O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Mulk huquqi. Xususiy mulk



Download 209,94 Kb.
bet56/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

10-mavzu Mulk huquqi. Xususiy mulk
Reja
1. Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni.
2. Ashyoviy huquqlar.
3. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari.
4. Xususiy mulk huquqining tushunchasi.
5. Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari.
6.Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari.
Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni
Majburiyat huquqlari bilan ashyoviy huquqlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar. Shu ma’noda ashyoviy huquqlar mulk muayyan subyekt tomonidan egallanishini, unga mansubligini tavsiflab beruvchi iqtisodiy munosabatlarni, ya’ni doimiy muvozanat (statik) holatini ifodalovchi munosabatlarni, majburiyat huquqlari esa bir shaxsdan ikkinchi shaxsga tovar harakati, mol-mulk oʻtishi jarayonini, ya’ni dinamik munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladilar. Ashyoviy huquqlar mohiyatini va ularning boshqa fuqarolik huquqlardan farqini toʻlaroq tushunish uchun ashyoviy huquqlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlarini ajratish lozim.
Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning mutlaqligi, ushbu huquqlarning (mulk huquqi, xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan huquqini buzmaslikka majbur subyektlarning cheklanmagan doirasiga qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u bilan majburiyat munosabatlarda boʻlgan shaxslarning cheklangan guruhi qarshi turadi.
Ashyoviy huquqlarning navbatdagi farqlovchi xususiyati boʻlib, uning obyekti hisoblanadi. Majburiyat huquqlardan farqli oʻlaroq ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlib xususiy alomati bilan belgilangan ashyolar hisoblanadi. Turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar, nomoddiy ne’matlar ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlmaydi. Majburiyat huquqlardan farqlanib ashyoviy huquqlar qonun bilan oʻrnatiladi. Ushbu holda qonun deb FK va oʻzga qonunlar tushuniladi. Fuqarolik huquq subyektlari shartnoma va boshqa bitimlar asosida ashyoviy huquqlarning yangi turlarini vujudga keltirish huquqi yoʻqligini alohida ta’kidlash lozim. Aksincha, majburiyat munosabatlari ishtirokchilari qonunda nazarda tutilgan ham, tutilmagan ham, lekin unga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish huquqiga ega.
Ashyoviy huquqning oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlib ergashma huquq hisoblanadi. Ergashma huquqning mohiyati ashyoga nisbatan mulk huquqi va oʻzga ashyoviy huquqlar boshqa shaxsga oʻtishi ushbu huquqlar tugatilishiga asos boʻlib hisoblanmasligidir. FK 169-moddasining ikkinchi qismiga binoan mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi, bu mol-mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarning bekor boʻlishi uchun asos boʻlmaydi. Agar ashyo oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa subyektga oʻtgan boʻlsa, ashyoviy huquq uning ortidan borishda davom etadi. Bu borada fuqarolik huquqi nazariyasida, shak-shubhasiz, mulkka nisbatan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtishi, ushbu mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarni tugatilishi uchun asos emasligi e’tirof qilingan.
Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi (boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi. Mulk huquqining tushunchasi FKning 164-moddasida belgilangan. Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga egallik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil etadi. Bu nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy institutidir. Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk huquqi ham, qonun tomonidan boshqarishga vakolat berilgan shaxsning ma’lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir. Ushbu nuqtayi nazaridan u oʻz egasiga – mulkdoriga unga tegishli boʻlgan mulk xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq xoʻjalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Xorijiy mamlakatlarda mulk huquqiga oid qoidalarga e’tibor qaratsak, shu narsa ma’lum boʻladidki, xorijiy mamlakatlarda mulk huquqining turli konstruksiyalarni klassifikatsiya qilishning yagona universial asosi belgilanmagan. Shu bilan birga, pretsedentlarga yo‘naltirilgan ingliz umumiy huquqini qabul qilgan AQShda mulkchilik munosabatlar garchi Konstitutsiya darajasida nazarda tutilsada (AQSh Konstitutsiyasiga V, XIV qo‘shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng ifodalanishi alohida shtatlarning qonunchiligi va sud qarorlarida mustahkamlangan. Qolaversa, fuqarolik huquqi nazariyasi nuqtai nazaridan amerika mulk huquqi modelining asosida ushbu huquqning sub'ektiv tarkibi masalasi yotadi. AQSh mulk huquqi modelini oddiy va murakkab tuzilishli turlarga ajratish mumkin1. Oddiy yoki soddalashtirilgan model “bitta ashyoga – bitta to‘la huquqli mulkdor” tamoyiliga asoslanadi. Bu konstruksiyada mazkur ashyoga u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa shaxslar “boshqa huquqli” shaxslar hisoblanadi va ashyoning mulkdori o‘zining egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishga dior vakolatlari yakka o‘zi amalga oshiradi. Shu ma’noda mulk huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb etadi. Angliyada 1925 yilda “Mol-mulk to‘g‘risida”gi Qonun (Law of Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi mutlaq tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, ingliz mulk va egalik qilish huquqi rim huquqidagi ayniy tushunchalarga mos kelmaydi, ingliz huquqi mutlaq emas, ustuvor vakolatlarni belgilash tizimi hisoblanadi2.
Germaniya Fuqarolik Tuzuklari (GFT) da mulk yoki xususiy mulk atamasilarning izohi berilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Germaniya fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, mulk huquqi keng mazmunli ashyoviy huquqning bir turi bo‘lib, faqat egasiga o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanish yo‘nalishini belgilash, mol-mulkka nisbatan to‘liq xo‘jalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyati beradi. GFTda mulk huquqi tushunchasi berilmagan, aksincha, mazkur tushuncha mulk huquqining mazmunini bayon etish yo‘li bilan izohlangan. Shunga qaramasdan, GFTning 903-moddasida mulk huquqining fuqarolik-huquqiy ta’rif mavjud. Unga ko‘ra, ashyoning egasi qonun yoki uchinchi shaxslarning huquqlari to‘sqinlik qilmaydigan darajada ashyoni o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf etishi va boshqa shaxs tomonidan har qanjay ta'sirni bartaraf etishi mumkin. Mazkur ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida vakolatlarning oddiy yig‘indisi emas, balki o‘ziga xos alohida huquq sifatida belgilangan.
Ingliz-amerika huquq tizimidan farqli ularoq, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimi mansub boʻlgan qit’a huquq tizimida mulk huquqi “bitta ashyo – bitta mulkdor” oddiy mulk huquqi modeliga tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik qilib, unga muvofiq bitta mulkka bir necha shaxslarning huquqi e’tirof etiladi. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi qit’a modeli asosida mulk huquqining muhim xususiyatlarini belgilaydi. Shu bois Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, mulkdor tomonidan oʻz qonuniy vakolatlarining bir qismini va hatto aksariyat qismini boshqa shaxsga berilishi mulkdorning ashyoga nisbatan mulk huquqini yoʻq boʻlishini bildirmaydi. Faqat ashyo boshqaning tasarrufiga oʻtganida (sotilganda, almashtirilganda va h.k. ), unga nisbatan boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtadi. Shunday qilib, milliy mulk huquqi tizimiga muvofiq bitta mulk obyektiga nisbatan bir necha mulkdorlar boʻlishi mumkin emas.
FKning 164-moddasida qonun chiqaruvchi mulkdorning an’anaviy qonuniy huquqlari “triadasi” (mulkga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish) bilan bir qatorda mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun “oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz manfaatlarida” kabi mezonlarni ishlatadi. Bu amaldagi FKning oʻziga xos novellasidir. Mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish tushunchalari bilan yanada batafsilroq tanishib chiqish lozim. Shu sababdan ta’kidlash kerakki, oldingilari kabi amaldagi FK ham mulkdorning ushbu huquqlari mazmunini ochib bermaydi. Mulkdorning huquqlari faqat oʻz mulkiga nisbatan ma’lum tarzda harakatlar sodir etishning amaldagi imkoniyati bilan cheklanib qolmasligi kerak, balki uning oʻz hukmronligini amalga oshirishning yuridik imkoniyatidir.
Egalik qilish huquqi – shaxsning ashyoga nisbatan yuridik hukmronligi, unga amalda va xoʻjalik jihatidan egalik qilishidir. Egalik qilish mulk huquqining zaruriy elementi boʻlib, foydalanish huquqi bilan ajralmas bogʻliq, chunki ashyodan mustaqil foydalanish uchun bir vaqtning oʻzida unga egalik qilish ham kerak. Mulkka egalik qilishni mulkdor ham, mulkdor bilan shartnoma asosida yoki oʻzga huquqiy asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara shartnomasi boʻyicha ijarachining, garov shartnomasi boʻyicha garovga beruvchining mol-mulkiga egalik qilish, meros qilib qoldirish asosida umrbod egalik qilish huquqi boʻyicha mol-mulkka egalik qilish, xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va boshq. Bu holda egalik qilish mulk huquqining emas, balki boshqa subyektiv fuqarolik huquqlarning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi. Bizning huquqiy tizimimizda egalik qilish mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi.
Ashyoga egalik qilish qonuniy va noqonuniy boʻlishi mumkin. Egalik qilish shartnomaga asoslangan yoki oʻzga huquqiy asoslarda (huquqiy titulda) boʻlsa, u qonuniy hisoblanadi. Bunday egalik qilish mulkdorning egaligi bilan baravar qonunning himoyasida boʻladi. Har qaysi huquqiy titulga asoslangan egalik kilish, agar mulkdor yoki u ashyoni egalik qilishga berayotgan shaxs tomonidan qonunchilikning barcha shartlari bajarilganidagina vujudga keladi. Mulkdor boʻlmagan shaxsning egalik qilish huquqi mulk huquqiga qaraganda hosila va tobe tusga egadir, chunki u mulkdor belgilagan doirada amal qilishi mumkin.
Qonuniy titulga asoslanmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi. Noqonuniy egalik qilish kimningdir subyektiv fuqarolik huquqlari buzilishini nazarda tutadi, shuning uchun ham qonun tomonidan himoya qilinmaydi. Faqat bir holatdagina, mulk huquqini vujudga keltiruvchi egalik qilish muddatiga asoslangan titulsiz egalik qilish qonun tomonidan himoya qilinadi.
Foydalanish huquqi – ashyodan foydalanish jarayonida uning foydali, xoʻjalik xususiyatlarini yuridik jihatidan ta’minlangan iste’mol qilish imkoniyatidir. Foydalanish huquqining mazmuniga ashyo keltiradigan hosil va daromadlarni oʻzlashtirish huquqi ham kiradi. Masalan, FK 92-moddasiga muvofiq, ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
Foydalanish huquqi egalik qilish huquqiga asoslanadi. Shuning uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor egalik qilish huquqi bilan ushbu huquqlarni taqdim qilgan shaxslar ham olishlari mumkin. Demak, kim mulkka egalik qilsa, u undan foydalanish imkoniyatiga egadir. Chunki, ashyoga egalik qilmasdan, undan foydalanish mumkin emas. Foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlanadi va uchinchi shaxslarning tajovuzidan himoya qilinadi. Bu bilan birga, amaldagi qonunchilik uni amalga oshirish chegaralarini belgilab qoʻyadi. Foydalanish huquqini amalga oshirishda mulkdor va oʻzga titul egalari boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun tomonidan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmasliklari kerak, axloqiy tamoyillarni va jamiyatning ma’naviy me’yorlarini hurmat qilishlari kerak. Qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga tegishli boʻlgan foydalanish huquqini himoya qilishda rad javobini berishi mumkin.
Tasarruf etish huquqi – mulkdorning ashyoga nisbatan yuridik va faktik harakatlarni amalga oshirish orqali uning amaldagi va yuridik taqdirini qonun tomonidan kafolatlangan belgilash imkoniyatidir. Egalik qilish va foydalanish huquqlaridan farqli oʻlaroq, tasarruf etish huquqi faqat mulk egasiga tegishlidir. Ashyolarning yuridik taqdirini belgilash ularni sotish, almashtirish yoki boshqalar tasarrufiga oʻtishning boshqa shakllari orqali amalga oshiriladi, ashyolarning amaldagi taqdirini tasarruf etish esa mulkni iste’mol qilish yoki uni yoʻq qilish orqali amalga oshiriladi. Mulkdor tasarruf etish huquqini amalga oshirib, ashyoga nisbatan mulk huquqini bekor qilishi (sotib yuborish, hadya qilish, almashtirish, xoʻjalik jamiyatlar yoki shirkatlarning ustav fondiga berish va h.k.) yoki egalik qilish va foydalanish boʻyicha huquqlar (ijaraga, saqlashga berish) amalga oshirilishini vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin.
Qonun hujjatlarida mulkdor tomonidan tasarruf etish huquqini amalga oshirish boʻyicha ma’lum cheklashlar va taqiqlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, mulk xatlanganda, qonunchilikda nazarda tutilgan bankrotlik taomillari joriy qilinganida, mulkdor tasarruf etish huquqini vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin emas.
Mulk huquqi tushunchasiga “oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz manfaatlarida” kabi kategoriyalarni joriy qilish, birinchidan, mulkdorlar va boshqa titulli egalik qiluvchilarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini farqlaydi, ikkinchidan esa, mulk huquqining faqat qonun bilan cheklangan boʻlib, unga tegishli mulkka nisbatan har qaysi harakatlarni amalga oshirishda namoyon boʻladigan mulk huquqining mutlaq xususiyatini isbotlab beradi. Albatta, “oʻz manfaat”iga mulkdor boʻlmagan egallovchilar ham ega boʻladi, lekin ular mol-mulkka nisbatan harakatlarni mulkdorning xohishi asosida amalga oshirishlari lozim boʻladi. Mulk huquqi mutlaq (absolyut) huquqdir, chunki bunday huquqiy munosabatda huquqdor shaxsga (mulkdorga) har biri mulkdorning huquqlarini buzishdan oʻzlarini saqlashlari shart boʻlgan burchli (mulkdor boʻlmagan) shaxslarning nomuayyan doirasi qarshi turadi. Mulkdorga tegishli boʻlgan ashyoni egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda uning manfaatini qondirish, agar mulkdor oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish va boshqalarning unga har qanday ta’sir koʻrsatishidan chegaralash mumkin boʻlgandagina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu manfaatni qondirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi subyektiv mulk huquqi boshqa shaxslardan unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda toʻsqinlik qiladigan harakatlarni bajarishdan oʻzlarini saqlashlarini talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Mulk huquqining muddatsizlik tamoyili oʻrnatilishi FK novellasidir. Mazkur tamoyil mulkdor oʻz mulkidan foydalanishda, istagan vaqtida oʻz ixtiyoriga koʻra mulk huquqini amalga oshirishda muddatsiz huquqqa ega ekanligini bildiradi.
Mulk huquqi mutlaq huquqdir va qonun bilan qoʻriqlanadi. “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi).
Mulk huquqi nafaqat fuqarolik qonunchiligi me’yorlari bilan, balki jinoyat, ma’muriy, mehnat, yer va oila qonunchiligi me’yorlari bilan qoʻriqlanishi, har qaysi jamiyatni normal, madaniy mavjudlik sharti sifatida, har qaysi huquqiy tizimning muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Mulk daxlsizlik tamoyili mulkdorga oʻz manfaatlarida unga tegishli mulkdan, boshqalarni oʻzboshimchalik bilan aralashishlari yoki ta’qiqlashlari yoxud foydalanishda cheklashlaridan qoʻrqmasdan, foydalanish imkoniyatini ta’minlashni bildiradi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi mulk munosabatlari mustahkamligi va barqarorligini saqlab qolish va qoʻllab-quvvatlash uchun mulkni olib qoʻyish va mulk huquqining cheklash tartib va asoslarni maxsus tartibga soladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ta’kidlanadiki “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Konstitutsiyada “xilma-xil shakllardagi mulk”, “barcha mulk shakllari himoyalanishi” haqida aytilishiga qaramay, bugungi kunda mulk shakllarining roʻyxati xususiy mulk va ommaviy mulk bilan chegaralanib qoladi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik lozimki, mulk shakllari tushunchasi Konstitutsiyada ham, FK ham tushuntirib berilmaydi. Mulk shakllarining ajratilishi manfaatlar turli boʻlishi belgisi boʻyicha amalga oshiriladi. Rim huquqidayoq ommaviy va shaxsiy manfaatlar qarshi qoʻyilgan. Rim yuristi Ulpianning aytishicha, “Ommaviy huquq bu Rim davlatining holatiga tegishli boʻladi, xususiy huquq esa alohida shaxslarning manfaatiga tegishli boʻladi”.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli boʻlishi mumkin.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki boʻlishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek aqliy mulk obyektlari mulk boʻlishi mumkin. FKning 172-moddasiga koʻra, mulkdorning oʻz huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyishga majbur. Mulkdor oʻzining ustunlik mavqeini suiste’mol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan oʻzga harakatlarni qilishga haqli emas.
Mulkdor oʻz huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sogʻligʻiga va atrof muhitga zarar yetkazishining oldini olish choralarini koʻrishga majbur.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish