1.Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avval “Keys-stadi” bilan tanishing.
Mavzu bo’yicha masalalarni yechish uchun, mavzugacha tegishli bilim va mavzuga oid barcha bilimlarni ma’ruza konspektingizdan, ma’ruza matnidan va ishchi dasturda tavsiya etilgan adabiyotlardan diqqat bilan o’qib chiqish zarur.
|
2.Berilgan vaziyat (ma’ruza kursi bilan tanishish)
|
Ishlaydigan masalalar shartini diqqat bilan qayta-qayta o’qib chiqing. Uni mazmuniga kirib boring va tushuning. Masala shartida qanday fizik kattaliklar berilgan, qaysi parametrlarini aniqlash kerakligiga diqqatingizni qarating. Masala shartini qisqa ko’rinishda yozib chiqing: berilgan kattaliklarni bitta vertikal ustun ko’rinishda yozing.
|