4.3. Ishlab chiqarishda mikroiqlim ko’rsatgichlari
va ularning gigiyenik me’yorlari
Ma’lum og’irlikdagi jismoniy mehnat bilan band bo’lgan kishi o’zini yaxshi his
qilishi, ya’ni u qizib ketmasligi uchun mikroiqlim sharoitlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq
bo’lishi
kerak. Ish joylaridagi mikroiqlim omilarini harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi hamda
atmosfera bosimi tashkil etadi. Bu sharoitlarni yaratish ГОСТ 12.1.005-86 «Ish joyining havosi.
Umumiy sanitar-gigiyenik talablar» bilan belgilanadi (4.3-jadval).
Ish joylaridagi namlikning eng maqbul qiymati 40-60 % deb qabul qilingan, lekin turli
ishlab chiqarish sharoitlardan kelib chiqqkan holda, ya’ni ba’zi bir texnologik jarayonlar
talablari
nisbiy namlikning o’zgarishiga olib keladi.
Havoning odam uchun sezilarli minimal tezligi 0,2 m/s hisoblanadi. Sanitariyaepidemiologiya
nazoratining tavsiyasiga ko’ra ish joylaridagi havo harakatining yo’l qo’yish
mumkin bo’lgan tezligi ish joyining haroratiga keltirilgan jadvaldagidek bog’liqdir.
Ishlab chiqarish xonalarida mikroiqlim omillari qiymati
4.3-jadval
Ish kategoriyalari
Eng qulay
Ruxsat etilgan
harorat,
C°
Shamolning
siljish
tezligi,
m/s
Harorat,
o
C Havoning
nisbiy
namligi,
%
shamolning siljish
tezligi, m/s
doimiy
ishchi
joylarida
doimiy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
ishchi
bo’lmagan
joylar
Yilning sovuq davrida
1a
22-24 0.1 21-25 18-26 75
O,2 ortiq emas
1b
21-23 0.1 20-24 17-25 75
0,2 ortiq emas
.lla 18-20 0.2 17-23 15-24 75
0,3 ortiq emas
.llb 17-19 0.2
15-21 13-23 75
0,4 ortiq emas
III 16-18 0.3
13-19 12-20 75
0,5 ortiq emas
Yilning issiq davrida
1a
23-25 0,1 22-25 20-30 75
0,1-0,2
1b
22-24 0,2 21-28 19-30 75
0,1-0,3
.lla 21-23 0,3 18-27 17-29 75
0,2-0,4
.llb 20-22 0,3
16-27 15-29 75
0,2-0,5
III 18-20 0,4 15-26 13-28 75
0,2-0,6
E s l a t m a: hamma ish kategoriyalari uchun eng qulay nisbiy namlik 40-60%
47
a) b)
4.3-rasm. Havoning nisbiy namligini o’lchovchi Avgust (a) va Asman (b) aspiratsion
psixrometrlari
4.4-rasm. Namlikni o’lchovchi gigrograf
1-dastak; 2-posangi; 3va 4 – yelka; 5-kichik dastak; 6 – rostlagich; 7-qisqich; 8-kronshteyn.
Muhitning haroratini ma’lum vaqt davomida qayd qilib borish uchun termograflardan va
lahzaviy o’lchash uchun termometlardan foydalaniladi.
4.5-rasm. M-16A termografi.
1-pero; 2-baraban; 3-dastak; 4-o’q; 5-kichik dastak; 6-rostlagich; 7-plastinka.
48
a) b) c)
4.6-rasm. Havo almashishini o’lchovchi katotermometr (a) , kosachali (b) va ASO-3 parrakli (c)
anemometrlar. 1-kosachalar; 2 – indikatorli o’lchagich
Ish joylarida havoning harakati ish sharoitini yaxshilashning muhim omillaridan
hisoblanadi. Issiqlik yuqori bo’lgan joylarda havoning harakati organizmdan chiqadigan issiq
likni
atrof-muhitga berilishini yaxshilaydi va aksincha, sovuq ish joylarida organizmga salbiy ta’sir
qiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Havoning odam uchun sezilarli minimal tezligi 0,2 m/s hisoblanadi. Yilning sovuq
paytlarida havoning tezligi 0,2-0,5 m/s, issiq joylarda esa 0,2 -1,0 m/s bo’lishi tavsiya etilgan.
Issiq
joylarda bu ko’rsatkich 3,5 m/s. gacha oshirilishi mumkin.
Mikroiqlimni tashkillashtiruvchi elementlar ko’rsatkichlarini nazorati uchun turli o’lchov
uskunalardan foydalanadilar. Havoning nisbiy namligini o’lchash uchun Avgust va Asman
aspirasion psixrometrlari (4.3- rasm) va gigrograflardan keng foydalanadilar.
Ish o’rinlarida havoni almashish harakat tezligini aniqlash anemometrlar yordamida amalga
oshiriladi.
4.4. Ishlab chiqarishda xonalarni isitish va havosini
almashtirish
Ishlab chiqarish binolari va texnika vositalari kabinalarida mikroiqlimni ta’minlovchi
elementlarni omillari qo’shimcha uskuna va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ishchi
hududdagi temperaturani me’yor darajasiga etkazish – yilning sovuq paytlarida isitish
uskunalari
kalarefir va ventilyator, batareyalarga bug’ni bosim ostida haydab berish, yoqish pechlari va
individual isitish uskunalri yordamida amalga oshiriladi va aksincha yilning issiq paytlarida
ishchi
hududda
havoni
sovitish
maqsadida,
qo’shimcha
sovitilgan
havo
markazlashgan
shamollatgichlar
yordamida va individual shamollatgichlar yordamida amalga oshiriladi.
ГОСТ 12.1.005-86 talablariga asosan ish joylarida me’yor darajasidagi sharoitlarni yaratish
uchun isitish jarayonidan keng foydalanadilar. Ish joylarini isitish mahalliy yoki markazlashgan
holda bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligida mahalliy isitish tizimi asosan qishloq xo’jaligi
texnikalarini kabinalarini isitish uchun va ishlab chiqarishdan uzoq bo’lgan maydoni 500m
2
dan
ko’p bo’lmagan binolarni isitish uchun qo’llaniladi. Boshqa hollarda markazlashgan isitish
tizimidan foydalanadilar.
Issiqlikni etkazuvchi vosita sifatida suv, bug’, yoki havo ishlatilishi mumkin. Ma’lumki suv
va bug’ maxsus bug’ qozonlari yordamida va muhitni quvurlar yoki radiatorlar orqali isitiladi.
2
1
49
Havoni qizdirish esa kaloriferlarda, issiq suv, bug’ va elektr toki yordamida amalga oshiriladi.
Mehnat muhofazasi talablaridan kelib chiqqan holda binolarni isitish mavsumi davomida
binoning
barcha joylarida havoni isitilishi teng va bir me’yorda bo’lishi, yong’in va portlash xavfidan xoli
bo’lishi, ta’mirlashda va foydalanishda qulaylik talablariga javob berishi kerak.
Qishloq xo’jaligi texnikalari kabinalarini isitish uchun havo yordamida isitish tizimi keng
qo’llaniladi.
4.7-rasm. Kabinani isitish sxemasi 4.8-rasm. Kabinani shamollatish va isitish sxemasi
1–radiator; 2–quvur; 3–rostlovchi 1-havo haydagich; 2-quvurlar; 3 va 8–to’siqlar;
to’siq; 4 – kabina; 5 – havo haydagich 4–isitish tizim krani; 5–isitish radiatori;
6-kabina; 7–jalyuz; 9 va 10-havo haydagich.
Bajariladigan barcha ish turlarini samaradorlik ko’rsatkichlari asosan issiqlik balansining
ta’minlanganligiga bog’liqdir. Issiqlik balansi quyidagi ko’rsatkichlar asosida baholanadi
T= T
o
+ T
k
+T
n
+T
b
+T
h
T
o
- kiyimning issiqlik o’tkazuvchanligi;
T
k
- tana atrofidagi konvetsiya;
T
n
- atrof – yuzalarga nurlanish;
T
b
- tanadan chiqayotgan namlikni bug’lanishi;
T
h
- nafas olayotgan havoni isitish.
Havoning nisbiy namligi va tozaligi markazlashgan havo almashtirgichlar (ventilyatsiya)
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tizimi yordamida amalga oshiriladi va havoning harakatlanish usuliga ko’ra tabiiy va mexanik
shamollatishlar bo’ladi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar - gravitatsion
(issiqlik)
va shamol bosimi ta’sirida kiradi. Gravitatsion bosim sovuq va issiq havoning solishtirma
og’irliklaridagi farq natijasida yuzaga keladi.
Barcha ishlab chiqarish binolarining havosini tozalab turish tabiiy va mexanik
shamollatish usullari yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun binoni loyihalanayotganda
derezalar va devorlarda derazachalar, ventilyatsiya kanallari, quvurlar, derazalar, eshiklar
o’rnatiladi. Ularning hajmi, binoning umumiy hajmiga nisbatan 2% ni tashkil qilishi kerak. Agar
tabiiy ventilyatsiyaning samarasi kam bo’lsa binoning ichki havosini tozalash maqsadida
mexanik
ventilyatsiyadan foydalaniladi.
Ventilyatsiya tizimiga belgilangan tartib asosida xizmat ko’rsatib turishi lozim.
Kutilmaganda ventilyatsiya tizimi nosoz bo’lib qolsa texnologik jarayonlarda turli xil gazlar,
tutunlar, changlar, issiqlik va suv bug’lari belgilangan miqdordan oshib ketib, ishchi-xodimlarni
zaharlashi mumkin. Shu sababli uning samarali ishlashini tez-tez tekshirib turish lozim.
Ventilyatsiya qurilmalarining samarali ishlashi binolar ichidagi havoning harakati, harorati,
havo
namligi va uning ifloslanish darajasi o’lchangandan keyin aniqlanadi. O’lchash uchun havoning
50
harakati 0,5 m/s gacha bo’lgan joylarda katotermometrlardan, 0,3-1,0 m/s gacha bo’gan
hollarda
parrakli anemometrlar va 20 m/s gacha bo’lganda kosachali anemometrlardan va UG-2
gazoanalizatorlaridan foydalaniladi.
Ventilyatsion qurilmaning haqiqiy ish unumi (L
h
, m
3
/soat) havo harorat tezligining (V
h
, m/s)
havo o’tish yo’li ko’ndalang kesimi maydoniga (F
h
, m
2
) ko’paytmasiga teng:
ххх
L • 3600F •V
Havo o’tish yo’lidan o’tayotgan havo tezligining changlar va suyuqliklar bug’i bilan
to’lmagan paytini anemometrlar yordamida aniqlashimiz mumkin. Havo tezligi anemometrlarga
kelayotgan havo oqimi ta’siri orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham xaqiqiy o’lchashlar uchun
pnevmatik quvurchalardan (MIOT) va mikronometr (SAGI) lardan foydalaniladi.
Asosan ventilyatsiyaning xizmati havoni kondensatsiyalashdan iboratdir. Kondensatsiya
qurilmasi yordamida binoning ichiga va ish joylariga tozalangan havo kerakli tezlikda ma’lum
darajada harorat va namlik bilan kirib keladi. Bularning barchasini avtomatik usulda sozlash
mumkin.
Ayniqsa janubiy hududlarda iqlimni issiqligi tufayli, havoning nisbiy namligi 40-50% gacha
kamayishi qishloq xo’jaligi texnikalarida ish sharoitlarini ancha og’irlashtirib qo’yadi. Ushbu
noqulay vaziyatlarni bartaraf qilish maqsadida qishloq xo’jaligi texnikalarini kabinalarida
namlovchi havo sovitgichlari o’rnatilgan va bu usknalar kabinaga nafaqat toza havoni
ta’minlaydi.
4.9-rasm. Binolarda tabiiy yo’l bilan havo almashinish sxemasi
Chorvachilik ishlab chiqarish binolarida havoni isitish, almashini ta’minlash va
kondisionerlash SQ-245-71 va QM va Q-•-33–75 «Isitish, ventilyatsiya va havoni
konditsionerlash» talablari asosida amalga oshiriladi va loyihalanadi. Havoni tozalash uchun
shamol bosimidan foydalanib, bino ichidagi havoni tozalash ham mumkin. Buning uchun
deflektorlardan keng foydalanadilar. Deflektorlarni ish printsipi asosan ulardagi parraklarni
shamol
bosimi ostida aylanishi natijasida hosil bo’ladigan so’rish va haydashga asoslangan bo’lib, bino
ichidagi iflos havo tortib olinib shuncha miqdorda toza havo yuboriladi. Havoni tortib olish
miqdori
deflektorlar parraklarini aylanish tezligi va quvurlarni diametriga bog’liq.
Qishloq xo’jaligidagi traktor va boshqa turdagi transport vositalari kabinalarida mikroiqlim
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
muhitini yaratish maqsadida turli usullardan foydalanadilar (4.10-rasm).
4.10-rasm. Traktor kabinasining havoni changdan tozalovchi ventilyatsiya(a) va namlovchi
51
sovitgich (b) turi.
a)1-tomchiushlagich; 2 - ventilyator; 3 - sachratgich; 4 va 7- quvurchalar; 5 - nasos; 6 – suv
idishi.
b) 1 -qopqoq; 2 – rezinali quvur; 3 –to’siq; 4 - kabina; 5-elektrodvigatel; 6 – ventilyator.
a) b) c) d)
4.11-rasm. Ishlab chiqarish binolarida havoni tozalab beruvchi ejektorli (a), siklon (b)
elektrli (c) va ultrotovshli (d) filtrlar.
.
4.12-rasm. Mexanik ventilyatsiyalar sxemasi.
1-havo oluvchi qurilma; 2-havo quvurlari; 3-filtr; 4-kalorifer; 5-ventilyator; 6-toza havo oqimi;
7-iflos havoni so’ruvchi quvur; 8-tozalash qurilmasi; 9-iflos havoni chiqaruvchi qurilma; 10-
oqib
keluvchi va so’rib oluvchi tizim; 11 va 12 – havo miqdorini rostlovchi to’siqlar.
Ishlab chiqarishda ba’zi turdagi texnologik jarayonlarni amalga oshirish natijasida havo
tarkibiga turli changlar va kichik o’lchamli zarrachalar ajralib chiqadi va havoni ifloslanishiga
olib
keladi. Ushbu chang va zarrachalarni atmosferaga to’g’ridan-to’g’ri tozalanmasdan chiqarib
52
tashlash ham xavfli va zarali hisoblanadi. Havo tarkibidagi turli zarrachalar va changlarni atrof
muhit va odamlarga ta’sirini kamaytirish yoki yo’qotish maqsadida turli konstruktsiyali filtr
qurimalaridan foydalaniladi.
Ayniqsa keyingi yillarda havoni tozalab berish uchun ejektorli (a), markazdan qochma
xususiyatli siklon (b), turli zaryadli elektrlashtirilgan (c) va ultratovushli (d) filtrlardan
foydalanish
keng yo’lga qo’yilgan. Shu bilan bir qatorda zaharli gaz va chiqindilarni hamda changni
atmosferaga chiqish miqdori viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidimiologiya bo’limi va
ekologiya idoralari tomonidan rejali ravishda nazorat qilib boriladi.
4.5 Ruxsat etilgan yuk ko’tarish va tashishning me’yorlari
Yukni ortish yoki tushirishga qadar yuk ko’taruvchi vositalarning mustahkam va turg’unligi,
ularning yuk ko’taruvchanligi, ko’tariladigan yukka muvofiq kelish-kelmasligi, arqon, sim arqon
va
himoya to’siqlarining holatini tekshirish lozim.
Yuklar ko’pincha qoplarda, savatlarda, karton qutilarga, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish
usuli tashiladigan yukka va yuk ko’taradigan mashinalar yoki boshqa vositalarning bor-
yo’qligiga
bog’liqdir. Qishloq xo’jaligidagi jarohatlarning 35% ga yaqini transportda ish bajarganda sodir
bo’ladi. Yuklarni qo’lda ortish va tushirish faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat etiladi.
Bunday
holda erkaklar qo’li bilan 50 kg, ayollar esa ko’pi bilan 9 kg, 16-18 yoshdagi o’smirlar uchun
tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan
ortiq
bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg
dan
ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar uchun esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi
(SQ va MN 0052-96).
4.6 Ish o’rinlarini tashkillashtirishda ergonomik talablar.
Ishchilarning sog’lig’ini saqlash, yuqori ish unumiga erishish va o’zini yaxshi his qilishi
ularning mehnat sharoitini yaxshilanishi va ish joylarini tashkil etishga bog’liq. Turgan va
o’tirgan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
hollarda bajariladigan ishlar ergonomika talablari asosida kishi tanasining o’lchamlari
inobatga
olingan holda amalga oshiriladi.
e)
4.13-rasm. O’rta bo’yli odamni boshqaruv a’zolarini joylashtirish uchun motor maydoniga
yoyish
doirasi va ish o’rni
a) va b) – o’tirgan holatda vertikal va gorizontal teksilikda yoyish doirasi
c) va d) – tikka turganda vertikal va gorizontal tekislikda yoyish doirasi
e) – kompyuter operatorinig ish o’rni geometrik o’lchamlari
1 – tez-tez ishlatiladigan va muhim boshqaruv organlari joylashuvi;
2 – tez-tez ishlatiladigan va kam muhim bo’lgan boshqaruv organlari;
3 - kam ishlatiladigan boshqaruv organlari.
53
Ishchi yuzaning ko’rsatkichlari kishining kuchi, shaxsiy imkoniyatlarga bog’liq holda
o’zgaradi va u har xil odamlarda turlichadir. Uzluksiz ish davomida kishining kuch miqdori,
uning
ta’sir etish davomiyligiga va chastotasiga teskari proporsionaldir. Yengil ishlarni bajarishda ish
joylarini o’tirib ishlashga mo’ljallab tashkil qilinadi. Ishchining erkin ko’zg’alishiga zaruriyat
talab
qilinmasa, shu bilan birga texnologik jarayonning o’ziga xosligini ifodalovchi o’rta og’irliqdagi
ishlar ish joyining konstruktsiyasiga bog’liq holda vertikal hamda gorizontal tekisliklarda
bajariladi.
Ishda bajarilayotgan operatsiyalar tez va juda tez doira chegarasida va harakatlantiruvchi
maydonning eng qulay doirasida amalga oshiriladi. Bajariladigan operatsiyalarni bajarilish
tezligini
«juda tez» - ikki va undan ortiq operatsiyalar 1 minutda, «tez» 1 minutda ikki operatsiyadan
kam,
ammo 1 soatda ikki operatsiyadan ko’p; «kamdan-kam» 1 soatda ikki operatsiyadan ko’p
bo’lmagan deb qabul qilinadi. Shularga muvofiq axborot va boshqarish pultlarining kanali
joylashtiriladi. Bundan tashqari ish o’rinlarini ish turiga qarab metall stol, stellaj, qutilar,
uskuna va
soz asboblar bilan ta’minlash xavfsiz ishni tashkillashtirishda va samaradorligini oshirishda
asosiy
mezonlaridan biri hisoblanadi.
4.7 Issiqxonalarda ishlaganda xavfsizlik talablari
Issiqxonalar, asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, meva va boshqa o’simliklarni
belgilangan iqlim sharoitida etishtirish uchun mo’ljallangan usti yopiq bino bo’lib SM va Q
2.10.04.85ga talablariga asosian quriladi.
Issiqxonalarda belgilangan talabdagi issiqlik, yorug’lik, havo almashtirish va namlikni
taminlash turli texnik qurilma va uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Belgilangan
miqdordagi
issiqlikni ta’minlash uchun (qishda 15…24
o
S) quvurli, kaloroiferli va ba’zan aralash isitish
tizimdan foydalanadilar. Binoda havoni almashtirish tabiiy va ba’zan mexanik ventilyatsiya
yordamida amalga oshiriladi.
Issiqxonalarda ishlab chiqarish jarayonida asosan (75%ga yaqin)xotin qizlar band bo’lib,
ularni sog’lig’ini saqlash asosiy vazifalardan biridir. Ma’lumki, issiqxonalardagi ish sharoiti,
yuqori
haroratliligi va namliligi hamda havoni zaharliligi ochiq havodagi ish sharoitiga nisbatan
zararli va
og’irdir. Masalan qishda isitish davrida harorat 15-24
o
C, nisbiy namlik 56-100% da va yozda
harorat 35-50
o
S va nisbiy namlik 80-100% atrofida o’zgarib, havoning harakati 0,05-0,5m/s
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
atrofida bo’ladi. Vaholanki ГОСТ 12.1.005-88 ga asosan harorat 18-25
o
S, nisbiy namlik 55-
75%
atrofida va havoning harakati 01…06 m/s atrofida bo’lishi kerak.
Issiqxonalarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqa turdagi o’simliklarni etishtirish
texnologiyasi turli o’g’itlar, o’simliklarni zararsizlantiruvchi moddalar va pestitsidlardan
foydalanishni taqozo etadi. Ayniqsa issiqxonalarda turli zararkunandalar va kasalliklar bilan
kurashda 6-7 oy davomida har 7-10 kunda pestitsidlardan, organik o’g’itlardan hamda biologik
yonilg’ilardan foydalnish natijasida, ularni ma’lum vaqtdan keyin bug’lanib havo tarkibini
buzilishiga, ba’zi bir kasb kassaliklarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa issiqxonalarda
ammiak, azot oksidi va fosfor angidrid kabi gazlar ko’payib havo tarkibida ГОСТ12.1.007.76
asosida ruxsat etilgan me’yoriy kontsentrantlar miqdori bir necha marotaba oshib o’simliklarni,
xizmat ko’rsatuvchilarni zaharlanishiga olib keladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash,
bronxit va angina, radikulit va polinevralgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi
kassalanishlariga olib keladi. Ushbu noqulay mehnat sharoitlarini yaxshilash va xizmatchilarni
xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullarda ta’minlanishi mumkin:
• issiqxona ishlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng foydalanish;
• issiqxona binolarini ichini quyoshli va issiq kunlarda me’yoridan ortiq qizib ketmaslik
uchun ustki qismini qorong’ilashgan pardalarda yopish, shamollatish va havoni namlovchi
qurilmalar o’rnatish;
• binolarni isitishda ochiq gazdan foydalishni cheklash va quvurli hamda kaloroiferli isitish
tizimdan foydalanish;
54
• ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish;
Agar ovqatlanish rejimiga doimiy ravishda rioya qilinsa kishi organizmining zararli
kimyoviy moddalarga qarshilik ko’rsatishi ortadi. Tarkibida krahmal va jelatin bo’lgan ovqatlar
zaharli kimyoviy moddalarning kasal uyg’otuvchi ta’sirini kamaytiradi, natijada ular
organizmga
kam singadi.
Mishyak preparatlari bilan ishlaganda sut, qatiq, pishloq, asal, qand, o’simlik moyi, suli va
grechka bo’tqalari, sabzavot, meva va ko’katlar iste’mol qilish kerak, shuningdek С va V
vitaminlarini qabul qilish zarur. Qovurilgan go’sht va baliq, go’sht va baliq sho’rvasi, yog’ va
shovul iste’mol qilmaslik kerak.
Xlorli organik preparatlar bilan ishlaganda mol yog’i iste’mol qilish tavsiya etilmaydi,
chunki ular organizmning zaharlanishiga yordam beradi.
Geksoxloran bilan ishlaganda ovqatda oqsil moddalari, (go’sht va tvorog) hamda S vitamini
ko’proq bo’lishi lozim.
Fosfor aralashmalari bilan ishlaydigan kishilar tvorog, pishloq, qatiq, qand, grechka
bo’tqasi, sabzavotlar, mevalar, oshko’k hamda S vitaminini iste’mol qilishlari zarur, yog’li,
kuchli
hamda achchiq taomlarni iste’mol qilmaslik kerak.
Tarkibida ftor bo’lgan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda sut mahsulotlari,
grechka bo’tqasi, sabzavot hamda A vitaminiga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Ishdan
so’ng
qo’l va yuzni yaxshilab yuvish va simobli dorilar bilan ishlagandan so’ng kaliy
permanganatning
0,5% li eritmasi bilan og’izni chayqash kerak. Maxsus xonada ovqatlanish kerak, u yerga
maxsus
jomakor bilan kirish mumkin emas.
OST 46.3.1.168-84 talablariga asosan, barcha issiqxona xo’jaliklarida pestitsid va mineral
o’gitlarni saqlash, ishchi eritma tayyorlash va ishlov berish uchun ishlatiladigan uskuna va
asboblarni saqlash kimyoviy himoya binosi bo’lishi shart.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Issiqxonalarda sanitariya va gigiyenik holatlarni ta’minlash maqsadida, SM va Q 2.09.04-
87 talablariga asosan dam olish xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, korjoma va shaxsiy himoya
vositalarini zararsizlantiruvchi xonalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
O’simliklarga kimyoviy ishlov berishda, xizmat ko’rsatuvchilar maxsus yo’riqnomadan
o’tgan va ShHV lar bilan ta’minlangan bo’lishlari shart. Ishlov berishda xizmatchilar o’zaro 10
m
dan yaqin masofada bo’lmasliklari lozim. Kimyoviy dorilar bilan ishlov berilgan bino eshigi
qulflanib, eshikda maxsus ogohlantiruvchi yozuv yozilgan jadval osib qo’yiladi.
Issiqxona rahbarlari tuproq, havo va chiqindilar tarkibidagi pestitsid, mineral o’g’itlar va
aralashmalari miqdori haqida doimiy nazoratni olib borish uchun mas’uldirlar. Issiqxonada
etishtirilgan mahsulot iste’molga chiqarishdan oldin, ular tarkibidagi pestitsid va nitratlar
tekshirilib
ruxsat berilgandan keyin amalaga oshirish kerak.
4.8 Chorvachilikda kasb kasalliklari profilaktikasi
Chorvadorlarning turli antropozoonoz xususiyatli kasalliklarga chalinishi oldini olish
maqsadida tizimli ravishda meditsina ko’rigi o’tkazilib turilishi shart va zarur.
Kasb kasalliklarining oldini olish uchun yuqumli kasallikka uchragan mollar bilan ishlashda
karantin qoidalariga va shaxsiy gigiyenaga rioya qilishning ahamiyati katta. Kasallangan
mollar
bilan ishlash uchun 18 yoshdan oshgan kishilarga ruxsat etiladi. Bunday ishlarda homilador va
emizikli bolalari bor ayollarning ishlashi qat’iy man etiladi. Kasal va yuqumli kasal tarqatuvchi
chorva mollari boqilayotgan joylarda ovqatlanish, suv ichish va sigareta chekish man etiladi.
Iste’mol uchun suv idishlari va vositalari, gazli suv qurilmalari ishlab chiqarish binosining
ichida
bo’lmasligi kerak.
Chorvachilik majmuasi hududidagi kasal mollar bor joylarga boshqa sog’lom mollarning
kiritilishi man etiladi. Yuqumli kasalli chorva mollari bilan ishlovchi xodimlar yilning har bir
choragida tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Ishdan keyin albatta qo’lni lizola yoki xloraminli
dezinfektsiyalovchi eritma bilan iliq suv va sovun bilan yuvish lozim. Chorvadorlar va chorva
mollarini profilaktika qilish maqsadida binolarni tez-tez dezinfektsiya qilish kerak. Xuddi
55
shuningdek chorvachilik uchun foydalaniladigan barcha vosita va buyumlarni ham
dezinfektsiyalash lozim. Kasallangan chorva mollarini izolyatsiya qilish yoki ularni fermadan
tashqariga chiqarish kerak. Kasallangan mollar sutini iste’mol uchun chiqarish, agar bursellez
kasalligi ehtimoli bo’lsa, ularni sog’ish qat’iyan man etiladi. Binoning ichkarisiga kirishda,
hamda
bino ichidagi bo’linmalarda dezinfektsiyalovchi baryerlar o’rnatilishi shart.
Turli davolab bo’lmaydigan mollar yoki o’lik hayvonlar maxsus zavodlarda qayta ishlanib,
qurilmalarda yoqiladi yoki biotermik chuqurlarda zararsizlantiriladi. Veterinariya-sanitariya
choratadbirlari
ancha samarali usullardan hisoblanib, o’lik hayvonlarni qayta ishlash iqtisodiy tomondan
foydalidir.
Hayvonlar ho’l va quruq usullar bilan utilizatsiya qilinadi. Ho’l usul bilan utilizatsiya
qilinganda oddiy apparatlardan biri katta tipdagi avtoklavga o’lik qoramollarning bir qanchasi
ortiladi. Zamonaviy apparatlardan biri «GARTMAN»dir. Unda o’lik hayvonlar aylanma
harakatdagi patron ichida 4-5MPa bug’ bilan qayta ishlanadi. Yo’qotishda mexanik jarayon
qatnashadi (qolgan yog’larni siqib olish uchun) va o’lik maydalagichlar (maydalashdan so’ng
g’alvirdan o’tkazish) orqali maydalanadi. Shuning uchun avtoklavda ishlaganda asosan
mexanik
qismlarga ehtiyot bo’lib, texnika xavfsizligi choralariga e’tibor berish kerak. Agar hayvon
yuqumli
kasallik tufayli nobud bo’lsa, terisini shilmasdan yo’qotiladi yoxud yoqib tashlanadi. O’lik mol
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
faqat maxsus yoqish o’choqlarida yoki
chuqurlarda
yo’qotiladi. Barcha viloyat
veterinariyabakteriologik
laboratoriyalarida va veterinariya davolash joylarida o’lik mollarni yoqadigan
o’choqlari bor.
Dezinfektsiya - bino va inshootlarning tashqi va ichki muhitidagi mikroorganizm
tarqatuvchilarini yo’qotishdir. Chorvachilik va parrandachilik xo’jaliklarida dezinfektsiya
xonalariga hayvonlar (parrandalar) uchun xonalar, hayvonlarga xizmat ko’rsatuvchi buyum va
boshqa uskunalar, korjoma, shuningdek xonalarga yondoshgan yaylov maydonlari, go’ng va
go’ng
sharbati saqlanadigan o’ralar kiradi.
Dezinfektsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:
• Xonaning hamma qismlarini mexanik tozalash;
• Zararsizlantiruvchi vositalar yordamida dezinfektsiyalash.
Profilaktika ishlarini bajarishda joriy yoki yakunlovchi dezinfektsiya aralashmalari
tayyorlanadi. Ishlov beriladigan (devor, shiplar, pol va bosh.) namunaviy chorvachilik xonalari
uchun 1 m
2
ga 1 l hisobida aralashma sepiladi. Eritmani ushlash muddati 3 soatdan kam
bo’lmasligi
zarur. Hamma xo’jaliklarda profilaktik dezinfektsiyani yil mobaynida kamida ikki-uch marta
o’tkazilishi shart. Fermadagi hayvonlarni bahorda, yaylovda boqishga va kuzda, ya’ni
fermalarga
bog’lab boqishga o’tkazilganda har safar xona to’liq hayvondan va parrandalardan bo’shatilib
dezinfektsiyalanadi. Dezinfektsiyalashda kimyoviy moddalardan 10% li kaustik soda va 5% li
xlorli ohak aralashmalari ishlatiladi. Kaustik soda kasallik tarqatuvchi mikroblarni (oqsil,
chuma
viruslari), xlorli ohak esa ko’payuvchi mikroblarni (kuydirgi) qirishda juda yaxshi samara
beradi.
Dezinvatsiya - gijjalarni hosil qiluvchi lichinka va tuxumlarni tashqi muhitdan qirib
tashlashdir. Chorvachilikda dezinvatsiyani dezinfektsiya bilan birgaliqda o’gkaziladi.
Hayvonlarni
degelmintlashdan keyin joriy dezinvatsiya qilinadi va navbatdagi degelmintlash yana
qaytariladi,
shuningdek hamma hayvonlar sog’aygandan yoki xonalardan chiqarilgandan so’ng xonalarni
yakuniy dezinvatsiya qilinadi.
Dezinvatsiyadan so’ng xonalarning havosi almashtiriladi, oqlanadi, oxur va sug’orgichlar
suv bilan yuviladi, hayvon va parrandalar uchun ishlatiladigan buyumlar va asbob uskunalar
dezinfektsiyalanadi.
Dezinsektsiya - bu chorvachilik (parrandachilik) fermalari va komplekslarida hayvonlarning
zararli ektoparazitlarini (bo’g’im, oyoqli qurt-qumursqa va kana) qirishdir. Ularga qarshi
kurashning asosi veterinar-sanitariya chora-tadbirlaridir. Bahorda profilaktika va doimiy,
takroriy
dezinseksiya xonalarda, xo’jalikdagi chorva mollari boqiladigan hududlarida o’tkaziladi,
hayvonlarga ishlov berish yoki zararli ektoparazitlarni qirib tashlash hayvon va parrandalarni
himoyalashdan iborat. Xo’jalikka ektoparazitlarni kirib kelishidan himoya qilishning eng yaxshi
usulidan biri bu ektoparazitlar bilan zararlangan hayvonlarni tashqaridan kiritmaslikdir.
Qurt56
qumurska va kanalarga qarshi kurashishda mexanik (kana va pashshalarni tutish), fizikaviy
(harorat), kimyoviy (dezinsektsiyalovchi insektitsidlar) va biologik (mikrob va parrandalar)
usullardan foydalaniladi.
Xonalarni dezinseksiyalashda ko’pincha 0,5-10% li xlorofos aralashmasi (100-150 ml 1 m
2
hisobida) ishlatiladi. Qurt-qumursqa lichinka va tuxumlarini qirish maqsadida go’ng
saqlanadigan
joylarga shu aralashma sepib chiqiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Deratizatsiya - kemiruvchi (sichqon, kalamush) va har xil zararli kasalliklarni
tarqatuvchilarni qirib tashlashdir. Zararli kemiruvchilar bilan kurashishning profilaktik
choratadbirlari
shundan iboratki, ya’ni ularga shunday sharoit yaratish kerakki, ular yemlarga, yashash
joylariga va ko’payadigan uyalariga etib borishdan mahrum bo’lsin. Chorvachilik fermalari va
hudud, komplekslarda kemiruvchilarga qarshi kurashishning chora-tadbirlarining asosi - tozalik
va
sanitariya talablariga o’z vaqtida rioya qilishdir.
Kemiruvchilarni qirish har xil usullar bilan olib boriladi: mexanik (qopqonlar, tuzoqlar),
kimyoviy (dengiz piyozi, margumush, kalamush o’ldiradigan zahar), biologik (itlar, mushuklar)
va
bakteriologik (kemiruvchilarni qiradigan bakteriyalar chiqaruvchi ekinlar). Kemiruvchilarga
qarshi
kurashishda hozirgi kunda qo’llaniladigan kuchli ta’sir qiluvchi ikkita preparat tavsiya etiladi:
fentolasin va penolasin. Ular kemiruvchilar organizmida qon quyulishini buzilishiga olib keladi,
natijada qon ketishi kuchayadi va kemiruvchilar halok bo’ladi.
Chorvachilik binolarini, veterinariya inshootlarini, yem-xashak omborlarini, yem
tayyorlaydigan bo’linmalarni va boshqa ishlab chiqarish inshootlarini botqoqlik joylarda, yer
osti
suvlari yaqin joylashgan hududlarda, oldin mol go’ngi saqlangan joylarda, shuningdek
quyonchilik
va parrandachilik xo’jaliklari bo’lgan joylarda ko’rib bo’lmaydi. Har qanday ishlab chiqarish
hududining maydoni quyidagicha bo’lmog’i kerak:
- maydon tekis bo’lishi va suvlar oqib ketishi uchun nishabligi 3° dan ko’p bo’lmasligi;
- tabiiy suv manbalari, mavjud yo’llar va elektr ta’minot tarmoqlariga yaqin joylashgan, ammo
botqoq hudud yoki jarliklar bilan chegaradosh bo’lmasligi lozim;
-sanitariya-himoyalanish doira chegarasiga yaqin va aholi yashaydigan joy relyefidan pastroq
joyda hamda shamol esadigan tomonda bo’lmog’i;
- yer osti suvlari yerto’la, xandaq va kuzatish chuqurliklaridan pastroq bo’lmog’i lozim.
Ob’ektlarni loyihalashda qurilish zichligi eng muhim hisoblanadi. Chorvachilik va ishlab
chiqarish ob’ektlarining bino va inshootlari maqsad hamda turiga qarab, sanitariya-
himoyalanish
doirasi 25m dan 200m chegarasida belgilanadi.
Chorvachilik va parrandachilik komplekslarining barcha hududlari devor bilan to’siladi va
ular uch asosiy hududga, ya’ni, A, B va V hududlariga bo’linadi:
A- hudud ishlab chiqarish hududidir, unga veterinariya-sanitariya
kompleksi ham kiradi;
B- hudud ma’muriy xo’jalik hududidir;
V- hudud esa oziqa saqlash omborlari, dag’al xashak, silos, ildiz-mevalilar saqlanadigan
joydir.
Go’nglarni saqlash uchun fermalardan kamida 50 m uzoqlikda maxsus go’ngxonalar va
kamida 300 metr uzoqlikda maxsus tozalash inshooti bo’lishi shart.
Veterinariya-sanitariya kompleksi A hududga kiradi. U yerga kasal va yuqumli kasallik
bilan kasallangan mollar joylashtiriladi, ya’ni bu karantin sektoridir. Bu sektor berk devorlar
bilan
mahkamlanadi va eshigi oldida dezinfektsiyalovchi baryer o’rnatiladi. Qoramol va naslchilik
komplekslari hamda cho’chqachilik fermalaridan 500 metr uzoqroqqa karantin binosi quriladi.
Chorvachilik binolari qurilishida o’tga chidamli, issiqlikni o’tkazmaydigan, suv
singdirmaydigan, havo va bug’ o’tkazmaydigan materiallardan foydalaniladi. Poydevorlar esa
namga chidamli va past temperaturalarda muzlamaydigan mustahkam va uzoq muddatlarda
ishlaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Binoning atrofiga yomg’ir yoki qor suvlarining poydevorga tegmasdan tushib ketishi uchun
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
poydevor tomonga balandlik hosil qilib qalin sementdan yoki asfaltdan 70 sm li yo’lak qilinadi.
Chorvachilik ob’ektlari hududlarining obodonchiligi sanitariya me’yorlari va qoidalari (SM
57
245-71) talablariga asosan ko’kalamzorlashtirilishi shart. Ko’kalamzorlashtirish maydoni,
qurilish
maydoni hududning 15-20% dan kam bo’lmagan holda tashkil etilishi kerak. Hududda
xizmatchilar uchun dam olish doirasi (bir kishi uchun 1 m
2
hisobida) ajratilgan bo’lishi kerak.
Chorvachlik majmo’asi kanalizatsiyasi (chiqindi suvlar oqiziladigan quvurlar) chiqindi
suvlar va boshqa ishlab chiqarish zararli chiqindilarni oqizib turish va zarurat tug’ilganda
tozalab
turish imkoniyatiga ega bo’lishi shart.
Barcha bino va inshootlarda kishilarni erkin harakatlanishi uchun xavfsizlik yo’laklari,
shuningdek o’t o’chirish mashinalari uchun kirish joylari bo’lishi lozim.
4.9. Ishlab chiqarish binolarinn yoritish
Kishining tashqi muhit haqida axborot olib turishi, mehnat qilish qobiliyatini va
salomatligini saqlab turishi uchun yorug’lik asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Ish
joyining yaxshi yoritilmaganligi ishlab chiqarishdagi jarohatlanishga sabab bo’lishi mumkin,
asab
tizimiga salbiy ta’sir etadi, ko’zni charchatadi. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining
yoritilganligi ko’z toliqishini kamaytiradi, nafas olishni yaxshilaydi, jarohat sabablarini
yo’qotadi.
Yoritilish manbalariga qarab tabiiy, sun’iy va aralash yoritilish bo’ladi. Sun’iy yoritiladigan
ishlab
chiqarish xonalarini sanitariya me’yorlariga asosan yoritish talab qilinadi. Ko’pgina binolarda
aralash yoritilish tizimi qo’llaniladi. Yorug’lik kuchi yorug’lik oqimining u tarqalayotgan
moddiy
burchakka nisbatidan iborat. Yorug’lik kuchi kandel (kd)da o’lchanadi. Har qaysi nuqta
yuzasining
yoritilganligi (Ye) lyukslarda aniqlanadi va lyuksmetrlar orqali hisoblanadi.
Yoritilish manbalariga qarab tabiiy, sun’iy va aralash yoritilish bo’ladi. Sun’iy yoritiladigan
ishlab chiqarish xonalarini, sanitariya me’yorlariga asosan yoritish talab qilinadi. Xonalarning
tabiiy
yoritilganligi yorug’lik koeffitsiyentidan tashqari tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (E) bilan ham
baholanadi.
Deraza oynalarining holati, yorug’likning o’tishiga ta’sir ko’rsatadi. Binoning ichkarisidagi
devorlarning bo’yalganligi va qurilmalarning ranglari yoritilganlikka ta’sir qiladi. Masalan, oq
rangga bo’yalgan devordan 80% gacha yorug’lik qaytadi, ko’k rangli devordan esa faqat 11%
yorug’lik qaytadi. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy yoritilganligini loyihalash, tabiiy
yoritilganlik
va yorug’lik koeffitsiyentlari yordamida olib boriladi.
a) b) c) d) e) f)
4.14-rasm. Yoritgichlar tuzilishi va turlari. a- «Universal»; b- shiftli (potolokli); c-C-131ФM
lampasi; d-ПУ-100; e-ПУ-200; f-tub yoritgich.
Sun’iy yoritish uchun cho’lg’amli (4.14-rasm a,c,d,e,f) va lyuminessentli (4.14-rasm , b)
yoritgichlardan foydalaniladi. Turli xildagi ishlab chiqarish sharoitlari va binolar uchun maxsus
elektr yoritgichlar va armaturalar qo’llaniladi. Portlash xavfi bo’lgan va gazlari mavjud
bo’lgan
xonalar
uchun
maxsus
xavfsizlantirilgan
yoritgichlar
qo’llaniladi
(v,g,d). Bunday
yoritgichlarning
usti berkitilgan bo’ladi. Sun’iy yoritgichlar o’z vazifasiga ko’ra ish, halokat va maxsus
yoritgichlarga bo’linadi. Ishlab chiqarish bo’linmasiga va ishlarning turiga qarab, asosiy,
umumiy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
hamda aralash yoritgichlar qo’llaniladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentini aniqlash (TYoK) xona ichidagi nuqtaning E
i
xuddi shu
gorizontal tekislikda joylashgan butun osmonning tarqoq nuri bilan yoritilgan E
m
tashqaridagi
58
nuqtaning shu paytdagi yoritilganligiga nisbatan foiz hisobida olingan yoritilganlikdir.
Bir tomonlama yoritilganda xonaninig eng uzoq nuqtasi uchun TYoK ning minimal qiymati
me’yorlanadi. Turar joy va jamoat binolarida polning yoki poldan 0,8 m balandlikdagi
gorizontal
yuzaning yoritilishi aniqlanadi. Shu bilan bir vaqtda havo ochiq bo’lganda tarqoq yorug’lik
bilan
yoritilishi o’lchanadi.
*100%
т
и
E
E
e •
Natijalari esa yuqorida keltirib o’tilgan formula bo’yicha hisoblab chiqariladi. Yuqoridan va
aralash yoritiladigan binolarda TYoQ ning o’rtacha qiymati me’yorlanadi. Buning uchun
tekshirilayotgan xonada bir-biridan teng uzoqlikda joylashgan beshta nuqtaning yorug’ligi
aniqlanadi. Shu bilan bir vaqtda havo ochiq bo’lganda tarqoq yorug’lik bilan yoritilish
o’lchanadi.
Keyin har bir nuqta uchun TYoK hisoblab chiqariladi. TYoK ning o’rtacha qiymati (E
o’rta
)
quyidagi
formula bo’yicha hisoblab chiqariladi:
1
.....
2
2 3
1
•
n
E E E
E
E
n
урта
Bunda:
E
1
, E
2
,E
3
.E
n
- har xil nuqtalardagi TYoQ qiymati;
n - TYoK ning hisoblab chiqarilgan qiymat miqdori.
Yoritilganlik asosan yorug’lik koeffitsiyenti (A) orqali xarakterlanadi, bu koeffitsiyent,
masalan derazaning andozaiga qarab xonaning ichiga yorug’likning kirishini xarakterlaydi.
Maxsus yorug’lik turiga nurlantirish maqsadida ishlatiladigan yorug’lik kiradi. Bu yorug’lik
eritem nurlanishi deyilib, ishchilarni maxsus xona - fotariylarda yoki labirint koridorlaridan
o’tkazilib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi.
Nurlanishning yana bir turi bo’lgan bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni sterillash
maqsadida ishlatiladi. Odamlarni evakuatsiya qilishga mo’ljallangan, falokat yoritgichlari 50
dan
ortiq ishchi-xizmatchilar ishlaydigan ishlab chiqarish xonalariga o’rnatiladi. Bunda
yoritilganlik
darajasi 0,5 Lk bo’lishi etarlidir.
Ishlab chiqarish ob’ektlari binolari uchun tavsiya etiladigan yoritilganlik koeffitsiyenti (e)
4.4-jadval
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Xonalar (bo’limlar)
Yoritilgan vaqtida (e), %
qiymati
yonidan
kombinatsiyalang
an
Chilangarlik, mexanik, yig’uv, elektr va yonilg’i apparatlarini
ta’mirlash, dvigatellarni ta’mirlash, tibbiy bo’lim
3
10
Qismlarga ajratish, yuvish, bo’yash, qishloq xo’jaligi
mashinalarini ta’mirlash, vulkanizatsiya, temirchilik,
payvandlash, akkumulyatorlarni zaryadlash, asbob-anjom
ombori, sinov stantsiyasi
0,5
2
Hayvon yoki parranda tutish, yem-xashak tayyorlaydigan
xonalar
0,5-1,0
2
Veterinariya tashkilotlarining asosiy xonalari
1,0 -
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashga tayyorlash xonalari 1,0
3
Garaj, qishloq xo’jaligi mashinalari va anjomlarni saqlash
uchun, don omborlari, metall ombori.
0,2
1
59
Qoidaga muvofiq qishloq xo’jaligi inshootlari tashqi tomondan yoritiladi.Tunda ishlaganda
ish joylarini hamda qo’zgaluvchi mashina agregatlarni, ya’ni agregatning to’la yo’li va butun
qamrab olish kengligini hamda ishlayotgan joyini kerakli miqdordagi yoritgichlar bilan
ta’minlash
lozim. Buning uchun maxsus me’yorlar belgilangan. Kechasi dalada ishlayotgan mashina-
traktor
agregatlarga dala sathidan 2-3 m balandlikda yoritish tizimi o’rnatiladi. Transport yo’lda
yurganda
yoritgichlar mashinalarning pastki qismlariga joylashtiriladi.
Ma’lumki, ko’zga nur to’g’ridan-to’g’ri tushganda ko’z qamashib, ravshanlik katta
bo’lganda ma’lum vaqtgacha ko’z oldi qorong’ilashib, ob’ektlar yomon ko’rinadi yoki
ko’rinmay
qolishi mumkin. Ana shu holatlarini oldini olish uchun yoritgichlarda qandillardan
foydalanadilar.
Qandillarning afzalligi shundaki, ishlovchilarning ko’ziga lampalardan chiqayotgan nurlarni
to’g’ridan-to’g’ri tushishidan saqlaydi.
4.15-rasm. Ю-16 fotoelektrik lyuksometrning tashqi ko’rinishi.
1-galvanometr; 2.3-selenli yorug’lik yutuvchi fotoelementlar.
Yorug’lik manbalarining ko’zni qamashtirish xususiyatini kamaytirishi, qandillarning
himoya burchagiga bog’liq. Konstruktsiyasi bo’yicha qandillar ochiq, himoyalangan, yopiq,
chang
o’tkazmaydigan, namlik o’tkazmaydigan, portlash xavfidan himoyalangan turlarga bo’linadi.
Xona va ish o’rinlarining yorug’liligini bir yilda bir marta Yu-16 turdagi lyuksometr bilan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
o’lchab ko’rilishi lozim.
Nazorat uchun savollar.
1. Mehnat gigiyenasi deganda nimani tushunasiz?
2. Ishlab chiqarish sanitariyasini ta’minlash asoslari nimadan iborat?
3. Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar turlari va ularning inson organizmiga ta’sirini
aytib bering.
4. Xavfli va zarali omillardan himoyalanish usullari va vositalarini aytib bering.
5. Mikroiqlim ko’rsatgichlari nimalardan iborat?
6. Havoning nisbiy namligi va harakat tezligini o’lchovchi asboblar turini aytib bering.
7. Shovqin nima va uning inson organizmiga salbiy oqibatlarini aytib bering.
8. Titrash turlari, uning inson sog’lig’iga ta’siri va undan himoyalanish usullari.
9. Nurlanishlar turlari va ularning inson organizmiga ta’sirini aytib bering.
10. Nurlanishlardan himoyalanish usullari va vositalarini aytib bering.
11. Yoritish turlari, vositalari va ularga qo’yilgan talablar nimalardan iborat?
12. Yorug’lik miqdorini o’lchovchi asbob nima va o’lchov birlilgiga izoh bering.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |