O’zbekiston respublikasi qonuni


-modda. Oziq-ovqatlarni qadoqlash



Download 99 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2022
Hajmi99 Kb.
#686712
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havsizligi to\'g\'risida

12-modda. Oziq-ovqatlarni qadoqlash,
O’rash va tamg’alash

Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o’ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamg’alangan holda chiqarishlari shart.


Qadoqlangan va o’ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo’lishi, ularda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatning nimaga mo’ljallanganligi (bolalarga maxsus mo’ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan, oziq-ovqat qo’shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
og’irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini beradigan listenziyasi bor korxonalar uchun);
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.


13-MODDA. OZIQ-OVQATLARNI
SAQLASH VA TASHISH

Oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari shart.




14-MODDA. OZIQ-OVQAT MAHSULOTINI
REALIZAЦIYA QILISH

Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo’lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.


Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo’l qo’yiladi.
Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi:
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo’lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo’lmasa;
saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo’lmasa;
yaroqlilik muddati tugagan bo’lsa;
mahsulot qalbakilashtirilgan bo’lsa;
mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo’lmasa.



Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish