II BOB. KIMYONING ASOSIY QONUNLARI BO’YICHA MISOL VA MASALALAR 2.1. Moddalar massasining saqlanish qonuniga doir test masalalarini echish usullari.
Misol. 9,3 g ishqoriy metall oksidi 200 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 5,73% ni tashkil qilsa, oksid tarkibidagi metallni toping.
Yechilish usuli: Bizga ma’lumki, ishqoriy metall oksidi suvda eritilganda, tegishli asoslar hosil bo’ladi. Bundan tashqari, ishqoriy metallar I-gruppaning asosiy gruppacha elementlari bo’lib, ular I-valentli aktiv metallardir. Shu ma’lumotlar asosida masalani quyidagicha ishlash mumkin bo’ladi:
1) Hosil bo’lgan eritmaning massasini topamiz;
m(eritma)= m(ishqoriy metall oksidi)+ m(suv) =9,3 g +200 g =209,3 g
2) Umumiy reaksiya tenglamasini tuzamiz (bunda ishqoriy metall umumiy formulasidan foydalaniladi);
Me2O+H2O=2 MeOH
3) Reaksiya tenglamasiga muvofiq, jarayonda asos hosil bo’lib, masala shartida berilgan 5,73% shu moddaning ulushidir. Bundan foydalanib uning masasini quyidagicha topish mumkin bo’ladi.
m(MeOH)= m(eritma)×5,73%=209,3×5,73%=11,99289 g
4) Reaksiyaning umumiy tenglamasidan foydalanib, jarayonda gaz modda yoki cho’kma moddalarning (eritma massasini kamaytirmaydigan holatlar) hosil bo’lmaganligi, hamda reaksiyada bizga ma’lum suvdan foydalanib, masalani quyidagicha ishlaymiz;
m(H2O)=m(MeOH)-m(M2O)=11,99289-9,3=2,69289 g
Me2O+H2O=2 MeOH
9,3 g 2,69289 g
x g 18 g x=62,163697 g
5) Demak, Me2O ning molyar massasi 62,163697 g bo’lsa, undan noma’lum elementni quyidagicha topish mumkin;
m(Me2)=m(Me2O)-m(O)=62,163697-16=46,163697
Me= , Ar(Na)=23.
1. 2,82 g ishqoriy metall oksidi 45,18 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 7% ni tashkil qilsa, reaksiyaga olingan metalni aniqlang.
A) K2O B) Li2O S) Cs2O D) Na2O
2. 7,65 g ikki valentli metall oksidi 334,35 g suvda eritilganda hosil bo’lgan moddalarning massa ulushi 2,5% ni tashkil qilsa, metallni toping.
A) bariy B) kalsiy S) magniy D) stronsiy
3. 6,12 g ishqoriy-er metall oksidi 221,88 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 3% ni tashkil qilgan bo’lsa, metalni toping.
A) magniy B) kalsiy S) bariy D) stronsiy
4. 5,2 g ishqoriy-er metall oksidi 757,3 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 0,80% ni tashkil qildi. Metalni toping.
A) bariy B) kalsiy S) magniy D) stronsiy
5. 2,4 g ishqoriy metall oksidi 93,6 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 4% ni tashkil qilsa, reaksiyaga olingan metalni aniqlang.
A) kaliy B) litiy S) seziy D) natriy
6. Massasi 25,2 g bo’lgan ikki valentli metall oksidi vodorod oqimida qaytarilganda, 6,4 g suv bug‘i hosil bo’lgan. Reaksiya uchun qaysi metall oksidi olingan?
A) Cu B) Mn C) Cd D) Fe E) Zn
7. 4,8 gramm metall suyultirilgan sulfat kislotada erib, metall (II) sulfat tuzini 4,48 l vodorodni hosil qildi. Bu qanday metall? A) Cr B) Ca C) Mn D) Zn E) Mg
8. Massasi 17,6 g bo’lgan metall sulfidi (metallning oksidlanish darajasi +2) kuydirilganda ajralib chiqqan gaz tarkibi 50,4 g yod bo’lgan eritmani rangsizlantiradi. U qaysi metall? A) rux B) kalsiy S) temir D) kadmiy E) mis
9. 2,1 g bir valentli metall suvdan 0,6 l (n.sh.) vodorodni siqib chiqaradi. Bu qanday metall? A) kaliy B) natriy S) litiy D) mis E) fransiy
10. 23 g bir valentli metall suvdan 11,2 l (n.sh.) vodorodni siqib chiqaradi. Bu qanday metall? A) kaliy B) natriy S) litiy D) mis E) fransiy
Do'stlaringiz bilan baham: |