АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
Inson intellektual taraqqiyotidagi tezkorlik, kutilmaganlik hodisalari nafaqat
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo bo’lishi,
«sun’iy» tizimning vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik
imkoniyatlardan to’laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi «tabiiy»
va «sun’iy» manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq.
Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy
omillar turkumi to’g’risida ma’lumot berib o’tamiz:
-
bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarning mavjudligi;
-
turli xildagi to’garak, sektsiya, bilim uylari faoliyat ko’rsatishi va unda
zarur sharoitlarning yaratilganligi;
-
oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart – sharoitlar hamda
shaxslarni ruhan rag’batlantirish yo’lga qo’yilganligi;
-
shaxslar bilan o’zaro muloqot o’rnatishning uzluksizligi va oilada
shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi;
-
turli televizon bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo’yicha musobaqalar
uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilganligi;
-
ortiqcha axborotlar va xabarlar ko’lamini kamaytirish (masalan, avtomat
o’yinlar, videolar);
-
zararli odatlar va qiliqlar bilan shug’ullanmaslik muammosining qo’yilishi,
uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar);
-
bolalar va o’quvchilarni ro’zg’or ishlari bilan band qilib qo’yishlik va oila
muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi;
-
hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli
o’quvchilar va talabalar o’rtasida o’quv motivlariga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi;
-
kollej va oliy o’quv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi
pedagogik texnologiya asosida tubdan katta qurish zaruriyati mavjudligi,
-
o’g’il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ulari barqarorligini
ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yo’llarini izlab topish, loqaydlikning
oldini olish,
-
o’quvchilar va talabalar o’rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo
munosabatga, isrofgarchilikka, fidoyilikka nisbatan qarashlarni keskin o’zgartirish
masalalari vujudga kelmoqda.
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual
testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to’g’risidagi g’oyalarni singdirish
yuqori natijalar beradi.
2.3. Biografiya (tarjimai hol) metodi
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati,
ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi,
kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
SHu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador
materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar,
hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni
to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham
Do'stlaringiz bilan baham: |