O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.02.2020
Hajmi1,2 Mb.
#39519
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi muammoli maruza matnlari


 

 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq  

va suv xo‘jaligi vazirligi 

 

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti 

 

 



 

 

 



 

 

QISHLOQ ХO‘JALIK 



BIOТEХNOLOGIYASI  

(

muammoli ma’ruza matnlari) 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



S a m a r q a n d - 2005 yil 

 

 



 

 

 



Ushbu  muammoli  ma’ruza  matnlari  qishloq  xo‘jalik  Oliy  o‘quv 

yurtlarining  Agronomiya,  Agrokimyo  va  tuproqshunoslik,  Seleksiya  va 

urug‘chilik,  Agropedagogika,  Qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  yet-

ishtirish,  saqlash  va  dastlabki  qayta  ishlash  texnologiyasi  bo‘limi  tala-

balari uchun mo‘ljallangan.  

Ma’ruza  matnlari  O‘simlikshunoslik,  seleksiya  va  urug‘chilik 

kafedrasining 2005 yil 20 maydagi 11-sonli, Agronomiya fakulteti uslu-

biy  kengashining  2005  yil  16  iyundagi  12–sonli  yig‘ilishlari  va  institut 

Markaziy  attestatsiya va uslubiy kengashining 2005  yil 22 oktabragi 2-

sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, chop etishga ruxsat etilgan.       

 

 

 



Mualliflar  –  qishloq xo‘jalik fanlari nomzodlari,  

    dotsent  A.Elmurodov va dotsent v.b. A.Hamzayev 

 

Тaqrizchilar:  

 

Biologiya fanlari doktori, professor Z.Ismoilov 

 

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori I.Т.Ergashev 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Adabiyotlar 

 

1.  Шевелуха  В.С.  и  др.  Сельскохозяйственная  биотехноло-



гия. М. Высшая школа. 2003. 

2.  Мурамцев    Е.С.  и  др.  Основы  сельскохозяйственной  био-

технологии. М. Наука. 1990. 

3.  Бутенко  Р.К.  Культура  клеток  растений  и  биотехнология. 

М. 1986. 

4.  Шевелуха  В.С.  Новая  биотехнология  в  селекции  и  расте-

ниеводстве. Вестник с-х. Наука. 1986. №2. 

5.  Тo‘raqulov Yo.Х. Molekulyar biologiya. Т. O‘qituvchi. 1993. 

6.  Nasriddinov  K.,  Mamadaliyev  K.  Biotexnologiya.  Andijon. 

QХI. 2003. 

7.  Davronov  Q.D.,  Zuparov  M.A.  Тurabova  Ya.U.  Qishloq 

xo‘jalik  biotexnologiyasi.  Ma’ruza  matnlari  to‘plami. 

ТoshDAU. 2000. 

8.  Aberkulov M. Genetika va biotexnologiya.  Ma’ruza  matnlari. 

2000. 

9.  Нейфах А.А. Клеточные и генетические основы биотехно-



логии. Ж. Биология. 1987. № 3. 

10.  Березин  И.В.,  Яцимирский  А.К.  Биотехнология  и  ее  пре-

спективы. Ж. Биология. 1986. № 11. 

11.  Газарян К.Г., Тарантул В.З. Биотехнология зарубежом. Ж. 

Биология. 1990. № 10. 

12.  Газарян  К.Г.  Генетический  инженерия  растения.  Ж.  Био-

логия. 1990. № 4.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



1-mavzu: Kirish  



 

Reja 

 

1.  Qishloq  xo‘jalik  biotexnologiya  fanining  maqsadi,  vazifalari, 



ob’ekti va tadqiqot uslublari. 

2. Biotexnologiya faning qisqacha rivojlanish tarixi. 

3. Biotexnologiya faning biologiya fanlari ichida tutgan o‘rni. 

4. Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi faning yutuqlari va istiqbollari. 

 

Adabiyotlar: 1,  2, 3, 4, 7, 10, 11, 12 



 

Тayanch  iboralar:  biotexnologiya,  molekulyar  biologiya,  tirik  or-

ganizmlar texnologiyasi, gen injeneriyasi, irsiyatni boshqarish, XXI asr 

- gen injeneriyasi asri, transplantatsiya, transgen. 

 

 1960-1970 yillarda gen va hujayra injeneriyasi, hujayra biologiyasi 



va  kimyosi,  oqsil  va  fermentlar  injeneriyasi,  texnikaviy  mikrobiologiya 

hamda  texnikaviy  bioximiya  yutuqlariga  asoslangan  ishlab  chiqarish 

usuli - biotexnologiya paydo bo‘la boshlagan. Lekin biologik usulda ish-

lab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, 

vino,  sut  mahsulotlari,  pishloq  ishlab  chiqarish,  bijg‘itish.  Тibbiyotda 

ishlatiladigan  dorilarni  ishlab  chiqarish  usullariga  qaraganda  energiya 

xom ashyoni ko‘p talab qilmaydi. Bu usulning yana bir qulaylik tomoni 

shundaki, bu jarayon natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar kam va ular al-

batta  yana  bir  boshqa  maqsadlar  uchun  ishlatiladi.  Biotexnologiya  key-

ingi  yillarda  genetik  injeneriyaning  yutuqlariga  suyangan  holda  yanada 

rivojlanmoqda. Shunday tarmoqlar dastlab 1976 yili Amerikada, keyin-

chalik  esa  Yevropada  va  Yaponiyada  paydo  bo‘ldi.  Biotexnologiya  ja-

rayonlari  mikrobiologiya  sanoati,  o‘simlik  va  hayvon  seleksiyasi,  fer-

mentlar  ishlab  chiqarish  sanoati,  oziq-ovqat  sanoati,  tibbiy  dori-

darmonlar  ishlab  chiqarish  va  boshqa  sohalarda  keng  qo‘llanilmoqda. 

Hozirgi  kunda  biotexnologiya  usullari  asosida  ko‘plab  (4500  ga  yaqin) 

antibiotiklar olinmoqda. 

 Molekulyar biologiya va genetika biotexnologiyaning nazariy asosi 

hisoblanadi.  Biotexnologiya  fani  yo‘nalishlariga  gen,  hujayra  va  fer-

mentlar  injenerligi,  texnologik  bioenergetika,  membrana  texnologiyasi, 

immunobiotexnologiya,  ekologik  biotexnologiya  kabi  bo‘limlar  kiradi. 


 

Shu  yo‘nalishlar  yordamida  hozirgi  paytda  seleksiya  va  urug‘chilik, 



o‘simlikshunoslik  va  chorvachilikdagi  dolzarb  muammolar  hal  qi-

linmoqda.  Jumladan  veterinariya  sohasida  yangi  preparatlar  olish,  toza 

garmonlar  olish  va  ularni  ishlatish  texnologiyalari  ishlab  chiqilmoqda. 

Suv  havzalari,  tup-roqni,  havoni  biotexnologik  ob’ektlar  va  uslublar 

yordamida tozalash muammosi hal qilinmoqda. 

 Yangi  genetik  usullarning  paydo  bo‘lishi  bilan  irsiyatni  organizm 

darajasida  qayta  tuzish  imkoniyati  tug‘ildi.  Yadrosiz  tuxum  hujayraga 

shu  organizmning  somatik  hujayra  yadrosini  ko‘chirib  o‘tkazish  bilan 

genotipi bir xil bo‘lgan organizmlarni olish mumkin. Agar shu usulni sut 

emizuvchilarda  o‘tkazilsa,  juda  katta  amaliy  foydaga  erishish  mumkin. 

Chunki  qoramollar,  qo‘ylar  va  boshqa  qishloq  xo‘jalik  hayvonlari 

orasida  sersut,  seryog‘,  serjun,  go‘shtdorlari  uchraydi.  Jinsiy 

ko‘payishda bu yaxshi belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin. 

 Keyingi paytlarda jahon bo‘yicha gen injenerligiga yoki boshqacha 

aytganda  rekombinant  DNK  olish  texnologiyasiga  katta  e’tibor 

berilmoqda  va  shu  bilan  biotexnologiya  fanining  hozirgi  zamon 

yo‘nalishiga  asos  solinmoqda.  Ma’lumki,  DNK  molekulasi  ikkita  zan-

jirli  bo‘lib,  ularning  har  birida  nukleotdlar  galma-gal  joylashgan.  Irsiy 

belgilar to‘g‘risida axborot shularda saqlangani uchun, ularning irsiylan-

ishi  fanda  va  amaliyotda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  DNK  moleku-

lasida  axborot  saqlaydigan  nukleotidlar  to‘plamiga  genlar  deyilib,  ular 

ham  maxsus  ximiyaviy  tarkibiga  ega.  Agar  biz  genlarning  ximiyaviy 

tarkibini  va  ular  DNK  molekulasining  qaysi  qismida  joylashganligini 

hamda qanday belgini nazorat qilishini bilsak, unda biz DNK molekula-

sidan kerakli joyini kesib olib boshqa DNK molekulasiga o‘tkazish yo‘li 

bilan, nafaqat organizm xossasini o‘zgartiramiz balki naslni ham shunga 

muvofiqlashtiramiz.  Shunday  qilib,  bu  manipulyatsiyani  gen  mikroxi-

rurgiyasi deyish mumkin. Keyinchalik bu yo‘nalish gen injeneriyasi deb 

atala  boshladi.  Albatta  DNK  molekulasining  ayrim  qismlari  mexanik 

yo‘l  bilan  qirqilmaydi,  balki  ximiyaviy  usul  bilan,  aniqrog‘i  maxsus 

fermentlar  restriktazlar  yordamida  amalga  oshirilsa,  kesib  olingan 

qismlarni  boshqa  organizm  DNK  siga  ulash  yoki  tikish  ligaza  ferment-

lari yordamida bajariladi.  

 Shunday  qilib,  biotexnologiya  fanining  asosi  hujayra,  molekulyar 

biologiya va gen injenerligi hisoblanadi. Hozirgi kunda amaliyotda bio-

texnologiya asosida sanoat mikrobiologiyasi, mikrobiologik sintez keng 

ko‘lamda  rivojlanmoqda.  Bularga  antibiotiklar,  muhim  aminokislotalar 


 

va  o‘sishni  boshqaradigan  biologik  aktiv  moddalar  olish  industriyasi 



kiradi. Lekin hozirgi vaqtgacha yuqori darajada rivojlangan organizmlar 

uchun molekulyar biologiya ko‘zga ko‘rinarli amaliy natija bera olmadi. 

Shu  bilan  birgalikda  qishloq  xo‘jaligining  ko‘pchilik  sohasida,  masalan 

o‘simlik va hayvonlar hujayrasi texnologiyasi, mikrobiologik yo‘l bilan 

havodan azot olish, himoya qilish, veterinariya va ekologiya, o‘simlik va 

hayvonlar  ontogenezini  ximiyaviy  usulda  (garmon  yordamida) 

boshqarish va boshqa sohalarda ishlar olib borilmoqda. Ana shu sohalar 

amaliy  natija  berish  uchun,  uning  quyidagi  bo‘limlari  yuqori  darajada 

rivojlangan bo‘lishi kerak: 

1. O‘simlikshunoslik, chorvachilik va veterinariya gen injenerligi. 

2. Qishloq xo‘jaligi fani va amaliyotda hujayra texnologiyasi. 

3.  Chorvachilikda  embrionlar  transplantatsiyasi  va  hujayra  in-

jenerligi. 

4. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasida biotexnologik yunalishlar. 

5. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini boshqaradigan biologik ak-

tiv moddalarni (garmonlarni) o‘rganish. 

 Agar  shularga  qisqacha  tafsif  beradigan  bo‘lsak,  qishloq  xo‘jaligi 

biotexnologiyasining gen injenerligi oldida turgan birinchi galdagi vazi-

fa o‘simlik va hayvonlardagi har bir genni bilgan holda xo‘jalikka foy-

dali  belgilarning  yuzaga  kelishi  mexanizmini  molekulyar  asoslash  va 

shu jarayonni boshqaradigan elmentlarni topish. Ikkinchi galdagi vazifa 

rekombinant DNK olish texnologiyasini tezkorlik bilan ishlab chiqarish. 

Uchunchi galdagi vazifa fundamental va amaliy  ishlar o‘rtasida o‘zilish 

bo‘lmasligini  ta’minlash.  Buning  uchun  amalda  qo‘llash  mumkin 

bo‘lgan ishlarni amaliyotga tadbiq qilishga yordam berish. 

 Ma’lumki, amaliy seleksiya ikkita muhim yondoshishga bog‘liq: bi-

rinchidan irsiy xilma-xillikka va ikkinchidan genotiplar seleksiyasiga. 

 Hujayra  texnologiyasi  irsiy  xilma-xillikni  yaratishda  mutloq 

boshqacha  yo‘l  tutadi,  ya’ni  o‘zini  klonlash  natijasida  hujayrada  in-

duksiyalashgan  mutant  olish,  hujayra  seleksiyasi,  somatik  hujayralarni 

gibridlash, sitoplazmatik genlarni ko‘chirib o‘tkazish va boshqalar. 

 Agar chorvachilikda sun’iy qochirish sistemasi ishlab chiqilgandan 

keyin bir buqadan minglab nasl olish imkoniyati tug‘ilgan bo‘lsa, yuqori 

mahsuldor  sigirdan  nasl  olish  esa  past  darajada  (5-6  ta  buzoq)  bo‘lib, 

mana  shu  tabiiy  to‘siqni  olib  tashlash  biotexnologiya  tufayli  amalga 

oshdi. Shunday usullardan biri embrionlarni ko‘chirib o‘tkazishdir. Em-

brionlarni  ko‘chirib  o‘tkazish  esa  o‘z  navbatida  quyidagi  4  omilga 


 

bog‘liq: 1. ko‘plab urg‘ochi hujayralarni chiqarish va ularni otalantirish: 



2.  embrion  yig‘ish:  3.embrionni  ko‘chirib  o‘tkazish:  4.embrionni  mu-

zlatish va saqlash. 

 Ma’lumki  qishloq  xo‘jaligida  yer  ishlab  chiqarishning  asosi 

hisoblandi.  Yerning  unumdorligi  esa  uning  tarkibidagi  saprofit  bakteri-

yalarga  bog‘liq.  Ularning  asosiy  vazifasi  yerdagi  organik  moddalarni 

o‘simliklar  foydalanadigan  daraja  keltirish  va  havodan  azotni 

o‘zlashtirishdir.  Bu  jarayondagi  biotexnologiyaning  vazifasi  yer  tar-

kibidagi  bakteriyalarga  ta’sir  o‘tkazib  ularni  o‘zgarib  borayotgan  sha-

roitga moslashtirishdir. 

 Hozirgi  kunga  kelib  biotexnologik  usullar  bilan  5000  dan  ortiq 

garmonlar sintez qilingan va shulardan atigi 1 % amaliyotda ishlatiladi. 

Shularni  o‘simlikshunoslikda  qo‘llash  va  yangi  texnologiyalarni  ishlab 

chiqish ham biotexnologiya vazifasiga kiradi.  

 Biotexnologiya - bu o‘ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish 

va ulardan sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo‘lgan mikrob hujay-

ralari, organellalar va fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq 

xo‘jaligi va meditsinada foydalanishning nazariy va amaliy tomonlarini 

yoritib  beradigan  fandir.  Bu  fan  asosan  mikrobiologiya,  fiziologiya,  bi-

oximiya va genetika fanlari yutuqlari asosida tashkil qilingan bo‘lib, un-

ing  zaminida  ko‘zga  ko‘rinmas  mikroorganizmlar  faoliyatidan  unumli 

va oqilona foydalanish yotadi. 

 Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasidan bilim oladigan talabalar, aso-

san  mikroorganizmlardan  sanoat  usulida  foydalanish  yo‘l-yo‘riqlarini 

o‘zlashtirish  bilan  bir  qatorda,  bu  fanning  istiqbolli  yo‘nalishlari 

bo‘yicha ham fikr yuritish qobiliyatlariga ega bo‘lmoqlari lozim. 

 Mikroorganizmlar  o‘zlarining  keng  tarmoqli  fermentlar  sistemasi 

tufayli, o‘sish, rivojlanish va ko‘payish jarayonlaridan, hayotiy zarur, in-

soniyat  uchun  xizmat  qila  oladigan  minglab  fiziologik  faol  moddalar 

ishlab-chiqarish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari mikroorganizmlar 

har xil tabiiy va kimiyoviy birikmalarni o‘ta  muhim  moddalarga aylan-

tirish (modifikatsiya qilish) imkoniyatlariga egadirlar. 

 Insoniyat  paydo  bo‘lgandan  buyon  bilib-bilmay  mikroorganizmlar 

faoliyatidan foydalanib kelganlar. 

 Non  pishirish,  pivo,  vino,  uksus,  qatiq  tayyorlash  kabi  qadimiy 

texnologiyalar  mikroorganizmlar  ishtirokida  amalga  oshishini  hozirga-

cha  ham  hamma  bilavermaydi.  Yuqorida  zikr  etilgan  jarayonlarni 

ko‘pchiligi  insoniyat  hali  mikroorganizmlar  haqida  bilimga  ega 


 

bo‘lmagan vaqtlardan beri mavjudligi fikrimizning dalilidir. Qadim qa-



dimlarda  (ko‘pincha  hozir  ham)  bu  jarayonlarda  achitqi  sifatida,  shu 

mahsulotlarga  havo  va  suv  orqali  qolgan  mikroorganizmlar  faoliyat 

ko‘rsatgan.  Non  yopishda  hamirturushdan  yoki  qatiq  tayyorlashda  bir 

qoshiq  eski  qatiqdan  foydalanish  zarurligi  hammaga  ma’lum.  Ammo, 

hamirturushda  saxaromitsetlar,  qatiqda  esa  sut  achituvchi  bakteriyalar 

borligini hozirgacha ham ko‘pchilik bilmaydi. 

 Bugungi  kunda  mikroorganizmlar  xalq-xo‘jaligining  har  xil  tar-

moqlari  uchun  sut  kislotasi,  limon  kislotasi,  yog‘  kislotalari,  etil  spirti, 

atseton, butanol va yuzlab boshqa mahsulotlar yetkazib beradilar. 

 Mikroorganizmlardan  sut  kislotasi,  butanol  va  atseton  olish 

texnologiyalarini  birinchilardan  bo‘lib  rus  olimi  V.N.Shaposh-nikov 

(1884-1968)  va  uning  shogirdlari  N.D.Iyerusalimskiy  (1901-1967), 

M.N.Bexteryova, 

limon 


kislotasi 

olish 


texnologiyasini 

esa 


S.P.Kostucheva (1877-1931) va I.Sbutkevich (1872-1942) yaratganlar. 

Mikroorganizmlardan biotexnologiya jarayonlari uchun foydalanish 

usullari.  Biotexnologiyaning  rivojlanishi  tarixi  ko‘p  ma’noda  XX  asrn-

ing  ikkinchi  yarimi  bilan  bog‘liq.  O‘tgan  asrning  40  yillarida  mikroor-

ganizmlardan pensilin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojiga 

ijobiy burilish yasadi. Penitsilin ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi va 

muvaffaqiyat  bilan  ishlatilishida,  keyingi  avlod  antibiotiklarini  qidirib 

topish,  ularni  ishlab  chiqarish  texnologiyalarini  yaratish  va  qo‘llash 

usullari  ustida  ishlarini  tashkil  qilish  zarururligini  oldindan  belgilab 

qo‘ydi.  Bugungi  kunda  100  dan  ortiq  antibiotiklar  ishlab  chiqarish 

texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan. 

 Antibiotiklar  ishlab-chiqarish  bilan  bir  qatorda  aminokislotalar, 

fermentlar,  garmonlar  va  boshqa  fiziologik  faol  birikmalar  tayyorlash 

texnologiyalari  ham  yaratila  boshlandi.  Bugungi  kunda  meditsina  va 

qishloq  xo‘jalik  uchun  zarur  bo‘lgan  aminokislotalar  (ayniqsa  organiz-

mda  sintez  bo‘lmaydigan  aminokislotalar),  fermentlar  va  boshqa  fizi-

ologik  faol  moddalar  ishlab  chiqarish  texnologiyalari  yo‘lga  qo‘yildi. 

Oxirgi  20-30  yillarda,  ayniqsa  mikrob  oqsilini  olish  texnologiyasi 

rivojlanib ketdi. Qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta zarar bo‘lgan bu mahsulot-

ni  ishlab  chiqarish  bilan  bir  qatorda  undan  unumli  va  oqilona  foyda-

lanish yo‘llari amalga oshirilmoqda. Oqsil ishlab chiqarishda har xil chi-

qindilardan (zardob, go‘sht qoldiqlari) va parafindan foydalanish  mum-

kinligi tasdiqlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va metanoldan 

foydalanish mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. 



 

 Keyingi  vaqtda  biotexnologiyaning  rivojlanishi  immobillashgan 



(maxsus  sorbentlarga  bog‘langan)  fermentlar  va  mikroorganizmlar 

tayyorlash  texnologiyalarini  yaratilishi  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘ldi.  Im-

mobilizatsiya qilingan fermentlarni har xil jarayonlarda ishlatilishi (fer-

mentlar  muhandisligi)  bu  biokatalizatorlardan  foydalanishni  yanada 

faollashtirib  yubordi.  Endilikda  fermentlar  bir  martaba  emas,  bir  necha 

martaba (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo‘lib qoldi. 

 Mikroorganizmlar  faoliyati  va  imkoniyatidan  foydalanish,  ularning 

hosildor turlarini (shtammlarini) yaratish bilan bog‘liq. Bunday vazifani 

mikrobiologlar bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muxandisligi 

usullaridan  xabardor  bo‘lgan  boshqa  mutaxasislar  amalga  oshiradilar. 

Mikrob  preparatlarni  ishlab  chiqarishni  faollashtirishning  yana  bir  yo‘li 

ikki  yoki  undan  ortiq  bo‘lgan,  biri-ikkinchisining  faolligini  oshirib  be-

raoladigan  (simbiozda  ishlaydigan)  mikroorganizmlar  assotsiyasidan 

foydalanishdir. Bu yo‘l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitamin-

lar  va  metan  gazi  olishda  hamda  oqava  suvlarni  tozalash  jarayonlarida 

keng qo‘llanilib kelinmoqda. 

 Biotexnologiyaning asosini hujayra faoliyati tashkil qilar ekan, faol 

hujayralarni  saqlash  va  ulardan  foydalanish  sharoitlarini  aniqlash  eng 

muhim vazifalaridan biridir. 

 O‘zbekistonda 



biotexnologiyaning  rivojlanish  tarixi.  Bio-

texnologiya  O‘zbekistonda  eng  kenja  fanlardan  bo‘lib,  uning  tarixi 

uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologlar: non yopish, qattiq tayyorlash 

va  h.k.  bundan  istisno).  Bu  fan  asosan  O‘zbekiston  Fanlar  Akademi-

yasining 

mikrobiologiya  institutida  hamda  Respublika  Kimyo 

birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, 

Andijon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda. Bio-

texnologiya 

ixtisosligi 

bo‘yicha 

birinchi 

o‘zbek 

akademigi 



A.G’.Хolmurodov  (1939-1996)  fuzarim  avlodiga  mansub  zambu-

rug‘lardan  NAD-koferment  va  vitaminlar  kompleksi  (V  guruhga  kiru-

vchi  vitaminlar,  vitamin  RR,  Q  10  va  h.k.)  tayyorlash  texnologiyasini 

yaratdi.  Akademik  M.I.Mavloniy  O‘zbekistonda  uchraydigan  achitqi 

zamburug‘larini  tahlil  qilib,  ularni  nonvoychilik,  vinochilik  va 

chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus ha-

mirturushlar  va  vinochilik  uchun  achitqi  tayyorlash  texnologiyalarini 

yaratdi. 

 Professor  Q.D.Davronov  sobiq  ittifoqda  birinchilardan  bo‘lib  yog‘ 

parchalovchi  ferment-lipazani  tayyorlash  texnologiyasini  yaratdi.  Bu 



 

10 


fermentni  ko‘p  shaklliligi  sabablarini  tahlil  qila  turib,  har  bir  bio-

texnologiya jarayoni uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza 

fermenti  zarur  degan  fikrga  keldi  va  buni  amaliyotga  tasdiqlab  berdi. 

Q.Davronov  yaratgan  "Yer  malxami"  biopreparati,  azot  yutuvchi 

mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘ulib, mamalakatimiz qishloq 

xo‘jaligida  keng  qo‘llanilmoqda.  Bundan  tashqari  Q.D.Davronov  rax-

barligida sellyulozaligini biokarkasini (g‘o‘zapoya, somon, kanop poya-

si,  apelka  va  boshqalar,  maxsus  tayyorlangan  bazidiomitsetlarning  fer-

mentlari  ishtirokda  tabiiy  sellyulozaligini  birikmalari  parchalanishini 

amaliyotda ko‘rsatib berildi. 

 B.f.d.  J.Тoshpulatov,  somon  va  g‘o‘zapoya  parchalashda  "traxo-

derma  xarzianum"  deb  atalmish  zamburug‘  fermentlaridan  foydalanish 

mumkinligini  ilmiy  asoslab  berdi  va  bu  texnologiyani  amaliyotga 

qo‘llash  taklif  va  mulohozalarini  chop  etdi.  J.Тoshpulatov  yaratgan  bu 

texnologiya  qo‘llanilganda  somonda  shakar  miqdori  6-7  %  ga  yetgani, 

unda vitaminlar, aminokislotalar bo‘lganligi va shu tufayli samonni ozu-

qa birligi oshganligi isbotlab berilgan. 

 O‘zbek 


olimlaridan 

M.M.Murodov, 

Т.Yu.Yusupov, 

Т.G’G’ulomova, 

A.Ergashev, 

A.I.Nuriddinov, 

Z.R.Axmedova, 

S.M.Хodjiboyeva,  Z.F.Ismoilov,  I.J.Jumaniyozov  va  boshqalar  mamla-

katimizda biotexnologiyaning rivojlantirish ustida chuqur ilmiy va ama-

liy ishlar olib bormoqdalar. 

Qishloq  xo‘jalik  biotexnologiyasining  asosiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha 

yirik izlanishlar olib borayotgan kompaniyalar 1-jadvalda keltirilgan. 

 

Mavzuning muammoli masalalari 

 

1. Nazariy ma’lumotlar asosida fanning istiqbollarini aniqlang? 



2.  O‘zbekistonda  qishloq  xo‘jalik  biotexnologiyasining  asosiy 

yo‘nalishlardagi vazifalari? 



 

Muhokama uchun savollar 

 

1. Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi fanining maqsadi, vazifasi? 



2. Biotexnologiyaning yuzaga kelishi? 

3. Biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlari? 

4. O‘zbekistonda  va  jahonda  tashkil  etilgan  yirik  biotexnologik  la-

boratoriyalar? 



 

11 


5. Biotexnologiyaning istiqbollari? 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish