddalashadi.
Mehnat unumdorligi
oshadi, chunki bunday vaziyatda ish joylari sutka davomida har doim bir maromda
yoritilib turiladi, havoning muntazam ravishda almashinib turishi mehnat sharoitini
yaxshilaydi.
Kolonnalar
yirik gabaritli to„rlarining
qo‗llanilishi texnologik jihozlarni
ratsional joylashtirish va ishlab chiqarish maydonini 10% ga iqtisod
qilish imkonini
beradi. Bunday binolarni qurish mayda to‗rli binolarni qurishga qaraganda 3-4% ga
qimmat bo‗ladi. Shu bilan bir qatorda ularni qurishga sarflanadigan solishtirma sarf-
xarajatlar 6-7% kam bo‗ladi. Bunday binolarda texnologik jarayonlarni qayta tashkil
etish ancha engil amalga oshiriladi, chunki jihozlarni qayta o‗rnatish va transport
oqimini o‗zgartirish uchun katta imkoniyat (keng maydon) mavjud bo‗ladi.
Konstruksiyalarni yiriklashtirish va fazoviy konstruksiyalarga o„tish orqali
konstruktiv
yechimlarni
takomillashtirishga
erishish
mumkin.
Temirbeton
zavodlarida qoliplash metodini qo‗llash orqali maqbul hajmdagi konstruksiyalar
tayyorlanadi.
Zavodda
tayyorlangan
yassi
elementlardan
yig‗ma–quyma
~ 75 ~
konstruksiyalar yaratiladi. Bunday konstruksiyalarga hajmli sanitar – texnik
kabinalar,
lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari
yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qurilishda katta o‗lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor
panellarini qo‗llash keng tarqalmoqda.
Loyihachilar
bir
nechta
operatsiyalarni
avtomatlashtirish
bilan
mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruksiyalarni
tayyorlash ustida ish olib
borishmoqda. Temirbeton konstruksiyalarda montaj uchun mo‗ljallangan ilgaklarni
boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo‗yilgan. Bu esa yiliga
0,3 mln. tonna po‗latni iqtisod qilish imkonini beradi.
Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo‗nalishlaridan biri bu
Do'stlaringiz bilan baham: