O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi samarqand qishloq xo‘jalik instituti qo‘lyozma huquqida udk: 37. 5: 614.



Download 94,09 Kb.
bet4/23
Sana13.05.2022
Hajmi94,09 Kb.
#602822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
qoramol goshtining tarkibidagi salmonella guruhiga kiradigan mi

I.Umumiy qoidalar.

Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish Qoidalari O‘zbekiston Respublikasining «Veterinariya to‘g‘risida» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 335-modda), «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 y., 9-son, 355-modda), «Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 239-modda) va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 59-modda) qonunlari asosida


12
hayvonlarni va hayvonotga mansub xom ashyolarni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish qoidalarini belgilaydi.





  1. Hayvonlarni so‘yishdan oldingi ko‘rikdan o‘tkazishda veterinariya-sanitariya talablari.



So‘yiladigan uy hayvonlari toifasiga yirik shoxli mollar (shu jumladan qo‘tos, yovvoyi buqa), cho‘chqalar, qo‘ylar, echkilar, otlar, eshaklar, tuyalar, quyonlar, nutriyalar, barcha turdagi uy parrandalari kiradi.


Go‘sht uchun so‘yishga ruxsat etiladi:

sog‘lom uy hayvonlari; kasallangan va yuqumli kasalliklar bo‘yicha gumon qilingan yoki o‘lish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlarni (og‘ir travma, sinish, kuyish va boshqa jarohatlanishlar) tegishli yo‘riqnomalar va ushbu qoidalarda ko‘zda tutilgan hollarda (go‘sht mahsulotlari inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz deb hisoblanganda);


majburiy holatlarda veterinariya vrachining ruxsati bilan emlangan hayvonlarni, agarda ularning tana harorati me’yorida bo‘lib, emlamaga reaksiya (asorat) bermaganda, emlama yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan muddatlardan oldin so‘yish mumkin.




Go‘sht uchun so‘yish taqiqlanadi:

tug‘ilganiga 14 kundan oshmagan hayvonlarni;


quyidagi yuqumli kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilinganda-kuydirgi, qorason, o‘lat, qoramol spongsimon ensefalopatiyasi, tuyalar o‘lati, quturish, qoqshol (kotma), yomon sifatli shish, bradzot, enterotoksemiya, qo‘ylar skrepisi, qoramol va qo‘ylarning kataral isitmasi (ko‘k til), cho‘chqalarning afrika o‘lati, tulyaremiya, botulizm, manqa, epizootik limfangoit, melioidoz (yolg‘on manqa), quyonlarning miksomatoz va gemorragik kasalligi, parrandalarning grippi;


hayvonning agoniya holati veterinariya vrachi (feldsher) tomonidan


aniqlanganda;

13
kuydirgiga qarshi emlama bilan emlangan, shuningdek davolangan hayvonlar 14 kun, oqsil bo‘yicha nosog‘lom hududlarda oqsilga qarshi faolsizlantirilgan emlama bilan emlangandan keyin 21 kun davomida;


go‘shtni qayta ishlash korxonalarida (go‘sht kombinati, kushxona, so‘yish maydonchalarida) so‘yishdan oldin sap kasalligiga allergik tekshirilmagan (malleinizatsiya) bir tuyoqlilarni (otlar, eshaklar).




So‘yish uchun jo‘natiladigan hayvonlar xo‘jalikda veterinariya ko‘rigidan


o‘tkaziladi; qoramollarni so‘yishga topshirishdan ko‘pi bilan 30 kun oldin

tuberkulyoz va brutsellyoz kasalliklariga tekshiriladi. Brutsellyozga tekshirilmasdan qushxonaga so‘yishga keltirilgan yirik va mayda shoxli mollar so‘yishdan oldin brutsellyozga tekshiriladi. Quyidagi holatlarda hayvonlarni so‘yish korxonalariga jo‘natish taqiqlanadi:


brutsellyoz va tuberkulyoz bilan klinik kasallangan, diagnozi aniqlanmagan, yuqumsiz kasalliklar bilan kasallangan, tana harorati me’yordan yuqori yoki past darajada bo‘lgan hayvonlarni hamda ornitoz, gripp, Nyukasl kasalliklari bilan kasallangan parrandalarni;


davolash va profilaktika maqsadida pestitsidlar va boshqa kimyoviy hamda farmatsevtik preparatlar, antibiotiklar qo‘llanilganda, mazkur preparatni qo‘llanilishi bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan muddat o‘tmasdan; baliq, baliq chiqindilari va baliq uni bilan oxirgi marta oziqlantirilgandan so‘ng chorva mollarini 30 kun, parrandalarni esa 10 kun o‘tmasdan.





Download 94,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish