II.TADQIQOT O’TKAZISH SHAROITI VA USLUBI.
2.1. Tadqiqot o’tkazish sharoiti.
Tadqiqot ishlari 2020-2021 yillarda Termiz agrotexnologiyalar va innavatsion rivojlanish instituti Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi va Termiz tuman agro pilla MChJ sharoitida bajarildi.
Termiz tumanida jami 319 gektar tut plantatsiyalari mavjud bo’lib, baland tanali tutzorlar, buta tutzor, intinsiv tutzorlar hamda qatorlab eqiladigan tutzorlar.
Ma’lumot uchun 2022 yilda Termiz tumanida 625 ming tup tut ko’chati ekish rejalashtirilgan bo’lib, shundan bahorgi mavsumda 445 ming tup ko’chat ekildi. Pilla sifatini yaxshilash, boqilgan har bir quti qurtdan olinadigan pilla hosilini imkoniyati boricha oshirish bir qator agrotexnika va tashkiliy tadbirlarga amal qilishni talab etadi.
Tutchilikning asosiy vazifalaridan biri ko’chatlarni muttasil ko’paytirib borish asosida ipak qurtining oziq bazasini tobora mustahkamlashdir.
Tut daraxtlari jinsiy (urug’dan) va jinssiz (vegetativ-payvandlash parxishlash, qalamchasidan o’tkazish) yo’li bilan ko’paytiriladi.
Tutni urug’dan ko’paytirish eng qadimiy usullardandir. Urug’ sepish texnik jihatidan oson bo’lib, ko’p mehnat va mablag’ sarflanmaydi.
Tutni urug’idan ko’paytirishning o’ziga xos kamchiligi ham bor. Jumladan, tut daraxti asosan ikki uyli bo’lganligi uchun tabiiy holatda ayrim navdor urg’ochi gulli daraxtlar boshqa bir xashak tut changi bilan changlanganda, bunday urug’dan yetishtirilgan ko’chatlar sifatsiz bo’ladi. Bundan tashqari, urug’dan o’stirilgan tutning voyaga yetishi uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Urug’dan o’stirilgan ko’chatdan tashkil qilingan buta shaklidagi tutzorlardan 3, 4 va baland tanali tutzorlarning bargidan ipak qurti boqish uchun 7-8 yili foydalanish mumkin. Chunki buta tutzoga ekiladigan nihol bir yil niholzorda 2 yoki 3 yil yangi ekilgan joyda, baland tanali tut darxtlari o’stirishda esa, ko’chat 1 yil niholzorda, 2 yil ko’chatzorda, 3 yoki 4 yil baland tanali tutzorda yoki qatorlab ekilgan joyda o’sishi zarur. Bundan tashqari urug’dan o’stirilgan tut daraxtining mavqega kirishi ham shunga yarasha kechikadi.
Tutni vegetativ usulda o’stirishda ona daraxt o’zining irsiy hususiyatini saqlab qoladi. Payvand va parxish qilingan hamda qalamchasidan o’stirilgan tutlarning bargi va mevasidan 2 yoki 3 yiliyoq foydalanish mumkin. Parxish va qalamchalash usullarini qo’llash tufayli tashqi muhit tasirida yaxshi xususiyatli bo’lib qolgan (mutatsion o’zgaruvchanlik hosidasi ro’y bergan) ona daraxt novdasidan ko’paytirish yo’li bilan uning irsiyatini saqlab qolish mumkin. Biroq, payvandlash usuli bilan yuqoridagi o’zgaruvchan irsiy hususiyatni butunlay o’zgartirmay saqlab qolish mumkuni emas.
Chunki, payvando’st payvandtagga va aksincha, payvandtag payvando’stga tasir qilib, biri ikkinchisini qisman o’zgartirishga sabab bo’ladi. Bunday o’zgarish ro’y berishi uchun uzoq vaqt talab qiladi.
Vegetativ usulni ham o’ziga yarasha ayrim kamchiligi bor. Masalan, ona daraxt kasallangan yoki zararkunandalar ta’sirida zaiflashgan bo’lsa, bunday o’simliklarda vegetativ yo’l bilan urchitilgan yosh darxtlar kasallanib, boshqa o’simliklarni zararlantirishi mumkin. Shu sabali vegetativ usulda ko’paytirish uchun sog’lom, baquvvat va yaxshi navli tut daraxtlarini tanlash lozim.
Shunday qilib tutning urug’idan va vegetativ usullarda ko’paytirish afzalliklari bilan birga ularning kamchilikalri borligini ham ko’rib o’tdik. Shu munosabat bilan tutni ko’paytirishda qaysi bir usulni qo’llash kerak degan savol tug’iladi. Odatda, tutchilikda har ikki usulni qo’llashga to’g’ri keladi. Ko’plab tut niholi va ko’chatalrini yetishtirishda asosan urug’idan ko’paytirilib, kam hosil tutlarning serhosil navdor tutlarga aylantirishda esa vegetativ usuldan foydalaniladi.
Dissertatiya ishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan muommolarni o’rganishda, o’xshashlik bo’yicha kelib chiqishi, tutlarni yoshidan kelib chiqqasn holda yuz donadan tut ko’chatlari tanlab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |