122
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi har yili 1 - oktyabrdan
kechikmasdan “O‘zagromashservis” mashina-traktor parklari assotsiatsiyasining
hududiy
birlashmalari, muqobil mashina-traktor
parklari, qishloq xo‘jalik
shirkatlari va fermer xo‘jaliklarining arizalari asosida lizing shartlarida yetkazib
beriluvchi qishloq xo‘jalik texnikasiga ehtiyojlar bashoratini tuzadi.
Qishloq xo‘jaligining texnikaga bo‘lgan ehtiyojlari prognozi asosida
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi va Paxtabank O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloqni qishloq xo‘jalik texnikalari
bilan ta’minlashni rag‘batlantirish davlat Jamg‘armasiga kelgusi yilda texnikani
sotib olishga kerak bo‘lgan mablag‘larni prognozini taqdim etadi. Shu asosda
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan birgalikda kelgusi
yil uchun Jamg‘arma mablag‘larini to‘ldirish uchun
zarur resurslar va ularning
manbalarini belgilaydilar. Mavjud moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan
holda Jamg‘arma “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga kelgusi
davrda lizing operatsiyalarini amalga oshirishga ajratiluvchi resurslar hajmiga
kafolat xatlari beradi.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Jamg‘armaning kafolat
xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding”
XK tizimida qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda qishloq
xo‘jalik mashinalariga buyurtmalarni davrlarga bo‘lgan holda joylashtiradi.
Mazkur
buyurtmalarga
asosan
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing”
kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan traktor va hosil yig‘uvchi
mashinalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzadi. Shu bilan bir paytda
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi
kelgusi yil uchun quyidagi
shartnomalarni tuzadi:
-
Jamg‘arma bilan moliyaviy resurslarni ajratish bo‘yicha. Bunda lizing
bo‘yicha daromad (marja) hajmi, shuningdek, kompaniya xizmatlari uchun
to‘lanuvchi to‘lovlarning lizing oluvchi tomonidan to‘lanuvchi lizing
to‘lovlaridan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan hajmi kelishib olinadi;
-
Paxta-bank bilan – uning moliya agenti vazifalarini bajarish bo‘yicha;
-
“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi bilan – sug‘urta agenti vazifalarini
bajarish bo‘yicha;
-
mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-
traktor parklari, qishloq xo‘jalik shirkatlari va fermer xo‘jaliklari bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘zining mintaqaviy bo‘limlari orqali traktor va hosilni
yig‘ish
texnikalarini
yetkazib
berish
lizing
shartnomalari.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” ALK faoliyatida qo‘llanuvchi asosiy shartnoma
123
turi moliyaviy lizing shartnomasi hisoblanadi. Har bir shartnomaga lizing
to‘lovlari jadvali (asosiy summa plus lizing %lari) ilova qilinadi. Shartnomaning
bitta asl nusxasi Paxta bankka jo‘natiladi.
Shundan so‘ng “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Paxtabankda
ochilgan va Jamg‘arma mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan operativ hisob raqamidan qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab
chiqaruvchi zavodga navbatdagi chorak uchun berilgan buyurtmalarning 30
%ini avans shaklida (ko‘rsatilgan chorak boshlanishidan kamida 30 kun oldin)
to‘laydi. Tayyor qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan
mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jalik shirkatlari va fermer xo‘jaliklariga
yetkazib beriladi. Lizing oluvchi qishloq xo‘jalik
texnikasini olganligini
tasdiqlagandan so‘ng “O‘zqishloqxo‘ja-likmashlizing” kompaniyasi uch bank
kuni ichida operativ hisob raqamidan lizingga berilgan qishloq xo‘jalik texnikasi
qiymatining qolgan 70 %ini zavodga to‘laydi (yakuniy hisob-kitob amalga
oshiriladi).
Lizing
shartnomasi
kuchga
kirgan
paytdan
lizing
oluvchilar
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga lizingga olingan texnikaning 15
% qiymatini avans shaklida to‘laydi va lizingga olingan texnikani o‘z hisobidan
“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasida sug‘urtalaydi. Texnika qiymatining qolgan 85
%i va lizing %lari 7 yil ichida to‘lab boriladi. Bunda lizing to‘lovlari lizing
shartnomasida belgilangan hajmda va muddatlarda amalga oshiriladi. O‘z
tomonidan kompaniya moliyaviy lizing shartnomasida belgilangan muddatlarga
asosan “Paxtabank” moliya agenti bilan birgalikda lizing to‘lovlarini to‘playdi.
Bu mablag‘lar to‘laligicha Operativ hisob raqamiga o‘tkaziladi va qishloqni
qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirish
davlat
Jamg‘armasining roziligi bilan yangi lizing operatsiyalarini amalga oshirish
uchun foydalaniladi.
Lizing oluvchi lizing to‘lovlarini jadvalda ko‘rsatilganidek o‘z vaqtida
to‘lamagan hollarda Paxtabank lizing oluvchining bank hisob-raqamlariga shak-
shubhasiz bajarilishi shart bo‘lgan to‘lov talabnomasini taqdim etadi.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi lizing bo‘yicha olingan
%lardan shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda tijorat agenti vazifalarini bajarish
uchun to‘lovlarni
olib qoladi, lizing oluvchilaran kelib tushgan mablag‘ning
qolgan qismi esa uch kunlik muddat ichida Jamg‘armaning bankdagi hisob
raqamiga o‘tkaziladi. Lizing oluvchilarning lizing to‘lovlarini qaytarishi asosan
Moliya Vazirligining davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
124
sotib olishga transhlar orqali yo‘naltiriluvchi mablag‘lar hisobiga amalga
oshiriladi.
Bundan tashqari “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi har oyning
5 kunigacha Paxtabankka avvalgi oyda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lizing
to‘lovlari jadvalining nusxasini topshiradi va har chorak yakunida 20
kundan
kechikmay o‘tgan chorak ichida Operasion hisob raqamidagi pul mablag‘lari
harakati
to‘g‘risidagi
Paxta-bank
tomonidan
tasdiqlangan
hisobotni
Jamg‘armaga taqdim etadi.
Shu tariqa, munosabatlarning asosiy qoidalari quyidagilarga asoslanadi:
•
kompaniya keyinchalik lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun
kafolat xatlari asosida resurslar ajratuvchi Jamg‘armani O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan birgalikda zarur qishloq xo‘jalik
texnikalarini sotib olish uchun mablag‘larga ehtiyoj to‘g‘risida xabardor qiladi;
•
mahsulotlarini
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing”
kompaniyasi
moliyalashtiruvchi har bir ta’minotchi bilan kelishish va oldi-sotdi shartnomalari
tuzish;
•
texnika modifikasiyalari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish;
•
lizing oluvchiga lizing shartnomasi asosida qishloq xo‘jalik texnikasini
taqdim etish;
•
lizing oluvchi va “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi o‘rtasida lizing
obyektini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish;
•
lizing shartnomasi bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarish monitoringi;
Do'stlaringiz bilan baham: