75
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) bir yoki bir necha kanal atrofidagi suvdan
foydalanuvchilarning xoxish irodasi Bilan to’ziladigan va ular
tomonidan boshqariladigan
nodavlat, notijorat tashkilotdir. Suvdan foydalanuvchilar fermer va dehqon xo’jaliklari yoki
tomorqa egalari bo’lib adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-zovur tarmoqlaridan samarali
foydalanishni yo’lga qo’yish orqali uyushma xududida sug’orma dehqonchilikni
rivojlantiradilar va buning uchun o’zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini
birlashtiradilar. SFU ga birlashmagan suvdan foydalanuvchilar
quyidagi muammolarga duch
kelishlari mumkin: 1) Yagona teng xuquqli suv taqsimlash tizimi yo’lga qo’yilmaganligi bois
suvdan foydalanuvchilar o’rtasida suv uchun doimiy ziddiyatlar vujudga keladi. 2) Irrigatsiya-
zovur tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga davlat tomonidan ajratilayotgan
mablag’larining yetishmasligi tufayli ularning holati yomonlashib boradi. 3) Suv resurslaridan
oqilona foydalanmaslik suvning keskin kamayish xavfini keltirib chiqaradi va kelajakda
ekologik vaziyat yanada og’irlashadi.
SFU ni tashkil qilinishi o’z a’zolari bo’lgan suvdan foydalanuvchilarga sug’orish
tarmog’idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish
imkoniyatini beradi. Suvdan foydalanuvchilar SFU ning moliyaviy boshqaruvini oshkara
tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bu qishloq xo’jalik
maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan holda nafaqat suv xo’jaligi,
balki qishloq
xo’jaligi bilan bog’liq umumiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradi. Bundan
tashqarii suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi
oshishi fermerlarda ertangi kunga yanada ishonch o’yg’otadi.
SFU tuzish uchun uyushmaning bo’lajak a’zolaridan iborat tashabbuskor gurux zaruriy
xujjatlarni tayyorlaydi. Ushbu gurux SFU ning ta’sis xujjati va ustov loyixasini a’zolarning
takliflarini hisobga olgan holda tuzadi va buning uchun fermerlar orasida tushuntirish ishlarini
olib boradi. Ta’sis xujjatlari SFU ning ta’sis shartnomasi va ustavidan iborat.
Ta’sis shartnomasi SFU ning ta’sis etishga asos bo’ladigan xujjat bo’lib, uyushmaning
xuquqiy maqomi,
rasmiy nomi, ta’sischilar ro’yxati, maqsad va vazifalarining qisqacha
sharxidan iborat. Ta’sis shartnomasi SFU ta’sischilarining barchasi tomonidan imzolanadi.
SFU tuzish uchun zarur bo’ladigan xujjatlar namunasi mavjud bo’lib, ular uyushmani
tuzish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtirishga yordam beradi. Shuni alohida qayd etish
kerakki, uyushmani tuzish jarayonida o’z manfatini ifodalash uchun har bir a’zoning ishtiroki
zarur bo’lib bu SFUning ta’sis sharnomasi va ustovida irrigatsiya-zovur tarmoqlarini saqlash va
76
boshqarishning mahalliy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini
hisobga olgan holda
ifodalanadi. Bu ishlarni bajargandan so’ng tashabbuskor gurux bo’lajak SFUning ta’sis
shartnomasi va ustavini salohiyatli a’zolar ishtirokida muhokama qilish va tasdiqlash uchun
umumiy yig’ilish chaqiradi. Ta’sis xujjatlari tasdiqlaganidan so’ng uyushma a’zolari yoki
suvdan foydalanuvchilar guruxi vakillari SFU kengashi va taftish komissiyasiga nomzodlar
ro’yxatini tuzadilar. Uyushma a’zolari yoki suvdan foydalanuvchilar guruxi vakillari umumiy
yig’ilishda Kengash va Taftish komissiyasini saylaganlaridan so’ng kengash a’zolari barcha
uyushma a’zolari nomidan SFU boshqaruvchisini tayinlaydilar.
SFUning suvdan foydalanuvchilar guruxi vakili umumiy yig’ilishlarda ma’lum bir
uchastkadagi suvdan foydalanuvchilar nomidan ularning manfaatlarini
himoya qiluvchi
saylangan shaxs hisoblanada.
Do'stlaringiz bilan baham: