O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik


Karamni turli xil usullarda saqlaganda tabiiy kamayishi, %



Download 2,24 Mb.
bet55/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

Karamni turli xil usullarda saqlaganda tabiiy kamayishi, %

Oylar

Tabiiy kamayish me’yorlari

Saqlash usullari bo‘yicha tabiiy kamayish

omborda

uyumlarda

xandaqlarda

Oktyabr

4,0

-

-

-

Noyabr

3,8

3,0

2,6

0,6

Dekabr

2,0

2,2

2,1

0,7

YAnvar

1,4

2,2

1,3

0,7

Fevral

1,4

2,5

1,5

0,9

Mart

2,1

-

4,3

3,2



Meva-sabzavotlarning fizik xususiyatlari


  • zichlik

  • suv bug‘lanishi

  • terlash

  • mexanik pishiqligi

  • to‘kiluvchanlik

  • o‘z-o‘zidan saralanish

  • g‘ovaklik

  • gaz-bug‘larning sorbtsiyasi va adsorbtsiyasi

  • issiqlik almashinuvi

O‘zlashtirish uchun savollar


1.Saqlash omborlari necha turga bo‘linadi?

2.Vaqtinchalik omborlar xaqida nimalar bilasiz?

3.Doimiy saqlash omborlarining tuzilishi qanday?

4.Sabzavotlar asosan qanday omborlarda saqlanadi?



12- MA’RUZA: KARTOSHKA VA SABZAVOTLARNI SAQLASH TEXNOLOGIYASI
Reja:

  1. Kartoshka-sabzavotlar sifatiga va saqlanishiga yetishtiriladigan sharoitning ta’siri (ob-havo, sug‘orish, o‘g‘itlash va boshqa agrotexnik tadbirlar).

  2. Mahsulotlarni saqlashdagi chidamliligi va saqlanuvchanligi (biologik xususiyatlari, yetilish va tinim davrlari).

  3. Sabzavotlarning fizik xususiyatlari.

  4. Saqlash rejimi.



  1. Kartoshka-sabzavotlar sifati o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi hamda xosilning hajmi, kimyoviy tarkibi, tovarligi va saqlanishi asosan yetishtiriladigan sharoitga bog‘liq.

Uzoq muddatga saqlashga va turli konservalash maqsadlariga mo‘ljallangan, sifatli mahsulot olish muammolari har bir yetishtirish mintaqasiga mos keladigan tur, navni tanlashga va shunga yarasha agrotexnik tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib uning biologik xususiyatlariga to‘gri kelishi kerak.

Bizning mamlakatimizda 30 ga yaqin meva-sabzavotlar yetishtiriladigan mintaqalar mavjud bo‘lib, ularning ob-havo va tuproq sharoitlari bir-biridan keskin farq qiladi. Boshqa tomondan bu mintaqalar o‘zlariga mos keladigan o‘simlik tur va navlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lishi kerak. Masalan, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qovun, Farg‘onada o‘rik, Samarqand viloyatida uzumning kishmish navlarini yetishtirish va quritish, Toshkent viloyatida sabzavotlar yetishtirish va boshqalar. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Sifatli kartoshka-sabzavotlar, ayniqsa kartoshka va ildiz mevaliklar yetishtirishda tuproq xususiyatlari, birinchi navbatda uning mexanik tarkibi katta ahamiyatga egadir. Mexanik tarkibi yengil tuproklarda (qum va qumloq) yetarli oziqa moddalarga va namga ega bo‘lsa, yuqori oziq-ovqat sifatlariga ega bo‘lgan standart kartoshkaning mo‘l xosili olinadi. Mevalar yaxshi yetilib, ularda qalin po‘stloq yuzaga kelib, shakllansa ularda tinim davri o‘z vaqtida boshlanadi va turli fitopatogenorganizmlarga nisbatan qarshiligi oshadi, mevalar yaxshi saqlanadi.

Tuproq turlari ayniqsa ko‘p darajada uzum xosilining hajmi va sifatiga ta’sir etadi. Bu o‘simlik drenaj qilingan, tezda qiziydigan va karbonatlarga boy bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi va xosil beradi.

Hozircha ob-havo sharoitlarida agronomik o‘zgartirishga erishilayotgani yo‘q (do‘l yog‘diradigan bulutlarni artileriya moslamalari yordamida tarqatish bundan mustasnodir).

Namlikning ortiqchaligi o‘sish davrini uzaytiradi va meva-sabzavotlarni yetilish muddatlarini orqaga suradi hamda ularning kimyoviy tarkibidagi asosiy komponentlari miqdorining yig‘ilishiga ta’sir ko‘rsatadi.

SHunday qilib, o‘stirish mavsumidagi ob-havo sharoiti ta’sir ko‘rsatishdan qat’iy nazar, xosilot tegishli agrousullarini qo‘llab, salbiy ta’sirlarni kamaytirishi mumkin. Salbiy ob-havo sharoitida yetishtirilgan mahsulotlarni saqlashda ularning holatini va muxitini doim va muntazam ravishda kuzatib borish zarur.

Sug‘orish va o‘g‘itlash ham hosil hajmini oshirishda va uning sifatini yaxshilashda xizmat qiladi. Ammo sug‘orish va u o‘g‘itni noaniq miqdorida qo‘llash salbiy natijaga olib kelishi mumkin, ya’ni sifat ko‘rsatkichlari pasayishiga, ayniqsa meva-sabzavotlarni yomon saqlanishiga olib keladi.

Sug‘orish va o‘g‘itlashdan tashqari, meva-sabzavotlar sifatiga va saqlanishiga agrotexnika tadbirlarining boshqa usullari ham muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin (qirqish, xomtok, o‘sishni susaytiruvchi moddalar qo‘llash va xosil yig‘ishni to‘gri tashkil etish kiradi).


  1. Kartoshka-sabzavotlar saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy tarkibini, ya’ni tashqi ko‘rinishi, rangi, ta’mi hamda oziq-ovqat qiymati va boshqa xususiyatlarni saqlab qolishdan iborat.

Kartoshka-sabzavotlar saqlashdagi ro‘y beradigan biologik va fiziologik jarayonlarni chuqur o‘rganish va aniq fikrga ega bo‘lish mahsulotlarni sifatli holda saqlashda katta axamiyatga egadir.

Kartoshka-sabzavotlarni ma’lum darajada yo‘qotib saqlanish xususiyati ular saqlashga chidamliligini belgilaydi. Meva-sabzavotlarni mikroorganizmlar bilan ta’sirlanishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati ularning immunitetligi deb yuritiladi. Mahsulotlarning saqlashga chidamligi ularni qulay sharoitda saqlash muddati bilan aniqlanadi. Meva-sabzavotlarni saqlashga chidamliligi ma’lum mintaqa va faslda hamda agrotexnik, texnologik rejimda namoyon bo‘lishi saqlanuvchanlik deb ataladi. Saqlanuvchanlik odatda saqlash davrida mahsulotlarni yo‘qotish og‘irligini foizlarda hisoblangan miqdori bilan belgilanadi.

Umuman olganda meva-sabzavotlarning saqlashga bo‘lgan chidamligini o‘zi tabiiy xususiyatdir. SHuning uchun bir navning o‘zi har xil sharoitda yetishtirilishiga qarab turlicha saqlanishi mumkin.

Kartoshka-sabzavotlarning saqlashga bo‘lgan chidamligi ko‘p omillarga bog‘liq mevalarning katta-kichikligi, zichligi, po‘stining qalinligi, shakli va po‘stining butunligi, rangi hamda boshqa ko‘rsatkichlari ma’lum nav uchun xos bo‘lsa bunday mevalar yaxshi saqlanadi. Mevalarning o‘ziga xos xususiyatlarini cheklanishi ularning saqlanuvchanligini susaytiradi.

Kartoshka-sabzavotlar xosilini yig‘ib olinganidan keyingi biologik xossalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: kartoshka va ikki yillik sabzavotlar: mevalar va mevali sabzavotlar, ko‘katlar, rezavor mevalar va danakli mevalarning ko‘pchiligi.

Kartoshka va ikki yillik sabzavotlarning saqlashga chidamligi ularda kechadigan fiziologik tinim davriga bog‘liq. Bu davr mexanizmi xujayralarning o‘ziga xos o‘zgarishi va moddalar almashinuviga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kartoshka va piyozlarda fiziologik tinim davri ancha uzoq bo‘lib unda o‘suv nuqtalari hatto qulay sharoitda ham uyg‘onmaydi. Boshqa ildiz-mevaliklar esa qulay sharoitda ham rivojlana boshlaydi.

Fiziologik tinim davrida mahsulotlarning tabiiy yo‘qotilishi juda kam bo‘lib, sifati esa deyarli o‘zgarmaydi.

Kartoshka-sabzavotlarning saqlashga chidamligini ularni yig‘ilgandan keyingi yetilish davrining davomiyligiga qarab baholanadi. Mevalar yig‘ilgandan so‘ng ularda bo‘ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida urug‘i, kurtagi va meva mag‘zining to‘la shakllanishi yig‘ishtirilgandan keyingi yetilish deb yuritiladi. Yig‘ishtirilgandan keyingi yetilish davrining davomiyligi bilan mevalarning saqlanish muddati ham aniqlanadi. yetilish davri qancha davom etsa, uni saqlash muddati ham shuncha uzoq bo‘ladi.



  1. Kartoshka-sabzavotlarni saqlash jarayonida ularning fizik xususiyatlarini bilish, saqlashda bu xossalardan ilmiy asosda foydalanish muhim hisoblanadi. Ularning fizik xossalari mahsulotni yig‘ib-terib olishda, tashishda hamda saqlashda katta ahamiyatga ega.

Kartoshka-sabzavotlarning fizik xossalariga ularning suv bug‘lanishi, terlashi, issiqlik almashinuvi, mexanik pishiqligi, sochiluvchanligi, o‘z-o‘zidan navlarga ajralishi, g‘ovakligi (quduqligi) va boshqalar kiradi.

Kartoshka-sabzavotlarning dastlabki kunlari suvni juda tez bug‘latadi, ya’ni mevalar o‘z tarkibidagi erkin suvdan xalos bo‘ladi.

Kartoshka-sabzavotlar idishga to‘kma holda qalin qilib va ustidan havo o‘tishi uchun ochiq joy qoldirilmay joylanganda ular terlay boshlaydi. SHu sababli ular tez buziladi, chunki sirtidagi namlik turli mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi.

Fizik xossalardan yana biri sochiluvchanlik xususiyati ham meva-sabzavotlarni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Ular turli xil shakl va o‘lchamda bo‘lganligi uchun ularning to‘kiluvchanligi past bo‘ladi.

Mahsulotlarni o‘z-o‘zidan saralashning oldini olish uchun ularni o‘lchamlariga qarab navlarga ajratish va katta-kichikligiga qarab kalibrovka o‘tkazish muhim hisoblanadi. Bunda mahsulotlarni tuproq, qum va boshqa chiqindilardan ham tozalash mumkin.

Saqlash davomida mahsulotlar orasida havoning almashinuvi ularning g‘ovakligiga bog‘liq. Meva-sabzavotlarning bir metr kub uyumidagi bo‘shliq hajmi ularning g‘ovakligi deb yuritiladi. Odatda g‘ovaklik 30-50 % gacha bo‘ladi.



  1. Kartoshka-sabzavotlarni saqlashda asosiy saqlash sharoiti - harorat, havoning nisbiy namligi va gaz muhitining tarkibiga bog‘liq. Haroratni pasaytirish maxsulotlarni saqlash davrida biokimyoviy jarayonlarni sekinlashtiradi shuningdek, fitopotogen mikroorganizmlarni rivojlanishini cheklaydi. SHuning uchun sun’iy sovutiladigan omborlarni bunyod etilishi sabzavot va mevalarni uzoq muddat saqlashga erishiladigan yo‘llardan biri.

Kartoshka-sabzavotlarni saqlash uchun sun’iy usulda - sovutgichlarda va tabiiy usulda shamollatish tashqi havo yordamida sovutiladi. Meva-sabzavotlarni muzlashi - 0,5 dan - 3 gradusgacha ro‘y beradi. Mevalarning muzlash harorati ular tarkibidagi suvning miqdoriga bog‘liq.

Kartoshka-sabzavotlarni haroratga nisbatan munosabati bir-biridan tubdan farq qiladi. Ularni quyidagi guruhga bo‘lish mumkin:

00 biroz past va biroz yuqori haroratda yaxshi saqlanadigan - piyoz, sarimsoq, karam: olma, olxo‘ri va uzumning ba’zi navlari: ammo bunday harorat urug‘li sabzavotlarga to‘g‘ri kelmaydi;

00 yaqin va undan biroz yuqori haroratda yaxshi saqlanadigan bu guruhga meva-sabzavotlarning ko‘pchilik tur va navlari to‘gri keladi.

Ikkinchi asosiy sharoitda bu sabzavot va mevalarning saqlashdagi havoning nisbiy namligi. Ko‘pchilik sabzavot va mevalar uchun havoning nisbiy namligi 90 - 95 %, piyoz va sarimsoq uchun esa eng past 75 % past bo‘ladi, chunki ularni bunday yuqori namlikda saqlansa bo‘g‘in kasalligiga duchor bo‘lishi aniq.

Ombordagi havoning solishtirma birligi va tarkibi saqlanadigan mahsulotni kechadigan biokimyoviy jarayonlarga, shuningdek, tovar holatiga va isrofiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.


Savollar:

  1. Kartoshka-sabzavotlarning asosan yaxshi saqlanishiga qanday sharoitlar ta’sir etadi?

  2. Mahsulotlarni saqlashda qanday tinim davrlarni o‘taydi?

  3. Kartoshka-sabzavotlarning fizik xususiyatlarini ta’riflab bering.

  4. Saqlash rejimiga qanday asosiy sharoitlar kiradi?



Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish