O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet146/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Behini saqlash texnologiyasi. Behi odatda havo quruq paytida terib olinadi. Terish paytida uning ustidagi tuki saqlanib qolishi muhim hisoblanadi. Tuk behining saqlashga chidamliligini oshiradi.
Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga qog‘oz to‘shaladi va oralariga qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki kontenerlarga (gaz muhiti boshqariladigan omborlarda) joylashtiriladi.
Behini saqlashda havo harorati 0–1C, nisbiy namligi 85% bo‘lgan omborlarda saqlanadi.
Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo‘lib, ular o‘zidan suvni tez yo‘qotib, so‘liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi.
O‘rik saqlash uchun sal g‘o‘raroq, eti tig‘iz, mazasi naviga xos bo‘lib etilgan paytida uziladi.
O‘rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.
Yirik va o‘rtacha kattalikdagi o‘riklar to‘g‘ri qatorlarga terilib, maydalari esa to‘kma qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog‘oz to‘shaladi uning ustiga ham qirindi se’iladi.
O‘rik 0C haroratda va nisbiy namligi 85–95% bo‘lgan. sharoitda saqlanadi. Bunday sharoitda o‘rikni 1–1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17–25C bo‘lgan omborlarda o‘rikni 8–10 kun saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida o‘rikni 1,5–2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat angidridning miqdori 3–5%, kislorodning miqdori 2–3% va azotning miqdori 92–95% bo‘lishi lozim.
Olxo‘rini saqlash uchun yashiklarga to‘g‘ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo‘ri yashikka to‘kma qilib solinadi. Olxo‘ri harorati 0–1C, nisbiy namligi 90–95% bo‘lgan omborlarda saqlanadi. 1C haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
polietilen xaltachalarda -1C haroratda 2–3 oy saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi: karbonat angidrid 3–4%, kislorod 3%, azot 93–94%.
Olcha va gilos havo harorati 0–1C va nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘lgan omborlarda saqlanadi. Gilosni odatda 30 kun, olchani 10–15 kun saqlash mumkin. Lekin polietilen xaltachalarga 1 kg dan joylashtirilgan olchani bir oygacha, boshqariladigan gaz muhitida (SO2–10%, O2–11%, N2 79%) 1,5 oygacha saqlash imkoni bor.
Qulu’nayni sovutkichda 0C haroratda va nisbiy namlik 90–95% bo‘lganda 3–5 kun, boshqariladigan gaz muhitida 10–15 kun saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi SO2–5–8%, 02 3%, N2–89–92% bo‘lishi talab qilinadi.
Sitrus mevalar 20 kilogrammli yashiklarga shaxmat yoki diagonal usulda teriladi. Har bir meva yu’qa qog‘ozga o‘raladi. O‘rov qog‘oziga 1 mg difenil eritmasi shimdirilsa, meva yaxshi saqlanadi.
Sitrus mevalar 0C atrofidagi haroratda saqlanadi. Limon 2–3C haroratda, 85–90% nisbiy namlikda, mandarin va a’elsin esa 1–2C haroratda to‘rt–olti oy saqlanishi mumkin.Limonlarni boshqarilib turiladigan gaz muhitida 10C haroratda olti oygacha saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi 02–10%, N2–90% bo‘lishi lozim.
Sitrus mevalarning pishib etilishini tezlashtirish uchun etilendan foydalaniladi. Bunda 1 l
havoga 10 mg etilen gazi aralashtiriladi.





1 rasm. Zamonaviy meva omboridagi texnologik tizimlar



Uzumni saqlashning zamonaviy texnologiyalari. Uzum uzilgandan so‘ng uni omborga joylashga alohida e’tibor berish lozim. Saqlashga qo‘yiladigan uzumni uzilgandan so‘ng tezda sovuq joyga joylashtirish lozim. Bunday sharoitda 24 soatgacha quyosh tushmaydigan salqin joyda turishi kerak.
G‘.Isroilov ma’lumotiga ko‘ra, agar uzum 20–25C issiq joyda bir kun tursa saqlanish muddati 15–20 kunga qisqaradi. Uzumning harorati 9–10C ga pasaytirilsa nafas olish intensivligi ikki marta pasayadi. Shu sababli, uzumning sifatli saqlanishini ta’minlash uchun, iloji boricha tezroq omborga joylashtirish lozim. Uzumni doimiy saqlanadigan joyga joylashtirishdan ilgari dastlabki sovitish bo‘lmasida 5–8C haroratda 8–10 soat saqlanadi. Aks holda uzum bevosita saqlash bo‘lmasiga joylashtirilsa, bo‘lma havosining harorati ko‘tarilib ketadi, natijada bo‘lmada saqlanadigan boshqa mahsulotlarning terlab buzilishiga olib keladi.
Uzumnnng issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lganligi sababli, sovutgichda ancha uzoq vaqt soviydi. Ko‘pincha uzum 5–8 sutka mobaynida soviydi va uning harorati 1 va 0C ga tushadi. Ko‘pincha mahsulotni sovitishni jadallashtirish maqsadida bo‘lmalarga sovuq havo yuboriladi, bu esa sovitish muddatini 2–3 marta qisqartiradi.
1-jadval
Uzumni saqlash usulining uning sifatiga ta’siri

Uzumning navi

Saqlash
muddati, tun

Og‘irligining
kamayishi, %

Buzilganlari,
%

Umumiy
yo‘qotish, %

Yer to‘lada saqlaganda

Ararati

100

29,34

0,68

30,02

Mexali

108

28,04

1,97

30,01

Sovutgichda saqlaganda

Ararati

200

4 12

0

4,12

Mexali

200

5 02

0,82

5,84

Dastlabki sovitish bo‘lmasi bo‘lmagan omborlarda avval bo‘lmaning 30–40% uzum joylashtiriladi, 3–4 kundan keyin yana ma’lum qismi uzum bilan to‘ldiriladi.


Odatda, uzumning O‘rta Osiyoda yetishtiriladigan xo‘raki navlari 3–5C haroratga chidaydi. Shu sababli saqlash uchun normal harorat -1–0C hisoblanadi. Uzum saqlash jarayonida ana shu harorat doimiy bo‘lishi lozim.
Havoning nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘ladi. Agar 80% dan kam bo‘lsa, uzumning bandi so‘liy boshlaydi.
Havoning harorati -2C past bo‘lmasligi lozim. Aks holda mevalar muzlab qolishi va moddalar almashinuvi jarayoni buzilishi mumkin. Uzum muzlaganda o‘z xossasini qayta tiklamaydi.
Sovutish batareyalariga yaqin joydagi uzum muzlab qolmasligi uchun batareyalar polietilen plyonka yoki qo‘ mato bilan to‘sib qo‘yiladi. Saqlanuvchanligi yuqori bo‘lgan uzumlarni sovutgichlarning ichkari qismiga joylashtirish lozim.
Saqlanadigan uzumning holatini muntazam tekshirib borish uchun ularning eni to‘rt qator yashik enidan oshmasligi lozim. Har qator orasida yo‘lakcha qo‘yilishi lozim. Yashiklarning qavati 10–12 qilib, sovutish va yoritish asboblaridan 50–60 sm, devordan esa 30–40 sm nariga taxlanadi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish