Savol: Xalqaro daryoda hosil bo‘lgan orol bo‘yicha qaysi bir qirg‘oqbo‘yi davlat foydasiga BMTning Xalqaro sudi qaror chiqarishi lozim?
2 - masala Amazonkadagi terra nullius maqomiga ega bo‘lgan o‘rmonlarni A davlat okkupatsiya qilib o‘zlashtirgan. Ammo ushbu o‘rmonlardan foydalanganligi haqida hech qanday ma’muriy hujjatlar mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, 50 yil davomida davlat o‘rmonni o‘z hududiga tegishli deb hisoblab tabiiy boyliklaridan foydalanib kelgan. Natijada o‘rmonga tabiiy zarar yetkaza boshlagan. 50 yildan so‘ng o‘rmon hududida yashab kelayotgan bir qabila sardori BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilgan va mazkur o‘rmonni o‘z qabilasining tarixiy vatani deb, okkupatsiya qilgan davlat o‘rmon hududini tark etishini talab qilgan.
Savol:BMTning Xalqaro sudi agar bu da’voni ko‘rib chiqsa, qanday qaror chiqaradi?
3-masala XX asrning 80-yillarida ro‘y bergan Eron va Iroq urushida asirga olingan askarlar sud qilinib, qatl etilgan. Bu harakatlar urushda qatnashish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham amalga oshirilgan. Ayrim holatlarda buyruqni bajarmaslik sifatida asirlar sud qilinmasdan shafqatsizlarcha otib tashlangan. Dushmanning yaralangan askarlari ham jang maydonida o‘ldirilgan.
Savol: Bu harakatlarga nisbatan xalqaro gumanitar huquqning qaysi normalari qo‘llanadi?
Vaziyatga huquqiy baho bering.
4-masala 2000-yil 13-iyunda “S” davlat parlamenti “1940-1941-yillardagi “S” davlat okkupatsiyasi davrida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida” qonun qabul qilgan. “S” davlati tashqi ishlar vaziri janob “A” da’voning umumiy summasi 20 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi deb ta’kidlagan.
Ikkinchi Jahon urushiga qadar “S” davlatida botqoqlikdagi boshqa hech narsa bo‘lmagan.
Nemislar okkupatsiyasidan ozod etilganidan so‘ng “S” davlatiga boshqa respublikalardan xarobaga aylangan bir qator shaharlarini qayta tiklash uchun ishchi kuchini olib kelishga to‘g‘ri kelgan. Okkupantlardan xalos bo‘lishi bilanoq “S” davlatiga sovet hukumati tomonidan 200 mln. rubl beg‘araz dotatsiya yordami berilgan.
Agar “S” davlati “R” davlatiga nisbatan da’vo bilan chiqsa, “R” ham qarshi da’vo bilan chiqib, o‘z yerlarini qaytarish, Rossiya xalqiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplab berish, “S”ga kirgizilgan ko‘p milliardlik investitsiyalarni qaytarishni talab qilishi mumkin. Qolaversa “S” davlatining birinchi oltin yig‘imi 1920-yilda ochiq qolgan “R” taqdim etgan 3 mln. oltin rubl hisobiga shakllantirilgan.
1. “S” davlat parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun “R”davlati tomonidan unga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun yuridik asos bo‘la oladimi?
2. “S” davlati hozirda mavjud bo‘lmagan davlat “R” davlati tashkil etilgunga qadar mavjud bo‘lib kelgan “F” davlati ustidan o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni so‘rab “R”davlatidan talab qilishi asoslimi?