Rixter cherkezi, sho’rdoshlar oilasiga mansub buta unumligi, Rixter cherkezining (Salsola Richteri) bo’yi 2-2,5 m.ga yetadi. Asosan o’simliklar bilan qoplangan yoki yarim ko’chma qumlarga kirib boradi. Vegetasiya davri yetti oy davom etadi – mart oxiridan oktyabr oyining oxirigacha (birinchi sovuq haroratlar boshlangunicha). May oyida gullab, ko’p vaqt davom etadi. Gullash davridan so’ng ko’p vaqt davomida tinim holida bo’ladi (to sentyabr oyigacha). Shunda mevalar vujudga kelishi kuzatiladi.
Rixter cherkezining ildiz tizimi ko’chma qumlarda sizot suvlari chuqur joylashgan maydonlarda asosan gorizantal yo’nalishda rivojlanadi, qum tepaliklarda, sizot suvlari 8-10 m chuqurlikda joylashgan yerlarda ildizlar asosan gorizontlarigacha o’sadi. Cherkezni qumlari bosib qolsa, uning poyalarida ko’p sonli yon ildizlar paydo bo’ladi, shamol ta’sirida qum ko’chib ildizlar ochilib qolsa, bachki (yon) ildizlar paydo bo’lmaydi.
Rixter cherkezi ko’chma qum tepaliklarda o’sganda birinchi yili asosan vertikal yo’nalishda rivojlanadilar 60-90 sm chuqurlikkacha, ikki yoshli nihollarda ko’proq yon ildizchalar o’sa boshlaydi. Ulardan keyinchalik vertikal yo’nalishda yangi ildizchalar o’sa boshlaydi. To’rt-besh yoshli cherkezning ildizlari yaxshi rivojlangan bo’ladi. Bunda ikkinchi va undan ortiq tartibdagi ildizlar rivojlangan bo’ladi, bu yoshda ildizlarning chuqurga qarab o’sishi 1,3-1,5 m gacha boradi.
Paleskiy Cherkezi (qora cherkez) – Salsola Paletzeina Litw – yirik butali o’simlik. U kamroq tarqalgan, chunki u faqat ko’chma qumlarda uchraydi. Erkak selindan keyin paydo bo’la boshlaydi.
Paleskiy cherkezi rixter cherkezidan quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: Rixter cherkezining barglari g’adir-budir, notekis, uni lablar bilan oson sezish mumkin. Paleskiy cherkezining bargchasi ezilganda (guli yoki mevasini ham) rixter cherkezinikida qog’ozda yoki ro’molchada och-bo’z rangli dog’ ildizlari qoladi. Paleskiy cherkezinikida esa tez qorayadigan dog’ qoladi.
Mevalarning shakli Rixter cherkezining Paleskiy cherkezidan shu bilan farqlanadiki, undagi cho’l yon barglarida shoxsimon o’simtalar bo’lmaydi, Paleskiy cherkezida esa ular bor. Cherkezining ikala turlari ko’chma qumlarni mustahkamlashda juda qimmatli hisoblanadilar va o’rta Osiyo qumli cho’llarining agroo’rmon meliorasiyasida, ayniqsa ko’chma qumlarni mustahkamlashda keng foydalaniladi. Uning balandligi 3-4 m, tanasining yo’g’onligi 15-20 sm bo’lishi mumkin. Shox-shabbasi siyrak, kulrang-oqish ingichka novdalardan iborat. Ularning uzunligi 6-7 sm, chiziqli va osilib turuvchi barglar bilan qoplangan, gulchalari barg qo’ltiqlari ichida yakka-yakka bo’lib joylashgan bo’ladi: gul bandlari qiska, mevalarida qanotchalari bor (diametri 2 sm gacha) qanotchalari radial yo’nalishdagi tomirchali shoyisimon-yaltiroq. 1000 dona urug’larining massasi 15 g gacha bo’ladi, o’simliklar bilan qoplangan qumliklarda u asta-sekin quriy boshlaydi.
Yog’ochi pishiq, og’ir: o’tin sifatida foydalaniladi. Tez o’sadi, urug’lari va qalamchalari bilan ham ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |