Rangsizlanish tezligi
|
1 ml sutdagi bakteriyalar miqdori
|
Sutning sinfi va uni baholash
|
5 soatu 30 daqiqadan ortiq
|
500 mingdan kam
|
I, yaxshi
|
2 soatdan ko‘p 5 soatu 30 daqiqagacha
|
500 mingdan 4 mlngacha
|
II, qoniqarli
|
20 daqiqadan ko‘p 2 soatgacha
|
4 mlndan 20 mlngacha
|
III, yomon
|
20 daqiqa va undan kam
|
20mln va undan ko‘p
|
IV, juda yomon
|
*Izoh: metilen ko‘kining to‘yingan spirtli va ishchi eritmalarini tayyorlash 25 bandning izohida ko‘rsatilgan. Metilen ko‘kining ishchi eritmasini fiksanaldan tayyorlash, ampulaning ichidagi modda 200 ml hajmdagi o‘lchov kolbasiga solinadi va belgiga qadar distillangan suv quyiladi.
60. Sutni stafilakokk toksini mavjudligiga tekshirish.
a) bakteriologik probirkalarga har bir tekshirilayotgan sutdan 2 mldan quyiladi, nazorat uchun— bitta probirkaga 2 ml fiziologik eritma quyiladi. Hamma probirkalarga 5% li natriy tsitrat eritmasi bilan eritilgan quyon eritrotsitlaridan bir tomchidan qo‘shiladi, obdon chayqatiladi va 1 soat 37°S haroratdagi termostatga qo‘yiladi, shundan so‘ng xona haroratida 1 soat saqlanadi, so‘ngra 10 daqiqa davomida bir daqiqada 1000 aylanish tezlikda tsentrifugalanadi va reaksiya hisobga olinadi.
Ijobiy reaksiyada (toksin mavjud bo‘lsa) eritrotsitlar lizisga uchraydi va sut ustuni bir tekisda qizil rangga bo‘yaladi. Agarda sut tekshirish paytida ivib qolsa, bunday namunalar hisobga olinmaydi.
Salbiy reaksiyada (toksin mavjud emas) sinalayotgan sut namunasi ostida eritrotsitlar cho‘kib sut oq rangda qoladi.
Nazorat probirkasida eritrotsitlar probirka tubiga cho‘kadi, ularning ustidagi fiziologik eritma esa bo‘yalmaydi.
b) ijobiy reaksiya bergan sut namunasi maxsus antitoksik stafilakokk zardobi bilan takroran tekshiriladi. Buning uchun ikkita probirka olinadi, har biriga 2 ml dan sinalayotgan sutdan solinadi, birinchisiga 1 tomchi quyon eritrotsitlari qo‘shiladi, ikkinchisiga 1 tomchi quyon eritrotsitlari va ko‘rsatilgan zardobdan 2 AB (antitoksik birlik) qo‘shiladi. Namunalar 1 soat mobaynida 37°S lik termostatga va so‘ngra 1 soat mobaynida xona haroratiga qo‘yiladi va 10 daqiqa davomida bir daqiqada 1000 aylanish tezlikda tsentrifugalanadi va natija so‘nggi marta hisobga olinadi.
Agarda zardobsiz probirkada gemoliz bo‘lsa, zardobli probirkada esa gemoliz bo‘lmasa va eritrotsitlar ustidagi sut ustuni oqligicha qolsa, reaksiya maxsus deb hisoblanadi.
Ikki probirkada xam gemoliz bo‘lsa reaksiya nomaxsus deb hisoblanadi.
*Izoh: eritrotsitlarni olish uchun 5 % li natriy tsitrat eritmasi solingan probirkaga quyon qulog‘idan qon olinadi (1 qism eritma 4 qism qonga). Olingan qon tsentrifugalanadi, plazmasi so‘rib tashlanadi, eritrotsitlar esa fiziologik eritma bilan tsentrifugada uch marta yuviladi. So‘ngra hamma eritrotsitlar fiziologik eritma bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi va sovuqxonada 3 — 5°S haroratda saqlanadi.
Agarda quritilgan zardob 1 ml da 60 AB saqlasa, unda ampulaga 3 ml fiziologik eritma qo‘shiladi, 80 AB saqlasa— 4 ml (bunday aralashmaning 0,1 ml da 2 AB mavjud). Nativ (quritilmagan) zardobdan fiziologik eritma bilan aralashtirilmasdan 2 AB qo‘shiladi.
61. Tvorog va smetanani stafilokokk toksiniga tekshirish — tvorog va smetanadagi stafilakokk toksinini aniqlash uchun avvalo ularning Terner bo‘yicha kislotalik darajasi aniqlanadi. So‘ngra hamma sig‘imi 20—25 ml bo‘lgan shisha bankachaga 5 gr smetana yoki tvorog solinib ustiga 10 ml fiziologik eritma qo‘shiladi va shisha tayoqcha bilan obdon eziladi.
Agarda namuna kislotaligi 100°T gacha bo‘lsa, unda kislotani neytrallash uchun o‘yuvchi natriyning normal eritmasidan 3 ml qo‘shiladi. Kislotalik 100°T dan yuqori bo‘lsa o‘yuvchi natriyning normal eritmasidan 0,5 ml qo‘shiladi. So‘ngra tvorog yoki smetana suspenziyasi 10 daqiqa davomida bir daqiqada 2000 aylanish tezlikda tsentrifugalanadi. Cho‘kma ustidagi suyuqlik so‘rib olinib, har bir namunadan 2 ml dan bakteriologik probirkaga quyiladi va fiziologik eritmaga aralashtirilgan quyon eritrotsitlaridan 1 tomchi qo‘shiladi. Keyingi tekshirishlar, tsentrifugalashdan tashqari (tsentrifugalash o‘tkazilmaydi), shuningdek reaksiya natijasini hisobga olish sutni tekshirishdagi singari amalga oshiriladi.
62. Stafilakokk toksinining mavjudligini tekshirish usuli sut va sut mahsulotlarida, ko‘p hollarda toksinning tarkibiy qismi bo‘lgan, stafilakokk enterotoksini mavjudligini bilvosita ko‘rsatadi.
63. Ijobiy maxsus gemoliz reaksiyasini beradigan sut, tvorog, smetana namunalarida toksindan tashqari 1,6 milliard patogen stafilakokklar mavjud bo‘ladi. Bunday mahsulotlar oziq-ovqat uchun yaroqsizdir.
64. Sut, slivka va qaymoqni halqali reaksiya bilan brutsellyozga tekshirish.
Diametri 5—8 mm bo‘lgan probirkaga 1 ml sut va 1 tomchi rangli brutsellyoz antigeni (gematoksilin bilan bo‘yalgan brutsellalar suzpenziyasi) quyiladi va uni 40—45 daqiqaga 37°S haroratli termostatga qo‘yiladi.
Suyuqlikning yuqori qatlamida ko‘k rangli halqaning paydo bo‘lishi ijobiy reaksiyani ifodalaydi.
Suyuqlikning yuqori qatlamida kuchsiz ko‘k rangli halqaning paydo bo‘lishi shubhali reaksiyani ifodalaydi.
Salbiy reaksiya— hech qanaqa o‘zgarish paydo bo‘lmaydi.
Slivka va qaymoqni brutsellyozga tekshirishdan oldin Terner darajasi bo‘yicha kislotalikka tekshiriladi, ruxsat etilgan kislotalik 18—25°T. Slivka va qaymoqning ortiqcha kislotaligi 1 ml slivka va qaymoqqa 1-2 tomchidan natriy bikarbonatning to‘yingan eritmasini qo‘shish bilan neytrallanadi. Slivka va qaymoq natriy xloridning 1% li steril eritmasi bilan yoki sog‘lom sigir suti bilan (oldindan halqali reaksiya bilan tekshirilib) 1:1 aralashtirilib tekshiriladi.
Buning uchun probirkaga pipetka bilan 5 ml slivka yoki qaymoq quyiladi va 5 ml natriy xloridning 1% li eritmasi yoki sut bilan aralashtiriladi.
Reaksiyani qo‘yish: probirkaga natriy xloridning 1%li eritmasidan 1 ml yoki sog‘lom sigirning sutidan 1 ml solinadi, so‘ngra aralashtirilgan (1:1) slivka yoki qaymoqdan 1 ml quyiladi va halqali reaksiya uchun anitigendan 2 tomchi qo‘shiladi.
Shundan so‘ng antigenni bir tekisda tarqalishi uchun probirka chayqatiladi va bir soat davomida 37-38°S haroratli suv hammomi yoki termostatda saqlanadi.
Ijobiy reaksiya aralashtirilgan slivka yoki qaymoq ustunining yuqori qismida aniq ifodalangan ko‘k halqaning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi (qolgan qismi oqligicha qoladi).
Salbiy reaksiyada probirkaning yuqori qismida oq halqaning paydo bo‘lishi, aralashtirilgan slivka yoki qaymoq ustuni esa bir tekisda ko‘k rangga bo‘yaladi.
65. Qo‘shimchalari bo‘lmagan yog‘dagi yog‘sizlantirilgan quruq modda miqdorini aniqlash.
Yog‘dagi yog‘sizlantirilgan quruq modda miqdori undagi namlik miqdori aniqlangandan keyin topiladi (namlik miidori 34-bandida ko‘rsatilgani singari aniqlanadi).
Alyuminiy stakanga shisha tayoqcha qo‘yiladi va tortiladi. Stakanga tekshiriladigan yog‘dan o‘lchab (0,01 grammgacha aniqlikda) olinadi: sariyog‘dan 10 g yoki eritilgan yog‘dan 20 g.
Namlik miqdori aniqlangandan keyingi alyuminiy stakandagi qoldiq yog‘ erigunga qadar asta-sekin qizdiriladi, 50 ml benzin yoki etil efir quyiladi, aralashma tayoqcha bilan obdon aralashtiriladi va cho‘kmaning cho‘kishi uchun 3—5 daqiqaga tinch quyiladi. Benzin yuzasida suzib yuruvchi, idish tubiga cho‘kmaydigan zarralar namlikning to‘liq bug‘lanmaganligini ko‘rsatadi. Bunday hollarda yog‘sizlantirilgan quruq modda miqdorini aniqlash takrorlanishi shart.
Cho‘kma cho‘ktirilgandan so‘ng benzin-yog‘ aralashmasi ehtiyotkorlik bilan (cho‘kmani qo‘zg‘atmasdan), stakanda 1-2 ml benzin-yog‘ aralashmasidan qoldirgan holda, to‘kiladi. Cho‘kmaga benzin bilan ishlov berish 3-marta takrorlanadi. Stakandagi qoldiq so‘rib ketuvchi shkafda spirtovkaning kuchsiz olovida yoki elektr plitkasida benzin to‘liq uchib ketguncha qizdiriladi, bu holat shisha tayoqcha bilan qo‘zg‘atilganda cho‘kmaning sochiluvchan bo‘lishidan aniqlanadi.
Stakan ichidagi cho‘kmasi bilan xona haroratigacha sovitiladi va o‘lchanadi. Qo‘shimchalarsiz yog‘dagi yog‘sizlantirilgan quruq modda miqdori (So) foizda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bunda;
Do — shisha tayoqchali bo‘sh stakanning massasi, g;
D — shisha tayoqchali stakan va o‘lchangan yog‘ massasi, g;
D1 — benzin — yog‘ eritmasini kyetkazgandan so‘ng stakanning yog‘sizlantirilgan quruq modda bilan massasi, g.
Tuzlangan yog‘dagi yog‘sizlantirilgan quruq moddaning miqdori (So1) foizda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |