ATROF MUHIT MUHOFAZASI
Тuproqni muhofaza qilish
Yer jamiyat boyligining manbai va insoniyat uchun moddiy boyliklar
yaratish, ishlab chiqarishni ta’minlashning tabiiy negizidir. Shuning uchun ham
yerni asrash va undan oqilona foydalanish inyaoniyat oldida turgan eng asosiy
vazifalardan biridir.
Qishloq xo’jaligining samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yerdan oqilona
foydalanishni va uni muhofaza qilishni to’g’ri tashkil qilishga bog’liq. Shuning
uchun ham yerdan oqilona foydalanishni tashkil qilish va uni muhofaza qilish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi
Тuproqni kuchli darajada ifloslantiradigan zaharlar, begona o’t va hasho-
rotlarga qarshi ishlatiladigan ximikatlar-pestitsitlar, ineeksitlar, gerbitsitlar odam
va hayvonlar sog’lig’i uchun zararlidir. Bular hatto tuproqdagi mikroorganizmlar
hayotiga ham kuchli ta’sir etadi. Bu zaharli birikmalar yuqori biologik faollikka
ega bo’lganligi uchun tuproqning ostki qatlamlariga chuqur singib, sirtki oqova
suvlardan tashqari sizot suvlarini ham ifloslantiradi.
Yerni muhofaza qilish asosiy va kerakli elementlardan biri bu tuporqni
unumdorligini saqlash, qurilish, qidiruv-tadqiqot va boshqa ishlar jarayonida uni
yaroqsiz holga kelmasligini ta’minlashhisoblanadi. Amaldagi Nizomlar talabiga
muvofiq yaroqsiz holga keltirilgan yerlar qayta tiklanishi, ya’ni rekultivatsiya
qilish rejalashtiriladi:
-qishloq xo’jalik rekultivatsiya (buzilgan, yaroqsiz yerlarda tuproqni qayta
tiklash);
-o’rmon rekultivatsiyasi-eroziyaga qarshi, suvni muhofaza qilish va dam
olish maqsadlari uchun mahsus daraxtzorlar barpo etish;
-karer va chuqurliklarni o’zlashtirib suv xo’jalik rekultivatsiyasini amalga
oshirish (dam olish va baliqchilik xo’jaligi uchun);
-rekultivatsiya (qayta tiklangan) qilingan yerlarni xo’jalik qurilishlari uchun
foydalanish.
56
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish va tuproqni unumdorligi xamda xolati
uchun eroziyani salbiy ta’siri quyidagi ko’pgina salbiy omillardan tashkil topgan:
1. Тuproq qatlamini qisman yoki tulik yemirilishi va ozuqa moddalarini
yo’qotishi;
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini xosilini pasayishi. Тajriba va kuzatishlar
natijasida o’rnatilganki: kam yemirilgan tuproqlarda qishloq xo’jalik
ekinlarining xosildorligi 10
÷
20% ga, o’rtacha yemirilganida 30
÷
50% ga va
kuchli yemirilganda 50
÷
70% ga kamayar ekan;
3. Kuchli chang-tuzonli bo’ron shamollari ta’sirida ekinlarni chang va qum
ostida qolishi;
4. Jarliklarni xosil bo’lishi na faqat ekin maydonlarini qisqarishiga olib
keladi, balki dala ishlarini mexanizatsiyalash sharoitini yomonlashtiradi.
Tabiatda shamol va suv ta’sirida tuproqlarning yemirilishi yoki eroziyasi
kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga
oshadi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto’g’ri foydalanishning
oqibati bo’lib, uning asosiy sabablari o’rmon va to’qaylarni qirqib yuborish,
yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik
yuritishning noto’g’ri metodlaridan foydalanish
va
boshqalardir. Turli
ma’lumotlarga ko’ra har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor
tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko’proq, tog’ oldi va tog’li
rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. Chang bo’ronlari
natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimetrgacha bo’lgan qatlamini
shamol butunlay o’chirib ketganligi haqida malumotlar mavjud.
Тuproq eroziyasini vujudga keltiruvchi sabablarni va omillarni bartaraf
qilish uchun umumiy va mahsus profilaktik tadbirlar o’tkazilish kerak bo’ladi.
Profilaktik ishlar asosan daraxtzorlarni kesishni chegaralash yoki umuman man
qilishdan, tog’ yonbag’irlaridagi va qiyaliklardagi yaylovlardan foydalanishni
tartibga solishdan va boshqalardan iboratdir. Umumiy tadbirlarga qiyaliklarni
tuproq qatlamini suv o’tkazuvchanligini pasaytirishga va yer yuzasida xosil
buladigan suv miqdorini (stokini) kamaytirishga olib keladigan erroziyaga qarshi
57
(agrotexnik yerga ishlov berish, organik o’gitlar qullash, qiyaliklarda yerni
kundalangiga xaydash va boshqalar) usullar kiradi. Maxsus tadbirlar ( suv okimini
tartibga soluvchi gidrotexnik inshootlar qurish, jarliklarni mustaxkamlash,
eroziyaga uchragan yerlar atrofida daraxtzorlar barpo qilish, o’ta tik qiyaliklarga
mahsus ishlov berish va boshqalar) faqat eroziyaga qarshi kurash maqsadlarda
foydalinadi.
Eroziya jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashishuchun
ko’plabchora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bularga o’simliklar qoplamini tiklash,
agrotexnik tadbirlarni to’g’ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod
qilish,
gidrotexnik
tadbirlarni rejali o’tkazish
va boshqalar kiradi.
Sug’oriladigandehqonchilik
rayonlaridatuproqlarning
sho’rlanishi
asosiy
ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho’rlanishi sug’orishni
noto’g’ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi natijasida ro’y
beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho’rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho’rlanishda
suv kappilyarlar orqali ko’tarilib tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug’orish
natijasida yer osti suvlari erigan tuzlar bilan sho’rlanadi. Ikkilamchi sho’rlanish
ko’proq zarar etkazadi Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko’p joylarda
kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi.
Botqoqlarni quritish
uchun
mahsus
melioratsiya tadbirlari
o’tkaziladi.
Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq xo’jaligini
kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini
kuchaytirib yuboradi. Mineral o’g’itlar to’g’ri tanlanmasa va me’yorida
ishlatilmasa tuproqning holati o’zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi.
Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o’tlarga va o’simlik kasalliklariga
chora sifatida keng foydlaniladngan pestisidlar
gerbisidlar, insektisidlar,
defolliantlarni me’yoridan ortiq ishlatishtuproqga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining
kamayishiga olib keladi
Eroziyaga qarshi kurashish uchun (konkret) aniq joy uchun ishlab chiqilgan
bir-biri bilan bogliq va biri ikkinchisidan kelib chiqadigan tadbirlar majmuasi
58
zarurdir.Dehqonchilikdagi tuproqni muhofaza qilish majmuasini muhim zvenolari
bo’lib tuproqni muhofaza qiluvchi almashlab ekish, ekinlarni polosa shaklida
(ya’ni ekinli va ekin ekilmagan polosalar shaklida) ekish, ekin ekishni optimal
vaqtini tanlash, o’git berish sistemasini asoslash, begona o’tlarga qarshi choralarni
o’z vaqtida o’tkazish va boshqalar hisoblanadi.
Doimiy shamol esadigan rayonlarda yemirilishga qarshi samarali
xisoblangan dala va yaylov shamolga qarshi daraxtzorlari tashkil qilish tavsiya
qilinadi.
Daraxtzorlar ikki xil ta’sir ko’rsatadilar: birlamchi, muhofaza qilinadigan
o’simliklarni, tuproq qatlamida to’plangan namlikni tejab foydalanishga yordam
beradi, suv rejimini yaxshilaydi, ikkinchidan, quruq shamollarni va chang-
to’zonlar kuchini va ta’sirini pasaytiradi.
Ko’pyillik kuzatishlar va daraxtzorlar tashkil etishda olingan natijalar
asosida "Soyuzxlopok" IIB daraxtzorlar oraligida quyidagi masofalar bo’lishini
tavsiya etdi:
-kuchli shamol esadigan rayonlarda; qumli va supeschanli tuproqli yerlarda
1200-470 m gacha, yengil va o’rtacha suglinkali tuproqli yerlarda 200 m gacha, va
og’ir suglinkali , gil tuproqli yerlarda 250-300 m;
-o’rtacha kuchli shamol esadigan rayonlarni qumli va supeschanli tuproqli
yerlarda 200 m gacha, o’rta suglinkali tuproqli yerlarda 250-300 m, og’ir suglinkali
va gil tuproqli yerlarda 350-400m;
-kuchsiz shamol esadigan rayonlarda tuproqni mexanik xossasidan qat’iy
nazar masofa 400-500 m.
Ana shu rayonlarda asosiy daraxtzorlar 3-4 qatorli, 2-3 qatorli va ikki qatorli
bo’lishi kerak.Тurt qatorli daraxtzorlar eng kuchli shamol esadigan dalalarda barpo
etilishi kerak. Uch-turt qatorli daraxtzorlarni oxirgi qatorida buta turidagi tut
ekiladi.Ikki qatorli daraxtzorlar faqat daraxtlardan tashkil topgan bo’lishi kerak.
Asosiy shamol yunalishiga ko’ndalang sug’orish dalalarini uzunligi 1000 m
bo’lishi mumkin vahar 180-200 metr o’qariqlar o’tkazilishi kerak.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |