O’zbekiston respublikasi qonuni


-modda. O’zbekiston respublikasi hududiga



Download 99 Kb.
bet8/8
Sana21.06.2022
Hajmi99 Kb.
#686712
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havsizligi to\'g\'risida

15-modda. O’zbekiston respublikasi hududiga
Oziq-ovqat mahsulotini olib kirish

O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti ushbu Qonunda ko’rsatilgan normalar va qoidalarning talablariga muvofiq bo’lishi shart.


Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini etkazib beruvchi uni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil qilgan organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini, tegishli ekspertiza o’tkazish zarur bo’lganida esa - oziq-ovqat mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va uskunalar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligining normalar va qoidalarga mosligi davlat nazorati organlari tomonidan bojxona organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda aniqlanadi.


16-MODDA. OZIQ-OVQAT
MAHSULOTINI OLIB QO’YISH

Odamlar hayoti va sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat nazorati organlarining qaroriga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo’yilishi kerak.




17-MODDA. NORMALAR VA QOIDALARGA MOS KELMAYDIGAN
OZIQ-OVQAT MAHSULOTIDAN FOYDALANISH
VA UNI YO’Q QILIB TASHLASH

Yaroqlilik muddati o’tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo’lmagan, shuningdek davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati organlari tomonidan gigiena va (yoki) veterinariya ekspertizasi va sertifikatlash sinovlari natijalari bo’yicha ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo’q qilib tashlanishi kerak.


Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo’q qilib tashlash usullari va shartlari uning egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo’q qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni bajarishni shartnoma bo’yicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi.
Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga em sifatida ishlatilgunicha yoki yo’q qilib tashlangunicha alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo’q qilib tashlash usullari va shartlari aniq ko’rsatilgan holda saqlanishi kerak.
Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun uning egasi javobgar bo’ladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo’q qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo’q qilib tashlash bilan bog’liq xarajatlarni uning egasi to’laydi.
Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati organlariga mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo’q qilib tashlanganligi haqida dalolatnoma taqdim etadi.


18-MODDA. OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI
VA XAVFSIZLIGI TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI
BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.


O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish