Darsga kerakli ukuv materiallari va vositalar:
rangli plakatlar, jadvallar, zaytun va palmaning moyidan namunalar, urug`laridan
namunalar, slaydlar, kadoskop.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Abdukarimov D.T. – «Dala ekinlari xususiy seleksiyasi» darslik
T-2007.
2.Yormatova D., Xushvaktova X. – «Moyli ekinlar» T-2009
3.Vavilov N.I. Pyatь kontinentov. «Geografgiz» 1962.
4.Jigarevich I.I. Kultura maslina. Baku, 1955
5.Taran Ye.N. Bioximiya tungovogo dereva V. KN: Bioximiya kulturnix
rasteniy. T-5 «Selxozgiz» M-yu 1952.
6. www. google.ru – Maslichniyye kulturi.
Asosiy tushunchalar
Zaytun (Oleo europaye), mgyli o’simliklar guruhiga kiradi. Mevalaridan eng
sifatli, tfrkibida inson organizmi uchun zararli moddalar bo’lmagan, hazm bo’lish
darajasi o’ta yuqori, shifobfxsh moy olinfdi. Zaytun moyi ta’mi, xushbo’yligi,
dorivorligi bilan iste’mol moyi sifatida birinchi o’rinni egallaydi; shifobaxsh kamfora
va vitaminli eritmalar, turli xil xushbo’y atir-upalar tayyorlashda ishlatiladi. Zaytun
daraxtini ilk bor eramizgacha Kolumella, Pliniy va Katonlar sifatli moy va ajoyib
meva bergani uchun «moy daraxt» deb nomlashgan. Mevalaridan 40-80 % moy
bo’lib, moyi yarim quriydigan moylar guruhiga kiradi. Moyi tarkibida olein (70-
80%), linol (5-11%) kislotalari ko’p.
Zaytun daraxti asosan mevalaridan moy olish va ularni konservalash
maqsadlarida o’stiriladi. Rivojlangan barcha mamlakatlarda zaytun moy iva
konservasiga talab kata. Daraxtidan juda yaxshi mebellar tayyorlanadi, moyi ajratib
olingandan mevasidan hosil bo’lgan kunjarasi chorva mollari uchun o’yimli ozuqa
hisoblanadi. Zaytun moyi ba’zan provas deb nomlanadi. Benga sabab shuki,
Fransiyaning Provani tumanida eng yaxshi zaytun moy iva konservalar ishlab
chiqarilgan. Bu o’simlikdan eramizgacha bo’lgan davrda ham foydlanib kelingan.
Vatani O’rta Yer dengizi mamlakatlari, aniqrog’i, Suriya bo’lib, shu yerdan butun yer
yuzi bo’ylab tarqalgan, 29-41 shimoliy kenglikda barcha Yevropa mamlakatlarida
ekiladi.
Hozirgi kunda eng ko’p zaytun ekiladigan mamlkatlar: Gretsiya, Italiya, Ispaniya,
Falastin, Turkiya, Meksika, Avtraliya va boshqalar hisoblanadi. FAO ma’lumotlariga
ko’ra, 1999 yilda yer sharida 13443 ming tonna zaytun mevasi yetishtirilgan. Gretsi,
Italiya, Kurdiston, Ispaniya va O’rta Yer dengizi sohillaridagi boshqa mamlakatlar
zaytun moy iva qayta ishlangan mahsuldorini sotishdan juda kata daromad qilishadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida bu o’simlik X-XI asrlarda ekib-o’stirilgan, keyinchalik
bir yillik moyli ekinlar maydonlari ko’payishi natijasida zaytun o’simligi
dehqonchilikdan chiqib ketgan.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |