74
taklif etilayotgan lizing loyihasini chuqur tahlil qilish yordamidagina
minimallashtirish mumkin;
•
lizing predmeti bilan bog‘liq tavakkalchiliklar. Bular asosan mulkni
qaytarmaslik xavfi, yo‘qotish xavfi, asbob-uskunalarni
ikkilamchi bozorda sota
olmaslik xavfi, ma’naviy eskirishning tezlashish xavfi va marketing
tavakkalchiligidir. Mulkni sug‘urtalash, ta’minlashning samarali sxemalarini
ishlab chiqish, shartnoma bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan muddatni
belgilash, tavakkalchilik mukofoti miqdorini oshirish,
asbob-uskunalarning
ilg‘or va progressiv turlaridan foydalanish, lizing shartnomasi muddati
tugagandan so‘ng lizing obyektini bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda
sotish bu tavakkalchiliklarni kamaytirish usullari hisoblanadi;
•
moliyaviy tavakkalchiliklar valyuta kurslarining tebranishi, bank
kreditlari bo‘yicha % stavkalarining lizing beruvchi
stavkalaridan oshirilishi,
shartnoma muddati amal qilayotgan muddat davomida lizing beruvchi o‘zining
aktiv operatsiyalarini qayta moliyalashtirishga qodir bo‘lmagan paytda lizing
obyekti narxining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Bu qatorga %
tavakkalchiligi,
lizing
to‘lovlarini
to‘lamaslik
tavakkalchiligi,
narx
tavakkalchiligi, muvozanatlanmagan likvidlik tavakkalchiligini kiritish mumkin.
Ularni moliyaviy fьyucherslar oldi-sotdisi yoki “%li svop” bitimini tuzish, lizing
oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qilish, bitta lizing shartnomasi miqdorini
chegaralash, uchinchi shaxslardan kafolat olish, to‘lovni
amalga oshirmaslikni
sug‘urtalash, har bir lizing to‘lovining qat’iy summasini belgilab qo‘yish, pul
oqimlarini vaqti va hajmi bo‘yicha belgilash, zaxira jamg‘armasini yaratish va
passiv operatsiyalarni diversifikasiyalash yordamida kamaytirish mumkin.
Umuman lizing faoliyatida yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni ikkita –
dinamik va statistik guruhga bo‘lish mumkin. Tavakkalchiliklarning birinchi
guruhi loyihani amalga oshirishning siyosiy va bozor sharoitlari,
asosiy kapital
qiymatidagi oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu
o‘zgarishlar qo‘shimcha xarajatlar va yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Ikkinchi guruh lizing kompaniyasi layoqatsizligi tufayli daromadlarni yo‘qotish,
mulkka zarar etkazish natijasida real aktivlarni yo‘qotish tavakkalchiligidir.
Qoidaga ko‘ra tavakkalchiliklarning barcha turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
lizing kompaniyalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat tavakkalchiliklarni
optimallashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni qiyinlashtiradi hamda
muayyan tavakkalchiliklar tarkibini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shu
munosabat bilan har bir lizing operatsiyasini amalga oshirishdan avval loyiha
tavakkalchiliklari har tomonlama tahlil qilinishi zarur. Mazkur tahlilning
75
maqsadi loyihada ishtirok etishning maqsadga
muvofiqligi uchun zarur
ma’lumotlarni taqdim etish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy
yo‘qotishlarni oldindan ko‘ra bilishdan iborat. Har bir muayyan holatda lizing
beruvchi o‘z zimmasiga oluvchi tavakkalchilik darajasini aniqlashi lozim.
Bunda shuni qayd etish joizki, tavakkalchiliklardan hech biri to‘laligicha
bartaraf etilishi mumkin emas, chunki lizing kompaniyalari faoliyati %
stavkalari va qayta moliyalashtirish stavkalarining, soliq qonunchiligi va valyuta
kurslarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Lizing beruvchi o‘z
zimmasiga
qanchalik ko‘p tavakkalchilikni olsa, operatsiyalarni amalga oshirishda uning
stavkalari shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu muammo barcha operatsiyalarni
birgalikda va har bir operatsiyani alohida foydalilik va tavkkalchiliklarining
optimal
uyg‘unlashuvini
aniqlash
yo‘li
bilan
hal
qilinadi.
Bunda
tavakkalchiliklarni sug‘urtlash oldindan ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlarning
ta’sirini
cheklash, amaldagi foyda miqdorining rejadagidan eng kam og‘ishini
ta’minlashga yo‘naltiriladi, qo‘yilmalar miqdorini mazkur vaziyatda yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar tavakkalchiliklari bilan bog‘lash lozim
bo‘ladi.
Loyiha
Do'stlaringiz bilan baham: