O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning



Download 67,49 Kb.
bet1/4
Sana08.07.2021
Hajmi67,49 Kb.
#113212
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Bola huquqlarini himoya qilish bo`yicha davlat siyosati


2-Mavzu: Bola huquqlarini himoya qilish bo`yicha davlat siyosati

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

BМТ Bosh Assambleyasining

72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan

  1. Bolaga yo`naltirilgan davlat siyosati.

  2. Bola huquqlarining kafolatlari.

  3. Bolalari bo`lgan fuqarolar uchun imtiyozlar.

Mustaqil O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatining eng ustuvor yo`nalishlaridan biri bola huquqlarini e’tirof etish, uning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, bolaning o`sishi, rivojlanishi, munosib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yetarlicha ta’minlab berishga qaratilagan. E’tiborli jihatli bu boradagi ishlar uchun zamin bola hali tug’ilmasidanoq uning salomatligiga ta’sir qiluvchi omillar to`g’risida qayg’urish davlatimiz siyosatida o`z aksini topgan. Jumladan yosh qizlarimizni onalikka tayyorlash, homilador ayollarni hududiy polikilinika tomonidan ro`yxatga olinib, doimiy tibbiy ko`riklar orqali salomatligining nazorat ostiga olinishi, zarur hollarda kerakli dori darmon, vitaminlar bilan ta’minlanishining kompleks tashkil qilinganligi buning amaliy ifodasidir.

Statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo`lsak, 2020 yil 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekistonda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan.  Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 5 million 112 ming 470 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir. Respublikada 0–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Bolaga g’amho`rlik nafaqat davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi balki xalqimiz mentalitetiga xos oliyjanob fazilat hamdir. O`zbek xalqining asosiy etnopisixologik jihatlaridan biri - bolajonligidir. Mamlakatimiz 1-Prezidenti I.Karimov “Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxli bo`lishlari shart” deya, o`zbek xalqi uchun hayotiy shiorni ta’kidlagan edi. Afsuski bugungi kunda xalqaro jamiyatga e’tibor beradigan bo`lsak dunoyodagi har bir bola ham baxtli bolalaikka ega emas. Dunyoning ko`plab mamlakatlarida Eriteriya, Sudan, Zambiya, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad kabi davlatlarda bolalar ta’lim, sog’liqni saqlash xizmatlari u yoqda tursin to`yib ovqatlanmaslik hattoki toza ichimlik suvi bilan ham ta’minlanmagan.

Afrika davlatlarida asosiy muammo ochlik bo`lsa, aksariyat Yevropa davlatlarida tug’ilish keskin kamayib ketgani hisobiga aholi tarkibida bolalar soni kamligidir.

Bolalar nafaqat ertangi kunimiz egalari balki bugunimiz, hayotimiz mazmunini belgilab beruvchi inson kapitalining eng noyob boyligidir. Mazkur tamoyil O`zbekiston Respublikasi bolalrga yo`naltirilgan davlat siyosatida asosiy tamoyil sifatida o`z aksini topgan.

Respublikamiz mustaqillikning ilk kunlaridanoq bolalarga qaratilgan davlat siyosatining qonunchilik bazasini mustahkamlashga kirishgan. Birinchilardan bo`lib “Bola huquqlari to`g’risida”gi konvensiyaga qo’shildi (1992 yil).

O‘zbekiston parlamenti bola huquqlariga taalluqli quyidagi muhim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:

1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMTning konvensiyasini (2008-yil 4 aprelda);

2. Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konvensiyasini (2008-yil 8 aprelda);

3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini (2008-yil 8-iyulda);

4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008-yil 11-dekabrda);

5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008-yil 12-dekabrda).

Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro hujjatlar o‘z navbatida milliy qonunchilikni takomillashtirishga yordam bermoqda. Jumladan, O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari, ularni ta’minlash va himoya qilish masalalari 100dan ortiq qonunlar bilan tartibga solinishiga qaramay, 2008-yil 7-yanvar kuni, bu sohadagi maxsus qonun hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. 2017 yil mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekistonning huquq tarixida bola huquqlariga oid birinchi maxsus qonun bo‘ldi. Maqsadiga ko‘ra, mazkur Qonun bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Unga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy obyekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Qonun normalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan4 . Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro va milliy normalar mamlakatimizda bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. Mazkur siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat va mahalliy hokimiyat organlarining izchil olib borayotgan faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlarni yaratish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Alohida qayd etish kerakki, bola huquqlari va erkinliklari mazkur huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa, ularni amalga oshirish bo‘yicha mamlakatda keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bola, agar jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilgunga qadar va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj bo‘ladi. Bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar. Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanish oila va atrof-muhit uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga yetishi uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushinish vaziyatida o‘sishi, jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi, ayniqsa tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, huquq va erkinliklar, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozim.

Bola huquqlariga oid hukumat qarorlari orasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011-yil 26- yanvardagi 21-sonli Qarori hamm muhim o‘rin egallaydi. Mazkur Qarorga 1- Ilovada “BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha 2011-2015-yillarga mo‘ljallangan qo‘shimcha chora-tadbirlar majmuasi” tasdiqlangan bo‘lib, unda 8 ta maqsad va ularga erishish uchun 11 ta vazifa belgilangan.

Mazkur masad va vazifalar quyida berilmoqda:




  1. Download 67,49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish