60
AQSH Lend-liz dasturini qabul qilgan, unga ko‘ra
Rossiya lizing shartlarida
harbiy texnika oluvchi asosiy tomon bo‘lgan. 80 - yillarning boshida esa V/O
“Sovfraxt”, “Sovtransavto” kabi tashkilotlar xalqaro lizing bilan shug‘ullana
boshlagan, 90 - yillarga kelib esa ular qatoriga “Avtoeksport”, “Traktoreksport”
tashkilotlari ham qo‘shilgan.
Rossiyada birinchi lizing kompaniyalari 1990 - yilda paydo bo‘ldi.
Birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan lizing kompaniyalari qatoriga mamlakatda
ishlab chiqariluvchi qishloq xo‘jalik texnikalari lizingi bilan shug‘ullanuvchi
“Rosagrosnab” va samolyotlar lizingi bilan shug‘ullanuvchi “Aerolizing”ni
kiritishimiz mumkin. Banklar tomonidan ham ko‘plab lizing kompaniyalari
tuzilgan: “Baltliz” (Promstroybank), “Lizing biznes” (Mosbiznesbank),
“Rossiya” (Agroprombank bilan Promstroybankom) va boshqalar. Birinchi
kompaniyalar ortidan qo‘shma korxonalar ham tuzila boshladi: “Kolumb”
(“Agrolizing” firmasi), Rossiya-Germaniya “Mejsberyuraskolizing” korxonasi
(Mejekonomsberbank”). Moskva shahri hukumati tomonidan
qurilish texnikasi
lizingiga ixtisoslashgan “Likostroy” kompaniyasi ta’sis etildi. Lizing
operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “Lukoyl” neft kompaniyasi o‘ziga xos
yo‘l tutdi. 1995 - yilda u xolding kompaniyasining barcha shu’ba bo‘limlari
uchun asbob-uskunalar yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan “LK-lizing”
kompaniyasini ta’sis etdi.
1
Rossiyada lizing operatsiyalarini rivojlanishida muhim qadamlardan biri
soliq va bojxona imtiyozlarini qonunchilikda belgilanishi bo‘ldi. Rossiya
Federatsiyasi hukumatining qator qarorlari lizing sektorini rivojlantirishga jiddiy
ta’sir ko‘rsatdi. Bulardan:
2
•
1995 - yilda qabul qilingan 1133-raqamli “Ishlab chiqarish va mahsulot
realizatsiyasidagi xarajatlar tarkibi va foyda solig‘i
hisoblanayotganda hisobga
olinadigan moliyaviy natijalarni shakllantirishni tartibga solish to‘g‘risidagi
nizomga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bo‘lib, lizing oluvchilarga
lizing to‘lovlarining mahsulot tannarxiga to‘liq o‘tkazishga ruxsat bergan;
•
1996 - yilda qabul qilingan 752-raqamli “Rossiya Federatsiyasida lizing
faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaror bo‘lib, unda
lizingga berilgan asbob-uskunalarga jadallashtirilgan amortizatsiyasini qo‘llash
imkoniyatini yaratib bergan;
1
www.leasbusi.ru/
Анализ деятельности Российских лизинговых компаний.
2
Fозибеков Д.F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан
ва технология, 2004.
61
•
Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 633-raqamli “Investitsion
faoliyatda lizingni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hukumat
1996-2000 - yillarga mo‘ljallangan lizingni rivojlantirishning
federal dasturini
tayyorlash majburiyatini o‘z zimmasiga olish bilan birga, xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini uch yilgacha moliyaviy lizing shartnomalaridan oladigan
daromadiga solinadagan soliqdan, bank va kredit tashkilotlarini
uch va undan
ortiqroq muddatga mo‘ljallangan, hamda moliyaviy lizing operatsiyalarini
o‘tkazishga yo‘naltirilgan kreditlarni berishdan oladigan daromadni foyda
solig‘idan, lizing beruvchi obyektini sotib olayotganda qo‘shilgan qiymat
solig‘idan ozod etish kabi qator o‘zgartirishlar kiritilishini belgiladi. Qarorda
xalqaro moliyaviy lizing operatsiyasi obyektini
bojxona boji va soliqlardan
qisman ozod qilinishi ko‘zda tutilgan;
•
1998 - yilda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi qonun Rossiya
Federatsiyasida lizingni rivojlanishida ma’lum bir to‘siqlarni yuzaga keltirdi,
ya’ni qonunda ichki qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar bilan mos kelmagan;
•
2000 - yilda davlat Dumasida Rossiyada lizing rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlari to‘g‘risida parlament tinglovlari o‘tkazildi
va unda ishchi guruhni
tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi
sifatida "Lizing to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning
tashkil etish va yagona qonun loyhasini ishlab chiqish bilan birga, moliyaviy
ijara (lizing)ni tartibga soluvchi soliq, bojxona
va valyuta qonunchiliga
qilinadigan qo‘shimcha va o‘zgarishlarni umumlashtirish yuzasidan tavsiyalar
tayyorlash belgilandi;
•
2002 - yilda “Lizing to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, u “Moliyaviy ijara
(lizing) to‘g‘risida”gi qonun deb nomlandi va lizingni rivojlantirishga qaratilgan
yangi huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga qamrab oldi. Qonunning yangi tahriri
lizing sohasini moliyalashtirishga qiziqqan investorlar lizing loyihalarini amalga
oshirishda qonun qoidalar tez-tez o‘zgarmasligiga ishonch xosil qilishlari uchun
juda muhim bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: