148
siyosat bilan bog‘liq xo‘jalik munosabatlaridagi qiyinchiliklar jarayonida yuzaga
keladi.
Narxni erkinlashtirish
– bozor iqtisodiyotiga o‘tishning talablaridan biri.
Narxlarning keskin va sezilarli o‘sishi, bir vaqtning o‘zida ularning nisbati
o‘zgarishi va markazdan nazorat qilinmay qo‘yilishini anglatadi.
Oldi-sotdi shartnomasi
– bozor iqtisodiyotida qo‘llanuvchi asosiy
shartnoma turlaridan biri. Oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra sotuvchi xaridorga
mulk qilib sotishni, xaridor esa mulk qilib sotib olish va buning uchun
belgilangan miqdorda haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Oferta
– tomonlarning biridan taklif etiluvchi ma’lum bir sharoitlarda
shartnoma tuzish taklifi. Shartnoma ikkinchi tomon
rozilik bildirgan holda
haqiqiy deb hisoblanadi.
Risk
– kompaniyaning o‘z resurslari bir qismini yo‘qotish, daromadni
to‘liq olmaslik yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lish
xavfi.
Samaradorlik
– iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosi, jamiyatning
cheksiz ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishish uchun cheklangan
resurslardan eng yaxshi foydalanish yoki ularni qo‘llash yo‘llarini tadqiq etadi.
Siyosiy risklar
– davlatning iqtisodiy siyosati,
siyosaiy vaziyatning
o‘zgarishi natijasida vujuga keluvchi moliyaviy yo‘qotishlar.
Soliq imtiyozlari
– soliq to‘lovlaridan to‘liq yoki qisman ozod qilish.
Xususan, lizing subyektlariga QQS, foyda solig‘i va mulk solig‘i bo‘yicha bir
qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod
qilingan. O‘zbekistonga kiritiluvchi texnologik asbob-uskunalar importchiga
xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ozod qilinadi.
Soliq risklari
– soliq sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi
noaniqlik va ziddiyatlar.
Soliqlar
– yuridik va jismnoiy shaxslardan davlat tomonidan undiriluvchi
majburiy to‘lovlar. Soliqlar ikkita vazifani: fiskal va iqtisodiy vazifani
ifodalaydi. Fiskal vazifa davlatning pul daromadlarini
tashkil qilish va davlat
faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish, jumladan, iqtisodiyotga ta’sir
ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy vazifa – soliqlardan ishlab chiqarishni
tartibga solish, rivojlanishning o‘sish sur’atini to‘xtatib turish yoki
rag‘batlantirish, kapital jamg‘arilishini kuchaytirish yoki susaytirish,
aholining
to‘lov layoqatiga ega talabini kengaytirish yoki kamaytirishda foydalaniladi.
149
Tijorat banki
– paychilar kengashi tomonidan boshqariluvchi mustaqil
aksiyadorlik tashkiloti. Mustaqil balansga ega yuridik shaxs hisoblanadi.
Faktoring va lizing operatsiyalarini bajaradi.
Foyda solig‘i
– korxonalar sof daromadining bir qismini davlat
daromadlari foydasiga o‘tkazish shakli. Soliqqa tortiluvchi foyda balansdan
kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Huquqiy risk
– qonun hujjatlarining o‘zgarishi natijasidagi yo‘qotishlar
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Egalik qilish
– shaxsning buyum ustidan amalda hokimligini anglatuvchi
mulk huquqi elementi. Egalik qilish mulk huquqidan ajratilishi va uning egasi
tomonidan amalga oshirilmasligi mumkin. Egalik qilish mulk egasiga,
uning
hohishiga ko‘ra yoki qonunchilik va ma’muriy huquq talablari bo‘yicha
uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan hollarda qonuniy hisoblanadi. Huquqiy asosga
ega bo‘lmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi.