KIRISH Mavzuni dolzarbligi: O’zbekistonda pillachilikni yanada rivojlantirish, uning oziq bazasini muttasil mustahkamlashni talab etadi. Tut daraxtining xo’jalik jihatidan eng ahamiyatli qismi bargi bo’lib, u ipak qurtining yagona ozig’idir. Tut bargida ipak qurtining ehtiyojini to’liq ta’minlovchi oziq moddalar – qand, oqsil, yog’, suv, fermentlar va har xil vitaminlar mavjuddir. Ipak qurti urug’i jonlanishi bilanoq tut bargi bilan oziqlanadi va pirovardida pilla o’raydi. Tut bargi qancha mo’l bo’lsa, shuncha ko’p miqdorda qurt boqilishi va shuncha ko’p pilla yetishtirish mumkin bo’ladi.
Respublikamiz pilla, ipak xomashyosi va ipakli gazlamalar ishlab chiqarish uchun juda katta tabiiy sharoitlarga ega hamda yetarli darajada mehnat kuchlari bilan ta’minlangan. Tarmoqni yanada rivojlantirish faqat pillakorlar daromadini oshiribgina qolmay, balki valyuta talab qiladigan mahsulotlar olish imkonini ham beradi.
Respublikamizda ipakchilik soxasini rivojlantirish bo’yicha qator chora-tadbirlar ko’rmoqda. Xususan, 2017 yilning 29-mart sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2856- sonli qarori e’lon qilindi. Unda ko’zda tutilgan asosiy masalalarni quyida keltirib o’tamiz;
Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish, pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish kabi o’suvor vazifalar belgilab berilgan.
Yangi tashkil etilgan «O’zbekipaksanoat» uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari qarorning quyidagi bandlarida o’z aksini topgan:
- ozuqa bazasini takomillashtirish bo’yicha:
-tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sug’oriladigan yer maydonlari ajratish bo’yicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o’zaro samarali hamkorlikni ta’minlash;
-ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo’lga qo’yish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
-ipak qurti urug’i va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash bo’yicha:
Pillachilikning oziq fondini mustahkamlash va yaxshilashning asosiy manbalari quyidagilardan iborat: tutzorlarni kengaytirish, dala chetlariga, yo’l yoqalariga tut ko’chatlarini o’tkazish va ularni yaxshi parvaishlash tufayli barg hosilini ko’paytirish; va mexanizatsiyadan ratsional foydalanish asosida tut barglari tannarxini arzonlashtirish; tutzorlarni yaxshi navli tutlar qalamchasi va payvandlash yo’li bilan yetishtirilgan serhosil ko’chatlardan tashkil qilish barg sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta’siridan saqlashda ihota vazifasini bajaradi. Bu xildagi ekilgan tutlarning bargidan ipak qurtiga yetishtirish mumkin. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ihota daraxtlari o’z tanasidan yer osti suvlarni bug’lantirib, sizot suvlari sathini pasaytirishga hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yordam beradi. Binobarin, sho’rlanish va botqoqlanishiga qarshi tut daraxtlarining ahamiyati anchagina kattadir. Kelajakda pillachilikni oziq manbaini miqdor va sifat jihatidan yaxshilash, uni iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun sug’oriladigan yerlarni va suvni tejash hamda respublikada pillachilikning iqtisodiy samaradorligini oshiish nuqtai nazaridan oziq manbaiga sekin-asta tutzor asosida tashkil qilishga to’liq o’tish talab etiladi. Lekin bunday uchun ma’lum vaqt kerak. Shu sababli, hozirgi kunda mavjud qatorlab qilgan duragay daraxtlar va tutzorlarning barg hosildorligi va mahsuldorligini hamda barg yetishtirishni to’liq xo’jalik hisobiga o’tkazish lozim. Buni hal qilish uchun tutchilikda zveno ijara pudratin tuzish yoki boqiladigan qurt qutisi miqdoriga qarab tut daraxtlarini pillakorlarga bo’lib berish kerak. Bu ikki holatda ham ularga iqtisodiy jihatdan ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratib berish zarur. Ayni vaqtda yalpi barg hosildorligini oshirish maqsadida qarib, hosildan qolgan tutlarni sekin-asta qo’porib; o’rni chuqur (50-60 sm) haydalishi lozim. O’g’itlangan yerga yoki yangidan tashkil qilinadigan tutzorlarga tumanlashtrilgan navli ko’chatlarni zichlashtirilgan sxemalar (gektariga 20-22 ming dona) asosida ekish, o’z vaqtida yuqori darajada parvarish qilish zarur. Shuni hisobga olib yaqin yillar ichida davat tut ko’chatzorlarida faqat tutlar bilan payvandlangan va qalamchalash orqali yetishtirilgan ko’chatlarni ko’paytirish va tarqatish kerak. Chunki navli tutlardan tashkil qilingan tutzorlarning mahsuldorligi duragay tutzorlarnikiga nisbatan 2-2,5 baravar ko’p va to’yimlidir. Sifati navdor ko’chatlarni yetishtiradgan davlat ko’chatzorlarni ishchi va xizmatchilarni moddiy ahvolini yaxshilash uchun ko’chatlarning ulgurji narxini davlat tomonidan kamida 2 baravar oshirish maqsadga muvofiqdir. Chunki hozirgi kunda navli tut ko’chatlarining narxi mevali ko’chatlarnikiga qaraganda 3-4 mata arzon. Pillachilikning oziq manbaini surunkali ko’paytirish va tejashning yana bir omili qurtning yoshi va boshqish muddatlariga qarab tut daraxtining bargidan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanishdir.
Tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta’siridan saqlashda ixota vazifasini bajaradi. Bu xildagi ekilgan tutlarning bargidan ipak qurtiga oziq sifatida qisman foydalanish va mevalardan urug’ olinib, ko’chat yetishtirish mumkin. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ixota daraxtlari o’z tanasidan yer osti suvlarini bug’lantirib, sizot suvlari satxini pasaytirishga xamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yordam beradi. Binobarin, sho’rlash va botqoqlanishiga qarshi tut daraxtlarining ahamiyati anchagina kattadir.
Har qanday agronom, jumladan pillachilik bo’yicha mutaxassis tut daraxtidan yuqori hosil olishga erishishi uchun uning organlari tuzilishi, tutni tashqi muxit omillariga bo’lgan munosabati, ko’paytirish usullarining agroqoidasi va tut bargi bilan ipak qurti boqish usullari bilishi zarur. Ipakchilikni tobora rivojlantirish, uning oziqa bazasini mustahkamlashda sifatli navdor tutlarni ko’paytirish katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra Respublikamizda tut daraxtlari ekiladigan maydonlar yildan – yilga ortib bormoqda va qarigan tut daraxtlari o’rniga yaxshi oziqa beruvchi buta tutzorlarni tashkil qilish talab qilinadi.
Tut daraxtlarining bargsiz qalamchalarini ochiq yerda ildiz oldirish eng oddiy va iqtisodiy jihatdan arzonga tushadigan usullardan hisoblanib, bir yilda o’z ildiziga ega bo’lgan ekish materiallari ko’chat yetishtirish va ulardan qisqa vaqt ichida oziqa beruvchi tut daraxtlari hamda buta tutzorlar barpo etish mumkin.