ADABIYOTLAR SHARHI
1. R.D.Dusmuratov va boshqalar «Audit» O‘quv qo‘llanma(1,2-qismlar), Toshkent-2007 139 bet.
Audit fani nazariy asoslari bayon qilingan bo‘lib, ushbu o‘quv qo‘llanmaning 21-bobi “Korxona xususiy kapitali auditi” deb nomlangan hamda ushbu bobda ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari, ta’sis hujjatlarini tekshirish, dastlabki hujjatlar, shuningdek, sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish masalalari bayon qilingan.
Audit II –qism mualliflar R.D.Dusmuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Kuziev, G.V.Pulatov. Toshkent Moliya instituti-2007 Audit fanining amaliy jihatlari bayon qilingan. Ushbu qismda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar auditi, TMZlar auditi, moliyaviy quyilmalar auditi, hisoblashishlar auditi, xususiy kapital auditi, moliyaviy natijalar auditi va boshqa shu kabi mavzular yoritibberilgan.
Audit asoslari – K.Axmadjonov, I.YAkubov. Toshkent “Iqtisod –moliya” 2010.Darslikda auditorlik faoliyatining tarixiy va zamonaviy rivojlanish bosqichlarini o‘rgangan holda muhim o‘zgarishlar o‘ziga xos qirralari ularning sabablarini auditorlik faoliyatining o‘ziga xos talablaridan kelib chiqqan holda bayon etilgan.
Auditasoslari-darslik R.D.Dusmuratov Uzbekiston Milliy ensiklopediyasi Toshkent-2003 Darslik ikkita bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda audit va auditorlik faoliyatining nazariy jihatlari yoritilgan. Auditorlik faoliyatining me’yoriy huquqiy asoslari, xalqaro va milliy standartlari, auditorlik faoliyatida jiddiylik va risk, rejalashtirish va tashkil etish, xususan, korxona (mijoz) faoliyatinio‘rganish ; buxgalterlik xisobini tashkil etilishini o‘rganish; hisob siyosatini o‘rganish; ichki nazorat tizimini o‘rganish; auditorlik tanlash va auditorlik kasbining axloqiy masalalari (etikasi) bayon qilingan.
Ikkinchi bo‘lim asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan muomalalar va ishlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning uslubiy jihatlarini o‘z ichiga oladi. Jumladan, pul mablag‘lari va moliyaviy investitsiyalar, xisob-kitoblar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ishlab chikarish zaxiralari, ishlab chiqarish jarayonlari va moliyaviy natijalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi, xususiy kapital va moliyaviy natijalarni auditorlik tekshiruvilaridan o‘tkazish uslubiyati bayon qilingan. Shu bilan birga auditorlik tekshiruvlarini yakunlash, auditorlik hisoboti va xulosalarini tayyolash tartibi kelitirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |