O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Vakillik va ishonchnoma



Download 209,94 Kb.
bet41/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

8-mavzu Vakillik va ishonchnoma
1.Vakillik tushunchasi.
2. Vakolat lar
3. vakillik turlari.
4. Ishonchnoma.
5. Ishonchnoma turlari


Vakillik tushunchasi
Shunday paytlar bo‘ladiki, shaxslar o‘z huquq va majburiyatlarini bevosita o‘zlari amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladilar. Bunday hollarda ularga fuqarolik huquqidagi vakillik instituti haqidagi tushunchalar yordam beradi. Vakillarning xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj bo‘ladilar. Shu sababli ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki davlat organining hujjati asosan vujudga keluvchi vakillik institutining vazifasi vakolat beruvchi nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltirish, o‘zgartirish va bekor qilishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida shaxslarning huquq va erkinliklari davlat tomonidan kafolatlanishi belgilangan. Zero qonunchikning eng asosiy vaziflaridan biri ham aynan shaxslarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ularning daxlsizligini kafolatlashdir. Fuqarolik qonun hujjatlari ham shaxslarning subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda tengligi va o‘z huquqlarini amalga oshirishda hech qanday to‘siqlarsiz, erkin harakat qilishni ta’minlashga qaratilgandir. Bunda fuqarolik huquqi subyektlari har qanday holatdan qat’i nazar huquq layoqatiga ega ekanligi etirof etiladi. Qolaversa, shaxslar ayrim subyektiv va obyektiv sabablar bilan o‘z huquqlarini o‘zi amalga oshira olmasalar boshqa shaxslar yordamida, ya’ni o‘z vakillari orqali bu huquqlarini amalga oshirishlari mumkin.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida vakillik instituti shaxslarning huquq va burchlarini amalga oshirishlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rnini quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
- jamiyatdagi subyektlarning huquq va majburiyatlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- shaxslarning o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
- shaxslarning qonuniy huquq va erkinliklari buzilishining oldini oladi;
- subyektlar o‘rtasida o‘zaro huquqiy munosabatlarining barqarorligini ta’minlash va boshqa vazifalarni bajarishi bilan jamiyat taraqqiyotida muhim hisoblanadi. Vakillik bu kecha yoki bugun vujudga kelgan institut emas, balki insoniyat rivojlanishining barcha davrlarida muayyan shaklda rivojlanib kelgan, ayniqsa, qadimgi Misr, Chin, Yunon va Rim davlatlarida savdo va hunarmandchilik faoliyatida undan keng foydalanilgan. Qadimgi Rimda vakillik asosan topshiriq shartnomasi ko‘rinishida yuzaga kelgan. Bunda bir taraf (mandant) topshiriq berishi va ikkinchi tomon (mandatariy) uning vakili sifatida topshiriqni bajarishni o‘z zimmasiga olishi lozim bo‘lgan. Vakillik predmeti sifatida yuridik harakatlar ham, faktik tusdagi xizmatlar ham e’tirof etilgan. Vakillik keyinchalik XVIII-XIX asrlarga kelib ancha takomillashtirildi va ayrim o‘zgarishlar bilan huquqiy jihatdan hozirgi kundagi shaklga keltirildi. Vakillik so‘zining o‘zi (ingliz. representation) - bir shaxs o‘zida mavjud bo‘lgan vakolat asosida boshqa shaxs nomidan, uning uchun bevosita huquqlarni vujudga keltirish (o‘zgartirish, tugatish) yo‘li bilan harakat qiladigan munosabatdir. Vakillik deb, bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi (FKning 129-moddasi).
Vakillik institutidagi munosabatlar insoniylik, o‘zaro yordam, fuqarolik munosabatlarda barchaning teng ishtirokini ta’minlash g‘oyalariga asoslanadi. Vakillik fuqarolik, oila, xo‘jalik, ma’muriy huquqiy munosabatlarni o‘zida jamlagan kompleks huquqiy institut hisoblanadi. Vakillikda vakolatlar huquqiy hujjatlar va shartnomalar bilan aniq tarzda belgilanadi. Vakillikning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi har xil obyektiv va subyektiv yuridik faktlarga bog‘liq hisoblanadi; vakillik instituti shaxslarga fuqarolik huquq va majburiyatlarini amalga oshirishdagi yuridik yordamning huquqiy asosidir.
FKning 129-moddasining mazmunidan kelib chiqsak, vakillikni amalga oshirishda vakilga nisbatan hech qanday yuridik oqibat kelib chiqmaydi, ya’ni unda huquq va majburiyat hamda undan kelib chiqadigan javobgarlik ham bo‘lmaydi. Masalan, A. o‘z vakili B. orqali o‘z mol-mulkini S. ga ijaraga beradigan bo‘lsa, bu munosabatlardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar A. va S. o‘rtasida bo‘ladi, ijara haqini olish, uni tasarruf etish huquqi yoki mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatlari A. ga nisbatan vujudga keladi. Bunda vakil B. da bunday huquq va majburiyatlar, undan kelib chiqadigan javobgarlik bo‘lmaydi. Ammo agar shaxs 14 yoshga to‘lmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, unga nisbatan vasiylik belgilanadi. Vasiy barcha munosabatlarda o‘z vasiyligi ostidagi shaxslar nomidan harakat qiladi va nafaqat ularga nisbatan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi, bekor qiladi, balki amalda ularni shaxsan o‘zi amalga oshiradi va ulardan kelib chiqadigan oqibatlar uchun ham shaxsan o‘zi javob beradi. Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil bo‘lishlari, vakillik qilishlari mumkin. Istisno sifatida ayrim hollarda o‘n olti yoshga to‘lib, pasport olgan fuqaro ham vakil bo‘lishi mumkin. Fuqarolarning faqat bir-birlari uchungina emas, ba’zi hollarda yuridik shaxslar uchun ham vakil bo‘lishlariga qonun yo‘l qo‘yadi. Masalan, savdo va ta’minot bo‘limlarining tijorat vakillari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar yuridik shaxslarning vakillari sifatida ish olib boradilar.
Vakillik qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra vujudga kelgan holda, quyidagi shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladi:
- jismoniy shaxsning jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga nisbatan vakilligi;
- yuridik shaxsning jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga nisbatan vakilligi;
- davlatning jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga nisbatan vakilligi.
Bu vakillikning mazmun-mohiyati, amalga oshirilishi usuli, shakli, uning turlarga bo‘linishida va vakillik subyektlarining huquqiy maqomini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun vakillik institutining eng muhim jihatlaridan biri - uning subyektlari hisoblanib, ular vakolat beruvchi – bu har qanday shaxs, ayni vaqtda davlat ham bo‘lishi mumkin. Masalan, davlat shartnoma asosida ma’lum bir shaxslarga davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining direktorlar kengashida davlat manfaatlarini ifoda etish uchun o‘z vakilini tayinlashi mumkin yoki ayrim hollarda fuqarolik munosabatlarda davlat nomidan maxsus vakil qilingan yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilgan. Vakil – bu faqat muomalaga layoqatli shaxslar bo‘lishi mumkin. Qonunchilikda vakil bo‘lishi taqiqlangan shaxslar bundan mustasno.
vakillikning quyidagicha o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
1) vakillik munosabatlarining subyektlari har qanday shaxs bo‘lishi mumkin;
2) vakillikdan kelib chiqadigan munosabatlarda uchdan ortiq taraflar ishtirok etadi;
3) vakillik instituti munosabatlari insoniylik, o‘zaro yordam, fuqarolik munosabatlarda barchaning teng ishtirokini ta’minlash g‘oyalariga asoslanadi;
4) vakillik haq evaziga ham, tekinga ham amalga oshirilishi mumkin;
5) vakillik fuqarolik, oila, xo‘jalik, ma’muriy huquqiy munosabatlarni o‘zida jamlagan;
6) vakillik instituti mavjudligining asosi bo‘lgan vakolatlar huquqiy hujjatlar va shartnomalar bilan aniq tarzda belgilanadi;
7) vakillikning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi har xil obyektiv va subyektiv yuridik faktlarga bog‘liq hisoblanadi;
8) vakillik instituti shaxslarga fuqarolik huquq va majburiyatlarini amalga oshirishdagi yuridik yordamning huquqiy asosidir. qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan kelib chiqqan holda, vakolat beruvchi vakilga muayyan vakolat beradi, vakil esa shu vakolat doirasida harakat qilgan holda nafaqat vakolat beruvchiga nisbatan, balki uchinchi shaxslar uchun ham huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi.
Har qanday munosabatlarda bo‘lgani kabi vakillik munosabatlarining ham eng asosiy elementlaridan biri - bu taraflarning huquq va majburiyatlaridir. Vakillik munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar ikkiga bo‘linadi:
1) vakolat beruvchi va vakil o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar;
2) uchinchi shaxslarga nisbatan vujudga keladigan huquq va majburiyatlar.
Shu bilan birga, vakillik munosabatlaridagi huquq va majburiyatlar vakillikning turlariga bog‘liq holda ham har xil hisoblanadi va ayni shu mezonlardan, ya’ni huquq va majburiyatlar kimga nisbatan vujudga kelganligiga, ularning vakillikning qaysi turiga mansubligidan kelib chiqqan holda vakillik munosabatlaridagi huquq va majburiyatlarning mohiyati yoritiladi.
Vakillik munosabatlarida vakolat beruvchi va vakilning huquq va majburiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning mazmun-mohiyati vakillikning turlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish