Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti —
Oʻzbekiston Respublikasida
davlat
va ijro etuvchi
hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda
prezidentlik
lavozim sifatida
1990-yil
24-martda
taʼsis
etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan,
bevosita
saylovgacha
kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil
muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 18-noyabr) va uning yangi tahririda (2004-yil 3-dekabr) qabul
qilingan tegishli moddalarida belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish huquqiga
siyosiy partiyalar
va
bevosita fuqarolar egadirlar. Saylash huquqiga ega boʻlgan fuqaro yoki fuqarolar guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish uchun kamida 300 nafar
saylovchidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi kerak. Prezidentlikka
nomzodlar koʻrsatish saylovga 65 kun qolganda boshlanadi va 45 kun qolganda tugaydi.
Nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari, shuningdek, saylovchilar
tashabbuskor guruhi yigʻilishi tomonidan amalga oshiriladi. Prezident saylovida 2 ta nomzod
ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy koʻpchilik ovozini
olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 2
tadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda
ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini ololmagan boʻlsa, saylovchilarning
ovozini eng koʻp olgan 2 nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan
kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi. Saylangan Prezident
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 2 oy
Do'stlaringiz bilan baham: |